Tonal krem tanlashni bilasizmi?

Odatda, tonal krem ishlab chiqaruvchilar uning qanday teriga moʻljallanganligi borasida aniq maʼlumot bermaydilar. Aynan shu noaniqlik tasodifiy nohishliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Ayrim hollarda koʻzguga boqa turib, teringiz tonal krem taʼsiridan zarar koʻrayotganini guvohi boʻlasiz. Siz bilan bir hil krem harid qilgan dugonangiz esa oʻzining “Moʻjizaviy krem”i va uning ajoyib taʼsiri haqida hikoya qilishdan charchamaydi. Bunga sabab tonal krem tanlash borasida teri turini hisobga olmaslikdir.

Yogʻli yuz terisida koʻzga tashlanuvchi asosiy muammo – teridan haddan tashqari koʻp yogʻ arjalishidir. Sizga mos tonal krem esa teridagi ortiqcha yogʻni singdirib olish hususiyatiga ega boʻlishi lozim.

Tarkibida turli yogʻlar boʻlgan tonal kremlardan foydalanish yuz teringizga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu borada taʼsiri 8 soatga yetuvchi tonal kremlar qol kelishi mumkin.

Aksariyat ayollar ortiqcha yogʻlardan halos boʻlish maqsadida burun va peshona sohasini haddan tashqari koʻp upalaydilar. Aynan shu sabab burun va peshona sohasida husnbuzarlar paydo boʻladi. Albatta, barchasiga kremni aybdor sanab, navbatdagi vositani harid qilishingiz orqali undan qutilishingiz mumkin. Biroq buning oddiy va juda oson yoʻli mavjud. Yogʻ yigilib qolgan burun sohasi upalashdan voz keching. Burun va peshona sohasini ortiqcha yogʻdan xalos etuvchi va uni bir zumda oʻziga singdiradigan oddiy salfetka bilan artib oling.

Krem tanlashda uning tarkibi va och tusli ekanligiga eʼtibor bering. Bunday kremlar och tusli krem- upa yoki tonal krem- muss deb yuritiladi.

Odatda aksar ayollar burun va peshona sohasidagi yogʻli qatlamdan kelib chiqqan holda yogʻli teriga moʻljallangan tonal kremdan foydalanadilar. Buning natijasida yonoqlarda poʻst tashlash va turli yalligʻanishlar kelib chiqadi. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun teri turini aniqlab olish lozim.

Suyuq tonal krem teringizni aʼlo darajada qoplab, kerakli sohadagi yogʻni oʻziga singdirib oladi.

Ququr teri sohiblarining asosiy muammosi teri poʻst tashlashidir. Odatda, sizga mos boʻlib koʻringan krem poʻst tashlashni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Krem tarkibida faol namlantiruvchi komponentlar va terini toʻyintiruvchi yogʻlar borligini hisobga oling.

Quruq teri uchun suv-gelli tarkibga ega va namlantirish uchun moʻljallangan kremlar mos keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



