Kimning “oxrana”si kuchliroq? – Yoxud dunyo rahbarlarini qanday qoʻriqlashadi (II qism)

2016 yilning may oyida Ukrainaning OAV da “Paroshenkoning tansoqchilari Yevropaning eng yaxshi qoʻriqchilari, deb tan olindilar”, degan xabarlar tarqaldi. Gap shundaki, prezidentning xavfsizlik xizmati komandasi Bodyguard-2016 koʻpkurashi boʻyicha chempionatda birinchi oʻrinni egallashga muvofiq boʻlgan edi. Oʻshanda musobaqada Yevropa boʻyicha Ukrainadan tashqari Belorusiya, Moldaviya, Ruminiya, Gruziya, Bolgariya va Polsha davlatlari ham qatnashgan edi.


Ukraina yetakchisini Davlat muhofaza Boshqarmasi qoʻriqchilar bilan taʼminlaydi. Boshqarmaning 3 mingga yaqin xodimi boʻlib, ular asosan muddatli xizmatdagi harbiylar, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotganlar hamda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotganlardan iborat. Ularni olomon ichida ajratib olish qiyin emas: ular yoqasiga Boshqarma belgisi tushirilgan nishon taqilgan bir xil turdagi pidjakda boʻladilar. Bu qoʻriqchilar orasida oldinlari Viktor Yanukovichga xizmat qilganlarni ham koʻrish mumkin. Boshqarma rahbarining aytishicha, avvallari kimga xizmat qilganliklaridan qatʼiy nazar bu tansoqchilar oʻz ishlarining ustasi boʻlgan professionallardir, shuning uchun ham ularning xizmatlaridan voz kechish gʻirt ahmoqlik boʻlar edi.


Jurnalistlarning taʼkidlashlaricha, Paroshenkoning yonida amerikacha harbiy kiyim kiygan va Belgiyaning toʻpponcha-pulemyotlari bilan qurollangan yollanma jangchilarni ham koʻrish mumkin. Taxmin qilinishicha, bular shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Aegis Defence Services nomli xususiy qoʻriqlash firmasida xizmat qiluvchi Polsha maxsus tayyarlov boʻlinmasidan chiqqan jangchilardir. Parashenkoning tanlovini tushunsa boʻladi, axir AQSH ning Mudofaa Vazirligi ham Iroq hamda Afgʻonistondagi operatsiyalari uchun Aedis xodimlarini yollagan edi.


Germaniya kantslerining muhofazasi bilan Ichki ishlar Vazirligiga qarashli jinoyat qidiruv politsiyasi shugʻullanadi. Politsiya ofitserlaridan shaxsiy qoʻriqchilarni SG nomli “qoʻllab-quvattalsh” guruhiga tanlab olishadi.

Bu xodimlarning feʼl-atvorlari bardoshli, qatʼiyatli boʻlishi, aʼlo darajadagi jismoniy tayyorgarlik koʻrgan boʻlishlari hamda yuqori darajadagi muomala madaniyatiga ega boʻlishlari, maxsus himoya transportini boshqara olishlari va “har qanday sharoitda aql va tezkorlik bilan harakat qila olishlari” zarurdir.

Bundan tashqari tansoqchilarning barchasi tibbiy bilimga ega boʻlib, birinchi yordamni koʻrsata bilishlari lozim. Aynan shunday malaka Merkel xonim 2014 yilda Shvetsariyaning Alp togʻlarida oʻzining tansoqchilari bilan birgalikda changʻi uchayotib, yiqilganida zarur boʻldi. Oʻshanda Germaniya rahbari tos suyagini jarohatlab olgan edi.
Britaniya qirollik oilasi va hukumat aʼzolarini London politsiyasining maxsus operatsiyalar Boshqarmasi huzuridagi muhofaza guruhi qoʻriqlaydi. Ushbu guruh ofitserlari britaniyalik oddiy politsiyachilaridan farqli oʻlaroq hamisha qurollanib yura oladilar. Darhaqiqat, Britaniya politsiyasining aksariyat qismi oʻq otar qurollar olib yurmaydilar va hattoki unga ruhsatnomalari ham yoʻq (qurolga ruhsatnoma olish, uni saqlash juda mushkul, otishma oqibatida jinoyatchi yoki boshqa biror kimsaning halok boʻlishi esa qattiqqoʻllik bilan jazolanadi).

