Sharqninig jilvakor timsoli

Hind milliy liboslari turfa xil boʻlib, har birining oʻz kiyiladigan joyi bor. Umumiy nom bilan esa ayollar milliy liboslari sari, erkaklarning milliy liboslari dxoti va lungi deb ataladi. Shuningdek, ayrim hollarda ayollar churidar yoki salwar-kameez (shalvar) kiyib, yelkalariga dupatta ( uzun sharf) tashlab yuradilar. Shalvarlar erkin bichimi bilan churidardan farq qiladi.

Hind anʼanalari jamoat joylari va diniy dargohlarda shaffof, tor va ochiq liboslarda namoyon boʻlishni taqiqlaydi. Aksariyat hind liboslari mahalliy issiq havo uchun mukammal sanalgan paxta matosidan tikiladi.

Bindi, mendi, zirak, churi (bilaguzuk) singari bezaklar hind ayollariga latofat va joziba baxsh etadi. Toʻy, bayram kabi muhim hodisalar chogʻida ular yorqin rangdagi bezakli liboslar kiyib, tilla, kumush va boshqa qimmatbaho xomashyolardan tayyorlangan taqinchoqlarga burkanadilar.

Bindi ayollar pardozining muhim qismi sanaladi. Hindlar peshonasida aks etuvchi bindi maʼlum maʼnoda muhim timsol hisoblanadi.
Qizil bindi faqat turmush qurgan ayollar peshonasiga qoʻyilsa, rangli bindilar qizlarning yolgʻiz ekanligini bildiradi. Ayollar sochining farqiga surtiluvchi qizil yoki olovrang kukun induizm diniga eʼtiqod qiluvchilar uchun nikoh ramzi sanaladi.

Hind milliy liboslari mamlakat taraqqiyotiga homo-hang rivojlanib bormoqda. Qadimgi Veda yodgorligida poʻstloq va bargdan tayyorlangan liboslar haqida qaydlar uchraydi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot hind paxta liboslarining aʼlo darajadagi sifati haqida yozib qoldirgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



