Nazokatli qadam tashlash qoidalari

Hech qachon tez tez qadam bilan yurmang. Siz juda tez qadam tashlasangiz, bu kuchli ammo hovliqma va salga lovillab ketuvchi inson ekanligingizdan darak beradi. Bundan tashqari koʻpincha kechikuvchan odamlar shoshib yurishadi.

Hamisha yurganda gavdangizni tik holatda tutib, qorningizni tortib yuring. Bunday holatda oyoqlaringiz bir- biriga yaqin holatda turishi lozim, lekin juda chayqalib ham yurmang. Unutmang chayqalib, lapanglab yurish mast odamlarga xos. Chiroyli yurish quyidagi omillarga bogʻliq:
tovonni toʻgʻri qoʻyish;
qoʻllar xarakati;
gavdani tik tutish;
qulay oyoq kiyim.

Qadam tashlayotganingizda oyogʻingiz tagiga qaramang, ammo iyagingizni ham koʻtarib yurmang. Oltin oʻrtalikni tanlang. Oʻzingizdan bir oz oldinga nigoh tashlab yuring, ammo kerakli masofa sizga ochiq oydin koʻrinib tursin.

Baland poshna ayol kishini qaddi-bastini koʻrkamlashtirib, uning kiygan libosiga ham,tashqi qiyofasiga ham jozibadorlik ulashadi. Ammo baland poshnada qoyil-maqom qadam tashlashni hamma ham eplolmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