Britaniya Bosh vazirining qoʻriqchilari dunyoning eng oldi agentlari hisoblanadilar. Biroq omma ularning gʻalati darajadagi noprofessionalliklariga guvoh boʻlgan. Masalan, 2014 yilda qandaydir yigit bemalol, hech qanday qiyinchiliksiz Bosh vazir Devid Kemeronning yoniga kelib, uni itarib yuborgan. Tansoqchilar notanish yigitni darrov ushlab olib, u bilan ovora boʻlib qoldilar. Ungacha esa Bosh vazir bir oʻzi chetda turib qoldi. Muhofaza guruhining sobiq xodimlaridan birining bergan tushunchasiga qaraganda, bunday vaziyatda boshqa hamlalarning oldini olish uchun Bosh vazir qoʻriqchilari bilan oʻrab olinib, mashinasiga oʻtkazilishi kerak edi.


Qirolicha Yelizavetani esa mana bu azamat va jasur askarlar muhofaza qiladilar. Bular qirollik rezidentsiyalarini qoʻriqlaydigan Gvardiyachi grenaderlardir.

Hamma ularni saroy “dekoratsiyasi” yoki shunchaki turistlarning koʻnglini olish va tomosha qilish uchun qoʻyilgan soldatlar, deb tushunadilar. Aslida esa bu eng oldi askarlarni saralab oladigan Britaniya armiyasining jangovarlik qobiliyatiga ega boʻlinmalarining jangchilaridir. Sayyohlarning qoʻpol muomalalari va hurmatsizlarcha kulishlariga qaramasdan, Qirollik gvardiyasida xizmat qilish – eng katta sharaf hisoblanadi.

Aytgancha, gvardiyachilar ham anoyi emaslar, ular javob qaytarishga haqlidirlar. Ular haddan tashqari qitmir sayyoh yoki tomoshabinlarga baqirib berishlari hamda nayzali miltiqlarini ularga qarab oʻqtalishlari ham mumkin. Agarda buyam taʼsir qilmasa, ular tartib buzuvchini hibsga olishlari yoki koʻmak chaqirtirishlari ham mumkin.

Qirolicha qoʻriqchilarining tantanali formalari 45 sm dan iborat ayiqli shapkalari bilan mashhur. Faraz qilishlaricha, bunday qalpoqlar dastavval dushmanlarga askarlarning boʻylari balandroq, oʻzlari esa haybatliroq koʻrinishlari hamda tantanalarda taassurotni kuchaytirish uchun kiydirilgan. Anʼana boʻyicha, qalpoqlar Shimoliy Amerikaning qora ayiqlarning terisi (yoki qoʻngʻir ayiqlarning qora rangga boʻyalgan terisi) dan tikiladi. Bunda bitta qalpoq uchun bitta butun teri sarflanadi. Tabiiyki, hayvonlarni muhofaza qiluvchilar bunga qattiq qarshilik bildiradilar. Ayiqli qalpoqlar haybatli koʻringani bilan ogʻir emas, bor yoʻgʻi 1,5 funt (yaʼni 700 gramm) ni tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan issiq kunlarda bunday shapkalarda uzoq vaqt davomida qimirlamay turish natijasida gvardiyachilar hushlarini yoʻqotishlari ham mumkin.

Vatikanning ajib kiyim kiygan hamda oʻrta asr quroli bilan qurollangan Shvetsariya gvardiyachilaridan tashkil topgan kichkinagina armiyasini ham shunchaki koʻrk uchun, turli tantana va marosimlarni oʻtkazish uchungina yaraydi, deb hisoblaydilar. Bu kichkinagina armiya 135 nafar shvetsariyalik gvardiyachilardan tashkil topgan.

Biroq aynan ana shu armiya mana 500 yildirki dunyodagi eng nufuzli hisoblangan shaxs – Rim Papasining shaxsiy himoyasini taʼminlab kelmoqda. Axir Papa dunyodagi eng katta Katolik cherkovini boshqarib kelmoqda, uni muhofaza qilish gʻoyatda masʼuliyatli ishdir.

Bu gvardiyaga faqatgina turmush qurmagan, yoshi 19 dan 30 gacha boʻlgan, boʻyi 1,74 m dan past boʻlmagan Shvetsariya Harbiy Kuchlarida tayyorgarlik koʻrgan shvetsariyalik katoliklargina qabul qilinishlari mumkin.

Vatikan armiyasining gvardiyachi tansoqchilari turli marosimlarda olib yuradigan aldebard, nayza, shpaga, qilich kabi eski zamon qurollaridan tashqari zamonaviy toʻpponcha va avtomatlar, Germaniyada ishlab chiqarilgan Heckler & Koch MP7 rusumidagi pistolet-pulemyotlar hamda … garmdorili ballonchalar bilan qurollanganlar. Gvardiyachilar 3 yil muddat xizmat qilib boʻlganlaridan keyin uylanishlari mumkin.

Rim Papasining muhofazasi bilan shugʻullanuvchi bu gvardiyachilarning oylik maoshi Gʻarbiy Yevropa davlatlari bilan solishtirganda ancha kam – oyiga atiga 1300 yevro. Biroq ular barcha soliqlardan ozod boʻlibgina qolmay, bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



