Qiziqarli

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Musiqa dahosi Lyudvig van Betxoven 1770 yili Germaniyaning Bonne shaxrida dunyoga keldi. Uning bolalik yillari hayotidagi eng ogʻir damlari endi, bolakaydagi musiqiy qobiliyatni anglagan otasi buni boshqa maqsadlarda  qoʻllashni niyat qilar, uni kun boʻyi klavesin oldida oʻtirishga majburlar edi. Bolalikning asl mohiyatini anglashga ulgurmagan Lyudvig ilk bor 8 yoshida konsert berdi.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Bu davrda Betxoven hayotida uning donishmand ustozi Kristian Gotlib Nefe paydo boʻldi. Nefe boʻlajak bastakorga qadimiy tillar, falsafa, adabiyot, etikadan saboq berib,uning hayotida muhim oʻzgarishlarga sababchi boʻldi.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

1787 yili Betxoven Venaga yoʻl oldi. Bu yerda bastakor asta sekin eshitish qobiliyatidan judo boʻldi. “Men juda achchiq hayot kechiryabman. Men karman. Kasbimdan bundan daxshatliroq narsa boʻlishi mumkin emas… Mana shu hastalikdan forigʻ boʻlsaydim, butun dunyoni quchoqlab olishga tayyor edim”, - deb yozadi u oʻz doʻstiga yoʻllagan maktubida.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Bu davrda u kelib chiqishi italiyalik Julietta Gvichchardi (1784-1856) bilan tanishdi. Nufuzli oila aʼzosi boʻlmish qizga koʻngil qoʻygan bastakor  Juliettaga fortepianodan tekin dars olishni taklif qildi va qizning  roziligini oldi. Oradan 6 oy otgach, Betxoven Juliettaga bagʻishlab vafotidan soʻng  “Oydin Sonata” deya atalgan jozibali kuyni yaratdi.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Julietta 18 yoshli graf Robert fon Gallenberg bilan ishqiy munosabatlar oʻrnatganini eshitgan Betxoven undan boshqa darslarga kelmaslikni iltimos qildi. Julietta esa graf Gallenbergga turmushga chiqib, Italiyaga yoʻl oldi.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Tushkunlikka tushgan Betxoven bor kuchi bilan yangi hayot boshlashga qaror qildi. Oradan bir necha yil oʻtib, vafosiz Julietta endigina hayotga qaytgan , biroq qalb jaroxatlari bitib ulgurmagan Betxovenni izlab keldi.  U Betxoven bilan oʻtkazgan hayotining eng baxtli onlarini tilga olib, oilaviy qiyinchiliklar haqida hikoya qildi va moddiy tomonlama koʻmak soʻraydi.  Maestro unga pul berib, ketishini va uning hayotida boshqa hech qachon paydo boʻlmasligini iltimos qildi.

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

1826 yili Betxoven xastalanib qoldi. Uchta murakkab operatsiyani boshdan oʻtkazgan musiqa olami qiroli Lyudvig van Betxoven 1827 yili 26 mart kuni vafot etdi. 

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?

Betxoven olam va kelajak avlodlarga muhabbat, ezgulik, armon va baxtdan soʻzlovchi bebaho kuylarni tuhfa etdi-yu, dard toʻla qalbi bilan mangulik qariga yoʻl oldi… 

Lyudvig van Betxoven shedevr kuylarini armonli muhabbati uchun yozganmi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar