Avto

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Daniel bolaligidan otasining ishlariga yordam berar, biroq uning billurlarning jilosi emas, musiqa ohanglari koʻproq qiziqtirardi.

Uning skripkaga boʻlgan muhabbati muvaffaqiyatsizlikka uchragach, oliy maʼlumot olish uchun Parijga qarab yoʻl oladi. Parijda boʻlib oʻtgan texnika va ilmiy yutuqlar koʻrgazmasida u elektr toki  yordamida shishani silliqlash mumkinligini bilib oladi.

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Oradan oʻn yil oʻtgach, Swarovski elektr yordamida shisha silliqlovchi mashina ixtiro qildi. Ushbu vaqtda u Vattes ( Avstriya) qishlogʻida edi, keyinchalik bu yerda birinchi Swarovski fabrikasi ishga tushiriladi.

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Daniel Swarovski insoniyatning billur kristallariga boʻlgan muhabbatini brilliant nusxalari bilan qondirishning uddasidan chiqa oldi. Bundan avval bu ishni Jorj Federik Stress amalga oshirishga harakat qilgandi. (Straz atamasi uning ismidan kelib chiqqan). Daniel Swarovski bir necha yil deganda toshlarni qirralash va silliqlashni mukammal darajaga yetkazdi.

Swarovski - Billur jilolar qiroli

U oʻz ishini birinchi namunalarini Sankt-Peterburg va Parijga yuboradi, bunday goʻzallikdan hayratga tushgan moda ishqibozlari Danielni buyurtmalarga koʻmib tashlaydi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng uning kompaniyasi va bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Swarovski nomini oldi.

Swarovski - Billur jilolar qiroli

1911 yili Daniel oʻgʻillari bilan birgalikda mukammal shaffof billur eritish mashinasini oʻylab topdi.

Billur qirralash bilan koʻpchilik shugʻullanishga harakat qilib koʻrgan boʻlsa-da, biroq Swarovski toshlarini tayyorlash usuli bugunga qadar sir boʻlib kelmoqda. Yillar  oʻtgani sari Swarovski mahsulotlari tobora mashxurlikka erishib, oxir- oqibatda moda olamida oʻz oʻrniga ega boʻldi.  Ushbu toshlar Marlen Terner va Maykl Jekson liboslari, Shanel, Kristian Dior, Iv Sen-Loran liboslar uyi mahsulotlarini bezadi. 

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Swarovski kompaniyasi yuz yillik yubileyi munosabati bilan billur gʻor koʻrinishidagi muzey oshilish taqdimotini oʻtkazdi.  Muzey darvozasiga koʻllari billurdan ishlangan va ogʻzidan sharshara quyilib chiqadigan katta odam tasviri ishlangan. 8 yil davomida ushbu muzeyga 5 million odam tashrif buyurdi.

Swarovski - Billur jilolar qiroli

Ushbu kompaniya sifatli taqinchoqlar uchun ishlatiladigan toshlarning 80 foizini ishlab chiqaradi. 

Swarovski - Billur jilolar qiroli
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar