“SMS” qanday paydo boʻlgan?

1992 yil 25 dekabrda Anglyada birinchi sms habar yuborilgan. Oʻshanda kompyuter orqali ilk bor telefonga yozuvli qisqa habar yuborilgan edi. Sms kelganida telefonimizda chalinadigan musiqa morze alifbosining “s” , “m” , “s” degan harflarini anglatuvchi kodining ohangidir.

Bugungi kunga kelib telefondan foydalanuvchilarning 40 foizi qisqa xabar xizmati yaʼni sms orqali muloqot qiladi. Tekshiruvlarga koʻra har yili dunyo boʻyicha bir trillionga yaqin “sms” yoziladi. Xozirgi kunda dunyo boʻyicha eng koʻp sms yoziladigan mamlakat AQSH xisoblanadi.

Yana bir qiziqarli maʼlumot: qiz bolalar yigitlarga qaraganda qisqa habarni tezroq yozar ekanlar. 2005 yilda Norvegiyalik qiz Sonya Kristiansen habar yozish boʻyicha rekord darajani qayd etgan. Sonya 37 sekundda 26 soʻz (130 ta xarf)dan iborat sms ni yozishga ulgurgan.

“Sms” orqali tovlamachilik qiladigan jinoyatchilar ham yoq emas. Ular “smishing” deb ataladi. Masalan, ular “ Onajon! Mana shu raqamga pul oʻtkazib yuboring, keyin tushuntiraman!” kabilida habarlar yuborishadi. Rulda “sms” yozib ketayotgan haydovchi rulni mast holatda haydayotgan haydovchidan havfliroqdir. Poezd mashinisti 2008 yilda “sms” habar yozishga chalgʻigani uchun xalokat sodir boʻlishiga sababchi boʻlgan va sodir boʻlgan halokatda 25 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



