Yomgʻir haqida qiziqarli maʼlumotlar va faktlar

1.Dunyoda qurbaqa yomgʻiri, ilon va hattoki qushlar yomgʻiri ham yoʻq emas. Masalan, Gondurasda joylashgan Yoro shahrida yuz yildan beri baliqlardan tashkil topgan yomgʻir yogʻib keladi. Har yili may va iyun oylari oraligʻida u yerda yashovchi aholi osmonga boqadi,chunki osmonda katta qora bulut paydo boʻladi. Shunda kuchli shamol koʻtarilib, shaharga uch soatlik yomgʻir yogʻa boshlaydi. Shundan soʻng esa “hosil”ni yigʻishga shaylansa ham boʻladi. Yer yuzasiga urilgan tirik baliqlarni koʻrib hayratga tushasiz. Baxtli Gondurasliklardan talab qilinadigan narsa esa baliqlarni yigʻib olib, ulardan mazali taom tayyorlab isteʼmol qilish boʻladi, xolos. “Yigʻim” juda yaxshi boʻlganidan Yoroda yashovchilar baliqlar bayramini tashkil qilishni ham boshlaganlar. Buning sababchisi kuchli shamol boʻlib, u Karib dengizi baliqlarini bir necha kilometr yuqoriga koʻtarib, shaxar aholisiga yogʻin-sochin bilan birga olib keladi.
2.2001 yilda bir necha oy davomida Hindistonning Kerala shtatida turli rangli, asosan, qizil yomgʻir yoqqan. Eng eʼtiborga loyigʻi shundaki, yogʻingarchilikda daraxtlar va oʻtlar quruq xolatda qoldi. U kiyimlarda huddi qonga oʻxshagan qizil dogʻ qoldirgan. Natijada, Hindiston hukumati hatto tergov ham oʻtkazdi. Rasmiy hisobotda yomgʻir suvi rangini oʻzgartiruvchi narsa suv oʻsimliklarining sporalaridan oʻzga narsa emasligi keltirilgan.

3. Tarixi mashxur apelsin yoʻmgʻiri (Neapol,1833), gullar changidan tarkib topgan sariq yomgʻir (Kabardino-Balkariya, 2009yil), vulqon chang qoʻshimchalaridan tashkil topgan qora yomgʻir (Monreal,1819).
"Sutli" yomgʻir ham bor. Asosi tebranuvchi changdan tashkil topgan bu yomgʻir tomchilarga sutning rangi kabi oq tus beradi.
4. Eng seryomgʻir shaxar unvoni London emas balki Xindistondagi Cherapunjidir. U yerda yiliga 11777 mm yogʻingarchilik kuzatiladi. Bundan tashqari ushbu shaxar oʻzida bir necha rekordlarni jamlagan, oyiga yogʻingarchilikning eng koʻp miqdori (9299 mm, 1861yil) va yillar boʻyicha koʻrsatkich (22987 mm,1860-1861).
5. Boputusvana aholisi doimiy qurgʻoqchilikda yashagani tufayli yomgʻirga deyarli “hurmat timsoli” sifatida qarashadi. Shuning uchun ular bu soʻz bilan faqat salomlashibgina qolmay, ushbu davlatning valyuta birligi hisoblanadii.
6. Braziliya janubidagi joylarda mahalliy aholi soatni yoqtirmaydilar - ular vaqtni yomgʻir orqali aniqlaydilar. Chunki u yerda yomgʻir har doim bir vaqtda yogʻishni boshlaydi. Amerikadagi Uaynbergda ham xuddi shunday holat, faqatgina shu yerda kalendarlarni isteʼfoga chiqarishi mumkin. Axir, yuz yildan ortiq vaqtdan beri har 29-iyul kunida yomgʻir yogʻadi.
7. Yomgʻir faqatgina bizning sayyoramizda yogʻadi, desak adashgan boʻlamiz. Venerada -sulfat kislota yomgʻirlari, Titan - metandan iborat. Aslini olganda yomgʻir miqdori atmosfera tarkibiga bogʻliq.
8. Portugaliyada yomgʻir ishga bormaslik uchun arzirli sabab boʻla oladi.
9. Para shahrida yashovchilar soatni yomgʻir bilan taqqoslashadi chunki u yerda har kuni bir vaqtda yomgʻir yogʻa boshlaydi.
10. Darts oʻyini yomgʻir tufayli dunyoga kelgan. Bir kuni kamonchilar musobaqa oʻtkazayotgan paytida yomgʻir yogʻib yuborgan. Ular pivoxonaga borib kaltalashtirilgan kamon oʻqlarni eshikka ota boshlaganlar. Shu tarzda darts oʻyini paydo boʻlgan.

