Foydali

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Hech kimga sir emaski, trendlarni dizaynerlar va qimmatbaho brendlar belgilaydi. Biroq zamon bilan hamnafas kiyim kiyish uchun koʻp pul sarflash shart emas. Bugungi kunda mashhur brendlar tomonidan yaratilgan kiymlarning arzon nusxalari talaygina. 2000 yillardan farqli oʻlaroq ularni kiyish bugungi kunda uyat sanalmaydi, aksincha bu sizning didingiz va topqirligingizdan dalolat beradi. Xoʻsh, ushbu mavsumda nimalar urf boʻlar ekan?

Gucci brendining tabiiy moʻynadan voz kechishi haqiqiy sensatsiyaga aylandi. Top dizaynerlar ham birin-ketin uning ketidan ergashtilar. Shunday ekan, agar sizga moʻynali kiyim yoqsa, oʻylab oʻtirmay sunʼiysini tanlayvering. Bu har taraflama foydali – tabiatga zarar bermaysiz, trend qatoridan joy ham olasiz.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Megan Markl va shahzoda Garrining butun dunyoga ovoza boʻlgan nikoh marosimidan soʻng – barcha qirollik liboslari trendda! 

Inglizlarning klassik uslubi – tvid va shoyi matodan tayyorlangan bosh kiyimlar moda sahnasidan tushmay yurdi! Qirollik xonadonining yangi aʼzosi Megan esa modaparast ayollar uchun yaqqol namuna. Qirollik etiketidagi toʻsiqlarni yengib oʻtish har kimning ham qoʻlidan kelavermaydi.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Reglan, pidjak va ustidan palto – bu hali hammasi emas. Koʻp qavatli kiyimlar ham ommaboplikning choʻqqisini zabt etgan. Kiyimning qavati qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik yaxshi! Tabiiyki, koʻp qavatlilik issiq kiyimlarga xos xususiyatdir, shunday ekan ushbu trenddan bemalol foydalanavering!

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Feminizm, ekoharakatlar – bularning barchasiga yaqin boʻlsangiz, unda boxo uslubi aynan siz uchun qaytganini eʼlon qilamiz! Toʻqilgan libos, uzunlik, kenglik, trikotaj hamda son-sanoqsiz zeb-ziynatlar – qay biri koʻnglingizga yoqsa, choʻchimay ilib olavering.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Kuz-qish mavsumiga kiyim tanlar ekansiz, uning faqatgina uslubi va matosiga emas, ranggiga ham yaxshilab eʼtibor bering. Sovuq kunlarda bizni 150 xil sovuq ranglar oʻrab turadi. Hayotingizni hech boʻlmasa soʻnggi rusumdagi paltoingizning rangi bilan bezashga harakat qiling!

Qora tusdagi paltolarni unuting! Hozir kunda kolor bloking urfda. Ikki, uch, toʻrt – bir necha rangdan iborat boʻlgan palto kayfiyatingizni koʻtarishi turgan gap. Bunday rusumdagi kiyimda siz beeʼtibor qolmaysiz. Jurʼatsizlikni chetga surib, koʻnglingizga yoqqan obrazingizni tanlayvering. 

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Leopard, ilon, zebra – endi shahar junglisida! Sunʼiy moʻyna + “hayvon” tasviri – ushbu mavsumning yangi xitiga aylandi! Leopard tasviri losinalarga oʻtirmasligi mumkin, biroq midi-paltolarga juda yaxshi tushadi.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Qora rangdan charchasangiz, biroq kolor blokingni ham sinab koʻrishni istamasangiz, biz sizga yangi yechimni taqdim etamiz: jigarrang tus. Ranglar doirasini ochib, ushbu tus jamlanmasining xilma-xilligidan bahramand boʻling! Jigarrang tus – siz uchun ayni muddao – u universal, qiziqarli va jozibador, istalgan kiyim hamda sharf bilan uygʻunlasha oladi.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Mana necha yildirki, gullar tasviri moda olamining choʻqqisini zabt etib kelmoqda! Gullar tasviri har qanday kiyimga mos tushadi, shu jumladan paltolarga ham. Bulutli kunlarda kiyilgan gul tasviri tushirilgan palto bahor tarovatini olib keladi.

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Katakli tasvir yoki boshqacha qilib aytganda, oʻrdak panjasi ham moda olamining shohsupasidan tushmay kelmoqda. Soʻnggi urfda kiyinishni yoqtiradigan ayollar ayni shu uslubga qiziqib kelmoqdalar. U vazminlik, sipolik bilan bir qatorda modadan xabardor ekanligingizni  bildirib turadi. 

Ushbu kuz-qish mavsumida qanday paltolar urfda boʻladi? Trendlar qatorida boʻling!

Sovuq kuz-qish mavsumiga kashemir toʻgʻri keladi. Biroq narxi qimmatlik qilsa, oʻrniga sherst mato ham boʻlaveradi. Bu hamyonbop va qulay variant. Biroq sintetika matoli paltolarni xarid qilishdan saqlaning! Bunday paltolar issiq ushlamaydi, sovuq kunlarda esa nafaqat tashqi koʻrinish, balki sogʻliq haqida ham qaygʻurish kerak. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar