Texnologiya

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Sogʻlom turmush tarzi prinsiplariga amal qiling. Aslida yarim fabrikatlardan tayyorlangam mahsulotlar doim arzon turadi.  Kartoshka, sabzi, lavlagi, sarimsoqpiyoz, piyoz, gulkaram, olma, guruch, grechixa, suli, loviya, tuz, shakar, sut, (uy tvorogi), jelatin, un, qalampirmunchoq, qalampir, dolchin, tuhum, tomat qaylasi, oʻsimlik yogʻI va sariyogʻ – sizning mukammal va turli tuman dasturxoningiz tarkibini tashkil qilishi mumkin. Ehtiyoj tugʻilganda bu royixatga goʻshni ham kiritishingiz mumkin ( kolbasa va kotletlarni emas). Hushboʻy taʼm beruvchi ziravorlarni aralashtirmasdan,alohida sotib olganingiz maʼqul. Pivo va konserva kabi behuda chiqimlarni roʻyxatdan umuman olib tashlash kerak.

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Kun davomidagi balansga tushirilgan taomnoma.

Quyidagi andaza nafaqat vaqtingizni tejaydi, balki bir hillikdan qochishingizga ham yordam beradi. Ertalab ziravorlar va mevalar qoʻshilgan sutli yorma boʻtqasi. Tushlik- toʻyimli shoʻrva va ikkinchi taom. Ikkinchi tushlik- kompot, desert yoki tvorog. Kechki ovqat-sabzavotli yoki loviyali taom. Ertalab ushbu eslatmaga qarab sabzavotlarni tozalash, loviyani ivitib qoʻyish va bolalar jelesini sovutgichga oldindan solish mumkin.

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Oddiy taomlar tayyorlaymiz.Ovqat tarkibidagi mahsulotlar soni qancha kam boʻlsa, u shuncha tez singdirib olinadi. Shuning uchun toʻgʻralgan karam va yogʻli oddiy salat organizmimiz uchun sevimli “Olive” yoki “Mimoza”ga qaraganda foydaliroqdir. Shuni yodda tutingki, sabzi, tuhum va tvorog koʻproq yogʻ bilan toʻlishi kerak. Agar siz imkon qadar taomning koʻp foydasini olib qolmoqchi boʻlsangiz, ularning tayyorlanish vaqtini qisqartiring va mahsulotlarni toʻgʻri uygʻunlashtiring.

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Ziravor va boshqa qoʻshimchalar ishlatamiz. Ular oddiy masaliqdan taom yarata oladi. Masalan, toʻgʻralgan olma boʻlaklari ustiga shaker, dolchin sepib pishirilsa, ajoyib desert hosil boʻladi.  Dimlangan karamga tayyorlash jarayonining boshida qizigan yogʻga 20-30 qalampirmunchoq donalaridan tashlab yuborsangiz, u hushboʻy boʻladi (mukammal uygʻunlik,albatta tatib koʻring). Sut, jelatin va vanillin birgalikda konfetga aylanadi.Kakaoga bir chimdim kraxmal qoʻshsangiz, achchiq shokolad hosil boʻladi. Hatto eng arzon unga (javdar uni) suv va ziravorlar qoʻshilsa, ajoyib sous va betakror qayla tayyorlash mumkin.

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Qorin bayramini uyushtiramiz. “Qizlar” komediyasini va oddiy kartoshkadan tayyorlangan turli taomlar yodingizga tushdimi? Bilasizmi, kartoshka pyuresidan yasalgan kichik shakllar suxariga bulab qovurib olinsa, juda ishtaxali boʻladi. Qirgʻichdan oʻtkazilgan lavlagi, sabzi va sarimsoqpiyoz aralashmasidan ham ajoyib kotletlar tayyorlash mumkin. Loviyali tomat va koʻkatlar dimlamasi juda toʻyimli garnir hisoblanadi

Tejamkorlikning 6 qoidasi

Taomni bezating. Chiroyli idish va mukammal bezak eng oddiy taomni ham ishtaha bilan tanovul qilishingizga sabab boʻladi. 

Tejamkorlikning 6 qoidasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar