Qiziqarli

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Ammo Oltin toʻngʻiz yili bayrami dasturxonida biz uchun odatiy boʻlgan barcha taomlarni ham birday isteʼmol qilish mumkin emas, deydi munajjimlar. Shu sababli ham astrologiya sohasi mutaxassislari fikriga tayangan holatda yangi yil dasturxonini tuzash payti sizga qoʻl keladigan bir necha tavsiyalarni berib oʻtamiz. 

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Bayram dasturxoni imkon qadar toʻkin va turli-tuman boʻlishi lozim. Goʻshtli taomlardan pishirilgan quyon yoki olma bilan birga dimlangan parranda goʻshtini tayyorlab koʻrishingiz mumkin. 

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Salatlar borasida esa fantaziyaga erk bering. Yangi yil dasturxoni uchun anʼanaviy hisoblangan "Shuba ostidagi seld", "Olive"salatlarini ham nooatiy koʻrinishda bezatishingiz mumkin. Bundan tashqari dastuxonga yangi sabzavotlar va pishloqning mayin taʼmli turlaridan ham keltirib qoʻysangiz boʻladi. 

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Goʻshtli gazak sizga yoqqan tur va koʻrinishda boʻlishi mumkin. Shu sababli uni tayyorlash paytida ham fantaziyani ishga solasiz.

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Desert tayyorlash paytida esa asal, reza mevalar hamda yongʻoqlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Yangi yil stolida tillarang va sariq tusdagi yeguliklar aniq koʻrinib turishi kerak. Shu sababli taomlarni qirgʻichlangan pishloq yoki tuxum sarigʻi bilan birgalikda tayyorlashga harakat qiling. Bezak sifatida esa apelsin va limon boʻlaklaridan foydalansangiz ham boʻladi. Bundan tashqari taomlar orasiga turli koʻkatlar, sabzavotli yeguliklar va piroglardan ilova qilish ham yodingizdan chiqmasin. 

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?

Munajjimlar yangi yil dasturxoni uchun imkon qadar yangi va tabiiy mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etmoqdalar. Shu sababli bayram taomnomasida yarimfabrikat mahsulotlari boʻlmagani maʼqul.

Bayramni ajoyib shirinliklarsiz tasavvur qilib boʻlar ekanmi? Bayram oqshomi uchun tashqi koʻrinish jihatidan oʻziga hos boʻlgan shirinliklar tayyorlashga harakat qiling. Kerakli yeguliklarni esa avvaldan olib qoʻyishingiz ham mumkin.

 

2019: Yangi yil dasturxoni qanday boʻlishi kerak?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar