Foydali

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiq ichaklar mikroflorasini shakllantirish uchun eng muhim mahsulot sifatida eʼtirof etiladi. Hayot davomida hazm qilish aʼzolarida koʻp bekteriyalar yigʻilib qoladi, ularning koʻpchiligi esa kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan birga, organizmdagi qarish jarayonini tezlashtiradi. Qatiq esa ichki aʼzolarga ijobiy taʼsir koʻrsatib, ichaklar faoliyatini ragʻbatlantiradi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiq tarkibidagi koʻplab foydali bekteriyalar, vitamin va aminokislotalar nafaqat ichaklar mikroflorasi, balki immun tizimini mustahkamlaydi, uyquning tinch boʻlishiga yardam berib,  asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Diqqatni bir joyga jamlash kerak boʻlgan paytda qatiq ichmagan maʼqul. Har qanday sutli maxsulot, shu jumladan qatiq ham asab tizimini boʻshashtirib, unga tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiq nordon mahsulot boʻlgani bois, kislotalilik darajasi yuqori boʻlgan kishilarga tavsiya etilmaydi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Sut mahsulotlariga nisbatan alergiyasi boʻlgan kishilar qatiq ichmaganlari maʼqul. Ularga biokefir tavsiya etiladi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiq isteʼmolining bir kunlik meʼyori 200-400 grammni tashkil etishi lozim.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Qatiqni hech qachon oʻta sovuq xolda ichmang. U xona haroratida boʻlishi va kichik hoʻplamlar bilan ichilishi kerak.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing

Agar qatiqni ozish maqsadida isteʼmol qilsangiz, yogʻlilik darajasi 1-1.5 % ligini tanlaganingiz maʼqul. Yogʻli qatiq ichish shishlardan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Qatiqning foydali xususiyatlari bilan tanishing
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar