Texnologiya

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon Misr hukmrdoriga aylangan paytlarida atigi 8-9 yoshlarda boʻlgan. Tahminlarga koʻra uning taxtga chiqishida amaldorlar - qoʻshin sarkardasi Xoremxeb va saroy ayoni Eyening xizmati katta boʻlgan. 

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon 10 yil davomidamamlakatni boshqargan va yoshlik paytlaridayoq vafot etgan. Olimlar uni eramizdan avvalgi 1333-1324 yillarda hukmronlik qilganini aytib oʻtadilar.

Tutanxamon maqbarasining siri

Olimlar uzoq yillar davomida Tutanxamoning asl oʻlim sababini bilish uchun turli texnologik vositalar yordamidan foydalanib kelishgan. Bu oʻrinda uning vafotiga doir ikkita asosiy tahmin mavjud. Birinchisi hukmdor ensa sohasidan qattiq zarba olgani sabab boʻlgan (buning tasodifiy yoki atayin uyushtirilgan zarba ekanligi nomaʼlum). Ikkinchisi esa oyoq sohasini sindirib olgan va jarohatga infeksiya tushgancha hukmrdorning oʻlimiga sabab boʻlgan.

Tutanxamon maqbarasining siri

Tahminlarga koʻra Tutanxamon Malika Nefertitining oʻgay oʻgʻlidir. Olimlar Tutanxamon firʼavn Exnatonning oʻgʻli ekanligini aytishadi. Exnaton esa malika Nefertiti bilan oila qurgan va unga 6 nafar qiz farzand tuhfa etgan. Bundan tashqari Exnatonning kichkina xotini Kira ham boʻlgan va Tutanxamonning onasi aynan Kira sanaladi (ammo bularning aniq maʼlumot ekanligi isbotlanmagan).

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon tugʻilgan paytlariga unga Tutanxaton deya ism berilgan. U va otasi Exnatonning ismi tarkibidagi "aton" soʻzi misrliklar ilohiga ishora bergan. Firavn Exnaton misrliklarni yagona iloh - Atonga sigʻinish uchun majbur qilgan. Tutanxaton taxtga ega chiqqanidan keyin mamlakat hududida avvallari yopiq boʻlgan barcha ibodatxonalarni ochib tashlashga buyruq bergan va  oʻz ismini Tutanxamonga oʻzgartirgan.

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon moʻmiyosi hamon Shohlar vodiysidagi maqbarada saqlanadi. Uning mashhur niqobi esa Qohiradagi Misr muzeyiga joylashtirilgan.

Tutanxamon maqbarasining siri

Tutanxamon va uning rafiqasi farzand koʻrishmagan, ammo malika Anxesenpaaton ikki marta homilador boʻlgan va bu paytda bolalar tugʻilmay vafot etavergan. Ikkita qiz bola chaqaloqlarning chala tugʻilgan embrioni moʻmiyolangan holatda Tutanxamon maqbarasidagi kichik qabrlar ichiga joylashtirilgan. Oʻtkazilgan DNK testlari esa qizaloqlarningTutanxamon farzandlari ekanligini tasdiqlagan.

 

Tutanxamon maqbarasining siri

1893yil Fransiya arxeologi Loret Amenofis II maqbarasini topgan va uning atrofida yana 13 ta boshqa jasadlar boʻlganligini aniqlagan. Eng fantastik kashfiyot malakali misrshunos olim Karter va uning boy homiysi Lord Karnavonlar tomonidan 1922 yilda sodir boʻlgan. 1903 yildan boshlab keyingi bir necha yillar davomida amerikalik sayyoh Teodor Devis Shohlar vodiysida qoʻl tegmagan birorta maqbara topish umidida tinmasdan qidiruv ishlari olib borgan, lekin natija boʻlmagan.

1914 yilda u tekshirish ishlarini tugadi deb hisoblab, ijaraga olgan Vodiyni Karter bilan Karnavonga topshiradi. 

