Eng foydali ichimliklar qaysilar?

Nimasi foydali? Ayron – ajoyib ichimlik boʻlib, u nafaqat chanqoqni, balki ochlikni ham qondiradi hamda oshqozon ichak yoʻllari uchun zarur boʻlgan sut mahsulotlari bakteriyalariga boydir. Ayron immunitet oshishiga taʼsir koʻrsatadi, ishtaxani ochadi, shuningdek, unda koʻplab vitaminlar va mineral moddalar mavjud.

Qanday tayyorlanadi? Hech qanday qoʻshimchalarsiz 300 ml yogurt (yoki kefir) oling va unga 150 ml mineral suv, mayda togʻralgan shivit, petrushka, kashnich va rayxon qoʻshing, soʻngra taʼbga koʻra tuzini rostlang. Yaxshilab aralashtiring va bir boʻlak muz qoshib yuboring.

Nimasi foydali? Organizmga taʼsir doirasiga koʻra uyda tayyorlangan kvas kefirga oʻxshaydi. U ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi, kasallik chaqiruvchi mikroblar koʻpayishiga qarshilik koʻrsatadi va hatto immunitetni oshiradi. Kvas tengi yoʻq aminokislotalarga boy, tarkibida fosfor, magniy, kalsiy va B vitaminlari bor.

Qanday tayyorlanadi? 4 l suv, 2 oshqoshiq xamirturush kukini, 0,5 stakan shakar va 400 gr qora non oling. Non boʻlaklarga boʻlinadi, qovuriladi, ustiga shakar qoʻshilib, qaynoq suv quyiladi. Suv uy haroratigacha sovugach, unda xamirturushkukuni eritiladi. Ustiga doka yopib, issiq joyda ikki sutkaga qoldiring. Keyin deyarli tayyor boʻlgan ichimlikni dokadan oʻtkazib, yana taʼbga koʻra shakar qoʻshing va sovutgichga qoʻying. Bir sutkadan soʻng yoqimli salqin ichimlik –kvas tayyor!
Kvas kayfiyatni koʻtaradi, charchoqni kamaytiradi.

Nimasi foydali? Olimlar doimiy tarzda limonadni isteʼmol qilish buyraklarda tosh hosil boʻlmasligi uchun foydali ekanligini aniqlashdi. Gap shundaki, ichimlik tarkibiga kiruvchi natriy sitrati tosh paydo boʻlishiga qarshilik koʻrsatadi. Bundan tashqari , limonlar antiseptik va bakteriyalarni oʻldiradigan hususiyatlarga ega.

Qanday tayyorlanadi? Limonlar yuviladi, suvi selgitiladi va tedrasi tozalanadi (ustidagi oq poʻsti qoldiriladi) va oʻrtacha toʻrtburchak shaklida toʻgʻraladi.Keyin sovuq suvga solinadi, ustiga asal qoʻshiladi va bir necha soat shunday qoldiriladi. Asal taʼbga koʻra solinadi.

Nimasi foydali? Choy odatda qishda ichiladigan ichimlik hisoblanadi, biroq u yoz jaziramasida organizmni aʼlo darajada sovutadi. Masalan, yalpiz solingan bir piyola koʻk choy nafaqat tetiklashtiradi, balki ortiqcha terlashdan halos etadi va chnqoqni qondiradi, tanani qizib ketishdan hamda oftob urishidan saqlaydi. Yazda qahvani koʻk choyga almashtirganingiz koʻproq foydalidir. U qon bosimi tezda oshib ketishidan saqlab, yengil quvvat beradi va organizmni mikroelementlar bilan toʻyintiradi.

Qanday tayyorlanadi? Choyni faqat ichishdan avval tayyorlang. Buning uchun bir choyqoshiq quruq choy olinadi va choynakka solib, ustidan qaynoq suv quyiladi.5 – 7 daqiqa dam berilgandan soʻng bemalol ichishingiz mumkin. Xohishingizga koʻra choyga yalpiz barglari va limon boʻlagi qoʻshish mumkin.

Nimasi foydali? Kompot yoki uzvar – bu anʼanaviy ukraincha ichimlik boʻlib, u quritilgan mevalardan tayyorlanadi. U ovqat hazmini yaxshilaydi, organizmni V guruhi vitaminlari bilan boyitadi, chanqoqni tez qondiradi, ayniqsa, u shakarsiz tayyorlansa. Bunday kompot parxez paytida va bolalar taomnomasida juda qoʻl keladi.

Qanday tayyorlanadi? Kompot yoki uzvar uchun quritilgan mevalar – olma, oʻrik, mayiz va qora olxoʻri xohishingizga koʻra tanlab olinadi. Quritilgan mevalar ustiga sovuq suv quyiladi, qaynab chiqqach, olov paslatiladi. Taʼmi yoqimli boʻlishini istasangiz, ichimlikka limon sharbati qoʻshish mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



