Malikadan goʻzallik saboqlari

Sochlaringizni parvarish qiling. Sizga Keyt Middltonning qandaydir kamchiligini topish vazifasi yuklatilsa, qiyin vaziyatda qolishingiz aniq. Xayolingizga birinchi boʻlib uning goʻzal sochlari keladi. Qaysi suratda nazar tashlamang, uning sochlari koʻrkam va jilvakor holatda boʻladi.

Urgʻuni faqat bir narsaga bering. Qoida shundan iborat: koʻzga yoki labning biriga urgʻu berish mumkin, ammo ikkalasini birlashtirish mumkin emas. Keyt bu qoidaga qatʼiy amal qiladi. U kipriklarining yuqori va pastki chizigʻini koʻzga moʻljallangan qalam bilan boʻyaydi va tushdan foydalanadi. Uning qovoqlarida yorqin rangdagi tenlar koʻzga tashlanmaydi.

Baland soch turmaklaridan voz keching. Keyt qabul marosimlarida sochlarining yarmini yigʻib oladi. U pastki qismda tolalarni qoldirish va yuqorisiga biroz hajm berish uchun sochlarining yetarli qismini bir yerga toʻplaydi.

Qoshlaringizga eʼtiborli boʻling. Keytning qoshlari qalin emas. Ular katta hajli peshonani tenglashtirib turadi va koʻzlarga eʼtibor qaratadi. Ingliz malikasi qoshlarini spa salonlarda doimiy ravishda parvarish qiladi.

Tabiiylikni saqlang. Keyt yorqin ranglarni hush koʻradi. Shu bois uning garderobida yorqin rangli liboslarni uchratish mumkin. Pardozga kelsak, yonoqlariga bilinar-bilinmas qizil (rumyana), lablariga asl rangidan biroz toʻqroq suyuq lab boʻyogʻi (blesk) surtishni afzal koʻradi.

Mukammal teri tasodifiy emas. Suratkashlar yillar davomida toʻxtamasdan uning ortidan kuzatsalar – da, Keyt hali oʻzining omadsiz suratini koʻrganicha yoʻq. Uning onasi Kerol Middltonga nazar tashlab, Keyt goʻzal terisi uchun kimdan minnatdor boʻlishi kerakligini tushunib olasiz. Ammo gertsoginiya faqat irsiyatga umid bogʻlab qolmasdan, terisi haqida qaygʻurishni ham kanda qilmaydi. U terini oziqlantiruvchi kosmetik vositalardan foydalanib turadi.

Och rangli monikyur yorqin monikyur kabi eʼtiborni oʻziga jalb etadi. Agar qoʻlingizda 18 karatli sapfir oʻrnatilgan va malika Diananing shaxsan oʻzi taqqan uzuk boʻlsa, tirnoqlaringizni togʻri kelgan boʻyoq bilan boʻyab, uni orqa planga oʻtqazib qoʻyishni istamaysiz , albatta. Keyt doimiy tarzda extiyotkorlik bilan tirnoqlariga ishlov berib, och pushti rangdagi boʻyoqdan foydalanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