Ular qariyb 9 yil izlanishda boʻladilar. Bu davr ichida bir necha yuz tonna qum va toshlarni joydan-joyga suradilar. Tekshirilmagan hech bir narsa qolmaydi. Hatto kichkinagina teshik ham ular eʼtiborini chetlab oʻtmaydi. Ammo natija yoʻq edi. Oxiri ular ham umidlarini uza boshlaydilar. Toqati toq boʻlgan Karnavon 1922 yilda ishlarni davom ettirishdan voz kechganligini maʼlum qiladi. Ammo Karter hech boʻlmasa yana bir-ikki oy ishlarni davom ettirishni undan oʻtinib soʻraydi. Chunki Karter nima uchundir bir kichkinagina uchburchak shaklidagi teshikka eʼtibor bergan edi.

Turistlarning Ramzes VI maqbarasiga oʻtadigan yoʻlini toʻsmaslik maqsadida bu yerda hech kim qazish ishlarini olib bormagan edi. Shuning uchun ham Karter: "Mana shu boʻshliq tekshirilmas ekan, barcha choralar koʻrildi deb boʻlmaydi", degan xulosaga keladi.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Karnavon rozi boʻladi. Karter esa yana Misrga qaytadi va oʻsha uchburchak boʻshliqni tozalashga kirishadi. 

Bir necha kundan keyin u hayajon bilan qoyani ichkarisiga kirib ketgan zinani koʻrib qoladi. Zina boʻylab pastga tushadi. Uning koʻz oldida mutlaqo shikastlanmagan devor paydo boʻladi. Karter devor oldida bir daqiqa sukut saqlaydi. Devorda esaTutanxamondan dalolat beruvchi shoh muhri bor edi. Karter shu zahotiyoq xoʻjayiniga qoʻngʻiroq qiladi. Karnavon zudlik bilan Misrga yetib keladi. Ular devorni buzib kiradilar. Bu yerda qurilish chiqindilari bilan toʻldirilgan tor yoʻlak, unda yana bir shoh muhri bilan belgilangan devor bor edi. Hal qiluvchi damlar boshlanadi. Karnavon va bir nechta kishilar koridorda sabrsizlik bilan kutib turadilar, bu vaqtda Karter devorning yuqorisida kichik teshik ochadi. Koʻradiki, devor orqasi boʻshliq. U elektr chirogʻini oʻsha tomonga yoʻnaltiradi. Karter bir necha daqiqa qotib qoladi.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

"Siz biron narsa koʻryapsizmi?", deb soʻraydi Karnavon.

"Ha, - deb javob beradi Karter. - Ajoyib narsalar, xuddi ertaklardagidek".

Bu tarix haqida oʻz vaqtida va undan keyin ham juda koʻp gapirilgandi, chunki u takror va takror gapirishga arziydigan tarixdir. 

Karter topgan xona aslida xazina bilan toʻldirilgan dahliz edi. Unda ikkita eshik boʻlib, biri omborxona, ikkinchisi goʻrxona bilan bogʻlangan. 

Bu yerdagi moʻjizalardan biri shohning illa plastinka bilan qoplangan taxtidir. Darhaqiqat u ajoyib taassurot tugʻdiradi. Tilla plastinka taxtga suyanchiq sifatida ishlangan boʻlib, unda shoh va malika koʻrinishi bogʻda tasvirlangan. Yosh hukmdor taxtda oʻtiribdi. Malika Anxesnamon esa uning yelkasiga moy surkamoqda. Shakl va bezaklar plastinkaga Lyapis-lazur va serdolik kabi qimmatbaho toshlardan inkrustatsiya qilish yoʻli bilan ishlangan. Bu astoydil izlangan goʻzal relyeflardan biridir.

 

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Bu narsalarning hammasi tartibsiz ravishda bir toʻda qilib uyib tashlangan. Aftidan bu kichik maqbaraga mebel shoshilinch ravishda qoʻyilgan boʻlsa kerak. Maqbarani oʻgʻirlashga bir marta harakat ham qilingan. 

Dalil tariqasida aytib oʻtish mumkinki, taxtning oltin oyoqlari uzib olingan boʻlib, ular bir parcha gazmolga oʻrab qoʻyilgan holda topilgan. 