11. Aslini olganda yomgʻirda hech qanday ifor boʻlmaydi. Bizga taraladigan va biz yomgʻir ifori deb ataydigan xid aktino va tsiano bakteriyalardan chiquvchi aromatdir. Yomgʻir xidini beruvchi modda- “geosmin” deyiladi.
12.Ugandada yashovchi aholi momaqaldiroqdan qoʻrqmaydi, chunki mamlakatda yiliga 250 marta yogʻingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi.
13. Yomgʻir ob - xavo maʼlumotlari radioda eʼlon qilinishiga sababchi boʻldi. Amerikalik radio boshlovchi yomgʻir tagida qolib ketganidan soʻng, bir kunda bir necha bora aytib oʻtiladigan ob-havo yangiliklari rubrikasini yaratdi.
14. Choʻl va qurgʻoqchilikdan iborat boʻlgan Boputusvanada odamlar "yomgʻir" degan maʼnoni anglatuvchi soʻzi bilan salomlashadilar va mamlakatdagi milliy valyuta ham "yomgʻir" deb ataladi.
15. Kubada faqat siyesta paytida , Tailandda esa - faqat tunda yomgʻir yogʻadi.
16.17-asrda Buyuk Britaniyada yomgʻir toʻgʻrisida qonuni qabul qilinga, unga koʻra, yomgʻir notoʻgʻri bashorat qilingani tufayli bir sinoptik qatl qilingan.
17.Choʻldagi odam yomgʻir yoqqan paytda butunlay quruq holatda qolishi mumkin. Aslida, sahroda ham yomgʻir yogʻadi, lekin yomgʻir haqida bilishning ham iloji yoʻq, chunki tomchilar faqat issiq havo taʼsirida bugʻlanib yerga yetib bormaydi.
18. Yomgʻir haqidagi barcha meteorologik iboralar oʻziga xos maʼnoga ega. Masalan,"qisqa muddatli yomgʻir" jumlasi yomgʻirning davomiyligi 3 soatdan oshmasligini anglatadi. "Yomgʻir kutilmoqda" jumlasi yomgʻirning davomiyligi kamida yarim kun boʻlishini bildiradi. "Jiddiy yogʻingarchiliklarsiz" jumlasi yomgʻir boʻlmaydi degani emas, yomgʻir bir metr kvadrat uchun 0,3 litrdan oshmasligini anglatadi.

19. Hindistondagi Cherrapunji shahri - dunyodagi eng yomgʻirli joy. Yil davomida bu yerda 26460 mm yomgʻir yogʻadi.
20. Normal yomgʻirning kislotaligi - pH 5.6. Agar kislotalik darajasi past boʻlsa, bunday yomgʻir kislotali yomgʻir deyiladi. Yomgʻirning rN qiymati 5,5 boʻlsa, bakteriyalar nobud boʻladi u 4,5 boʻlganida esa hashoratlar, amfibiyalar va baliqlar nobud boʻladi.
21. AQShdagi Ogayo shtati, Uaysnberg shahrida yuz yildan beri har 29 iyulda yomgʻir yogʻadi.
22. Bugungi kunda sunʼiy ravishda yomgʻirni yogʻdirish mumkin. Quruq muzning parchalarini samolyotdan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻp-toʻp bulutlar ustiga tashlanadi. Bulutda karbonat angidrid suvga burkanib, qor parchalariga oʻhshab pastga tushadi va tushayotgan paytida qizib yomgʻirga aylanadi. Shunday tarzda, qurgʻoqchilikka qarshi kurashish yoki bulutlarni tarqatib yuborish mumkin.
23. Yiliga 519 ming km³ yomgʻir yerga yogʻadi (har bir km3 - bir milliard tonna suvga teng).
24.Tahminan yuz million kishidan bittasida yomgʻirga allergiyasi boʻladi.Ularning terisi uchun suvning har qanday taʼsiri teri qizarishini, shishishini keltirib chiqaradi. Bunday odamlarning yomgʻir ostida qolib ketishi esa ularning oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin.

25. San-Fransiskoda ob-havo stansiyasi yomgʻirni, masalan, 4/6 nisbati bilan ehtimolligi haqida xabar beradi. Bunga sabab, shunchaki 10 mahalliy meteorologlar yomgʻir yogʻishi yoki yoʻqligi haqida ovoz berishadi va natija ushbu turdagi "nisbiy" shaklda tinglovchilarga eʼlon qilinadi.
26. Eng ogʻir doʻl boʻlakchalari Gopalganj shahrida osmondan 1986 yil 14 aprel kuni yoqqan. Bir doʻlning ogʻirligi 1 kg dan oshgan, bu "yomgʻirdan 92 kishi halok boʻlgan.
27. Sayyoramizning eng yomgʻirli joylari qishda suv yetishmasligini kechiradi. Yomgʻirlar mavsumidan keyin shu qadar qurgʻoqchilik bilan qish keladiki bu yerning aholisi boshqa shaharlardan suv sotib olishga majbur boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