Koʻrinib turibdiki, oʻgʻrilar buyumlarni olib chiqib ketishga ulgurmaganlar. Ularga kimdir halaqit bergan. Ehtimol oʻgʻrilar oʻz jinoyatlarini amalga oshirayotgan paytlarida qoʻlga tushganlar. Xullas, 1923 yilda yoʻlak buyumlardan boʻshatilib, shoh muhri bosilgan ikkinchi devor buzilganda, uning orqasida xudo va maʼbudalar shakllari bilan bezatilgan oltin lavha topilgan.

Aslida esa u toʻgʻri burchakli katta hajmdagi yogʻochdan ishlangan va sirti sof tilladan inkrustatsiya qilingan butxona boʻlib, u bir tomoni 5,5 metr, ikkinchi tomoni 3,5 metrga teng keladigan dafn xonasini butkul egallab turgan.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Karter butxona eshigini ochganda, unga tanish boʻlgan oʻsha shohlik tamgʻasi boʻlgan, oʻsha sof oltin bilan qoplangan lekin boshqa butxonaga duch kelgan.

Maʼlum boʻlishicha, bu yerda bir-birining ichiga moslashtirilgan toʻrtta butxona boʻlib arxeologlarning bilishicha, shoh ularning eng oxirgisining tubidan joy olishi lozim boʻlgan. 

Darhaqiqat Karterning oʻta professional mohirligi talab etgandek, butxonalar qismlarga ajratib olinganda u yerda goʻrxona borligi maʼlum boʻlgan. Goʻrxonada bir-birining ustiga qoʻyilgan uchta sarkofag saqlangan. Ularning dastlabki ikkitasi oltin, rangli pasta va qimmatbaho toshlar bilan naqshlangan. Moʻmiyo saqlangan uchinchi sarkofag sof oltindan qilingan va uni yerdan qoʻzgʻatish uchun kamida toʻrt kishi kerak boʻlgan.

Goʻrxona orqasida uchinchi xona joylashgan. U ham boshqalari kabi har xil ajoyib buyumlar: quti va kiyim solingan sandiq hamda chiyaboʻri - xudo Anubisning tilla suvi bilan qoplangan yaltiroq shakli, qayiqda qoʻliga uzun arqonga bogʻlangan nayza ushlab turgan shohning tasviri, ikki gʻildirakli jang aravalarining boʻlaklari va boshqa narsalar bilan toʻldirilgan.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Maqbaralar boʻyicha katta mutaxassis Alan Gardinerning hikoya qilishicha, Karter oʻsha uchinchi xonadagi qutini ochganda, uning ichida patli yelpigʻich boʻlgan. "Uning parlari -degan edi u, - shunchalik goʻzal va kishini esankiratadigan darajada nafis va koʻrkam ediki, goʻyo ular hozirgina tuyaqush qanotidan yulib olingandek, shoh ham eramizdan uch ming yil avval emas, balki yaqinda dafn etilgandek tuyulardi. Ular menda kutilmaganda kuchli taassurot qoldirdi. Bunday holatni men hech qachon boshimdan kechirmagan edim va bundan keyin ham kechirmasam kerak". Endi biz buyuk jangchi firʼavnlar Seti I va Ramzes II larning maqbaralarida, agar ular oʻgʻirlanmaganda, shubhasiz qanday boyliklar mavjud boʻlganini koʻz oldimizga keltirishimiz mumkin. Nima uchun Tutanxamon qabri oʻgʻirlanmay qolgan, degan savolga baʼzilar uni oʻgʻrilar topolmaganlar degan fikrni sabab qilib koʻrsatdilar. Bu haqiqatdan yiroqdir. Qabrning oʻgʻirlanmay qolganligiuni oʻgʻrilar topolmaganligida emas aksincha, Tutanxamonning bedarak shaxsligi maqbarani oʻgʻrilardan saqlab qolgan.

 

Tutanxamon maqbarasining siri

Axenaton bilan qarindosh tutingan Tutanxamon tez orada unutilgan. Uni zudlik bilan kichik, koʻrimsizmaqbaraga dafn etganlar. 

Keyinchalik Ramzes II maqbarasini ochish paytida hosil boʻlgan tuproq Tutanxamon qabriga kiradigan yoʻlni berkitib qoʻygan. 

Agarda maqbara 1922 yillar xeolog Karter tomonidan tasodifan topilmaganda, u biz uchun hanuzgacha yechilmagan bir sir boʻlib qolar edi. 

Xulosa qilib aytganda, qabrdagi narsalar bir-birlaridan ashyolarining boyligi va xilma-xilligi, bajarish texnikasining mukammalligi, beqiyos chiroyi va bezagi bilan ajralib turadi hamda 18-sulola davridagi hunarmandchilik sanʼatining yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.

Hozirgi kungacha Tutanxamonning moʻmiyolangan jasadi oʻz qabridagi sarkofagda saqlanmoqda. Qolganlari qimmatbaho narsalar bilan birga, Qohira muzeyiga qoʻyilgan.

Shohlar vodiysidagi maqbaralarni koʻzdan kechirar ekanmiz, ularda qadimgi Misr hayotini koʻrsatuvchi lavhalar ham talaygina. Bu lavhalar asosan qoyalarning sharqiy qismidan topilgan aslzoda kishilarning maqbaralarida mavjuddir.

 Maʼlumki, oʻlgan kishilarning tanalari qoʻyilgan xonalar katta chuqurlikda joylashgan. Ularning ustida esa ziyoratxonalar boʻlgan. Qadimgi misrliklar hayotini koʻrsatuvchi suratli lavhalar ana shu ziyoratxonalar devorida tasvirlangan.

 

Tutanxamon maqbarasining siri

Mana bu Nebamon maqbarasi. Devorga ishlangan suratlardan birida qandaydir aslzoda papirusdan ishlangan qayiqda xotini va qizi bilan ov qilayotgani koʻrsatilgan. U qayiqda tik turgan holda qoʻlida nayza bilan yovvoyi hayvonlarni ovlamoqda. Xotini esa oʻtirgan holda erini yiqilib ketmasligi uchun oyoqlaridan mahkam ushlab turibdi.

Boshqa koʻrinishda shohlar vodiysida xudolar va marhumlarga bagʻishlanib uyushtirilgan dabdabali bayram aks ettirilgan. Qabul marosimlarining muxlislari, misrlik zodagonlar mehmonlar bilan birga kichik kursi atrofida oldilariga qoʻyilgan ilvasin, baliq va harxil shirinliklardan totib oʻtirishibdi. Shu bilan birga ularga qiziqarli tomosha ham koʻrsatilyapti. Odatda ayollardan tuzilgan sozandalar kuy ijro etmoqdalar. Yosh raqqosalar esa raqsga tushmoqdalar. Suratda koʻrsatilgan ikki oʻyinchining badan harakatidagi uygʻunlikning kamolot darajasiga koʻtarilganligi, rassomning mohirligidan dalolat berib turibdi. 

Ikki sozandaning yuzi old tomonga qaratilgan. Kishi yuzini old tomondan koʻrsatish butun Misr rassomchilik sanʼatidagi odatdan tashqari holdir. Marosimda oʻtirganlarga xizmatkorlar may tutayotganlarini ham koʻrish mumkin. Gap shundaki, Misrliklar mayni juda qadrlaganlar.

Tutanxamon maqbarasining siri

Bulardan tashqari, oddiy inson hayotiga bagʻishlangan qator lavhalarni ham koʻrishimiz mumkin. Mana bunda esa dehqon mehnat dalasida yer haydayotgani, hosilni yigʻishtirayotgani, molni boshqarayotgani hamda hunarmandchilik bilan shugʻullanayotgani jonli ifoda etilgan.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Tutmos VI va Fivalik yer oʻlchovchi Mena maqbaralaridagi devorlarga ishlangan suratlar ham hayotiyligi bilan kishi fikrini oʻziga jalb etadi. 

Tutmos III ning vaziri Rexmir qabrida esa qandaydir zavod tasvirlangan boʻlib, unda ishchilar tayanma kursi, taxt, butxona va boshqa narsalar tayyorlayotganlari aks ettirilgan. Aynan shu narsalar Tutanxamon maqbarasidan topilgan edi. Yana boshqa bir qator suratlarda Amon-Ra ibodatxonasi uchun bronzadan ulkan eshiklarni quyib yasash jarayoni koʻrsatilgan. Unda ishchilar oʻchoqni yoqish uchun nafaslarini harakatga keltirayotganliklari tasvirlangan. Yuqorida kishilar eritish qoshiqlarida eritilgan metalni otashkurak yordamida katta toʻrtburchak shaklga quymoqdalar. Undan naridagi boshqa suratda Rexmir - endi u Misr firʼavni sifatida atrofni oʻrab olgan homiylari bilan adolat sudida raislik qilmoqda. 

Yuqorida bayon etilgan fikrlarga yakun yasab shuni aytish mumkinki, yangi podsholik davrida Misrdavlati va uning meʼmorchilik sanʼati oʻzining eng yuksak kamolot choʻqqisiga koʻtarildi. Ana shu choʻqqidan esa rivojlangan qoʻshni davlatlar taʼsiri ostida anʼanaviy madaniyatning parchalanayotgani sezilib turardi.

Tutanxamon maqbarasining siri
Tutanxamon maqbarasining siri

Piramidalar, Misr ehromlarini oʻrganayotgan olimlar vaqt oʻtgani sari yanada koʻproq yangidan-yangi kashfiyotlar qilishmoqda. Mana, masalan, bir necha vaqt oldin Tutanxamonning dafn etish boʻlmasini topgan arxeologlarni nafaqat u yerdagi inson qoʻli tegmagan zeb-ziynatlar, balki sagʻanani bezab turgan devordagi ajoyib rasmlar (freskalar) hayratga soldi. Biroq ushbu yorqin yozuvlarda odatda chiroqlardan qoladigan qurum yoki tutun izining mutlaqo yoʻqligi tadqiqotchilar oldiga mantiqiy savolni tashladi: qadim ustalar oʻzlarining ish joyini nima bilan yoritgan ekanki, natijada ulardan hech qanday iz qolmagan?

Mazkur hodisadan soʻng tarixiy manbalarni yanada sinchkovlik bilan oʻrganishni boshlagan mutaxassislar qiziqfaktlarga duch kela boshladilar. Aniqlanishicha, uzoq oʻtmishda misrliklar elektr toki yordamida yoritish moslamalarini yaratgan boʻlishlari mumkin ekan. Bu haqda miloddan avvalgi 450-354 yillarda yashagan avliyo Avgustin guvohlik beradi. U oʻz asarlarida Izida ibodatxonasida "shamol ham, suv ham oʻchira olmaydigan" gʻayrioddiy chiroqni tilga oladi. Moziyning yana bir faylasuflaridan biri Plutarx ham Amon Ra xudosi butxonasining kirish yoʻlida yonib turgan chiroq haqida fikr yuritadi. Uning soʻzlariga qaraganda, "Ibodatxona ruhoniylari bu chiroq bir necha yuz yillar davomida oʻchmay yonib kelayotganini aytishgan". 

Toʻgʻri, yuqoridagilarning barchasi qoʻlyozma manbalar, xolos. Aslida piramida quruvchilari chindan ham elektr toki bilan ishlaganliklariga moddiy dalillar ham bormikan?

 

Tutanxamon maqbarasining siri

Dendera shahrida (u Nil daryosining sharqiy sohilida joylashgan) Xator maʼbudasi ibodatxonasining devorlaridan birida noodatiy barelef (tekis yuzaga ishlangan boʻrtma naqsh) topilgan. Unda odamlar va ularning yonida hozirgi choʻgʻlanma chiroqlarga oʻxshash ulkan kolbalar aniq aks etgan. "Chiroqlar"ning ichki qismida "toʻlqinsimon ilonlar" tasviri koʻrinadi. Balki, bu choʻgʻlanma simlarining ramziy tasvirlaridir? - deydi tadqiqotchilardan biri. Ilonlarning oʻtkir dumlari shaffof kolbaning ingichka qismiga kiritiladi. Bir qarashda bu bizga odatiy boʻlib qolgan chiroq oʻrnatiladigan moslama (patron)ga oʻxshaydi. Naqshda, shuningdek, bu uskunani elektr toki taqsimlanadigan asbobga oʻxshash moslama bilan bogʻlaydigan oʻziga xos sim ham tasvirlangan. 

Elektrotexnika sohasining eng yetakchi mutaxassislaridan biri V. Xarn Jed ustunlari nomini olgan bu qurilmalarda joylashgan "ilonli shaffof kolbalar" hozirda keng qoʻllaniladigan yuqori darajadagi kuchlanish izolyatorlariga oʻxshaydi degan fikrda. Agar uning gapi haqiqatga yaqin deb qabul qilinsa, bu"ilonlar" spiralsimon gaz chirogʻini aks ettirayotganligidan dalolat berardi. Olim oʻz qarashini isbotlashga qatʼiy kirishdi va yoy shaklida nur taratib turadigan chiroq uchun generatorning amaldagi modelini yaratishning uddasidan chiqdi.

Tutanxamon maqbarasining siri

Koʻp yillar mobaynida Misr moʻmiyolarini oʻrganish davomida aql bovar qilmas kashfiyot qilindi: 4000 yililgari misrlik jarrohlar zamonaviy shifokorlardan-da mahoratli va tajribali boʻlishgani taxmin qilinmoqda. Har holda doktor Habib Al-Hofiz shunday nuqtai nazarning muallifi sifatida ilm ahliga oʻzini tanitdi. Uning izlanishlari natijasi oʻlaroq, yurakni shuntlash (bunda venaning bir qismi aortaga ulab qoʻyiladi, natijada qon aylanishi yurakning zararlangan qismini chetla boʻtadi), yuzning plastik operatsiyalari kabi jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilganiga ishonch hosil qilingan. Bu uzoq oʻtmish shifokorlari texnika taraqqiyoti yuksak deb tan olinayotgan bugungi kunda ham insoniyat amalga oshira olmaydigan davolash tadbirlari va ishlari, yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, murakkab jarrohlik operatsiyalarini ham amalga oshirgan degani.

 - Qadimda shifokorlar hozirgi olimlarga nisbatan inson organizmi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishgan, degan fikrdaman, - deya taʼkidlaydi doktor Al-Hofiz. 

Uning miloddan oldingi 2700-1250 yillarga aloqador deya taxmin qilinayotgan 231 ta qadimiy moʻmiyolar ustida olib borgan ikki yillik tadqiqotlari natijasi arxeologlar va tarixchilar olamida haqiqiy shov-shuv boʻldi.

 

Tutanxamon maqbarasining siri

Gap shundaki, izlanishlardan moʻmiyolardan birida transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilganligi maʼlum boʻldi. Bu oʻz navbatida oʻtmish shifokorlari organizmning immunologik hujayralari oʻzga tana toʻqimasini qabul qilmasligining qanday qilib oldini olishni juda yaxshi bilgan degani. Eng hayratlanarlisi, hozircha oʻta mukammal deb tan olingan asboblar yordamida ham zamonaviy meditsina bu kabi operatsiyalarni oʻtkazishga qodir emas. Doktor Al-Hofizning fikricha, miloddan avvalgi 1900 yillardagi Qadimiy Misr tibbiyot texnologiyasi juda yuksak darajada boʻlgan. Yuqorida sanab oʻtilgan davolash usullari va xizmatlari firʼavnlaru badavlat misrliklarga keyingi asrlarda ham koʻrsatilardi. Lekin Misr Buyuk Iskandar tomonidan zabt etilganidan soʻng ular unut boʻlgan. Garchi bizgacha misrliklarning tibbiyot sohasida qoʻlga kiritgan yutuqlari borasida birorta yozma maʼlumotlar saqlanib qolmagan boʻlsa-da, Misr shifokorlari koʻplab davrlar davomida tabobat ilmining yetakchi dargʻalari ekanligiga moʻmiyolar  guvohlik berib kelmoqda.

 

Tutanxamon maqbarasining siri
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar