Sayohat

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.

1. Amir Temurning toʻliq ismi - Temur ibn Taragʻay Barlos boʻlgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.

2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi. 

3. Amir Temur shatranj (shaxmat) oʻyinining ashaddiy ishqibozi boʻlgan.

4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. Oʻsha paytlarda Temur qoʻshini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan toʻldirgan.

 5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida boʻlib oʻtgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan gʻalaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab boʻladi. Gʻalaba natijasida Kichik Osiyo ham qoʻlga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan. 

6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qoʻlga kirita olmagan Smirna qalʼasini Amir Temur 2 hafta ichida ishgʻol etgan. 

7. Buyuk imperiya asoschisi koʻplab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan. 

8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qoʻshin bilan Xitoyni ishgʻol qilish uchun yoʻlga otlangan. 

9. Temurning oʻlimi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Goʻri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.

10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.

11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.

12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.

13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni taʼsis etilgan.

14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi boʻlmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.

15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.

 

 

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

XIV    asr    oʻrtalarida     Chingizxon       egallab     olgan   yerlar    uning merosxoʻrlari  taxt, hokimiyat  uchun  oʻzaro nizolar  kuchayib  ketgan edi.  1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Moʻgʻliston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chigʻatoy avlodidan Tugʻluq Temur koʻtarildi. Tugʻluq Temur  dastlabki     davrlardanoq oʻz  yerlarini  kengaytirish  maqsadida Movarounnahr yerlariga birnecha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki oʻzaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda  tarix  maydoniga moʻgʻul  bosqinchilariga  qarshi kurashda  nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. Amir  Temur Shahrisabz  yaqinidagi  Xoʻja Ilgʻor  qishlogʻida  Barlos beklaridan Muhammad Taragʻay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 shaʼbon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Taragʻay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urugʻining boshligʻi boʻlib, Xoja ilgʻor qishlogʻidan edi. Onasi esa Takina Moh begim boʻlgan. Amir  Muhammad  Taragʻay avvalo  komil  musulmon va  bahodir  jangchi boʻlgan. U oʻz zamonasining obroʻli, eʼtiborli, ziyoli oʻziga toʻq shaxslaridan boʻlgani  uchun Temur  yoshligida  oilasida yaxshi  taʼlim  va tarbiya  koʻrgan.

 

Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos boʻlgan ermak oʻyinlardan voz kechib, sipohiylikka oid oʻyinlar bilan shugʻullandi. Temur 16-18   yoshida    qilichbozlik,     nayzabozlik   va   shikor  qilish sanʼatini  mohirona   egallaydi  va  20   yoshida  esa   abjir   chavandoz boʻlib yetishadi.  Endi  u  oʻz  tengqurlarini guruhlarga  boʻlib,  jang mashqlarini  oʻtkaza boshlaydi. Amir  Temurning  amakisi hoji  Barlos  Kesh shahrining  hokimi  edi. Temur yoshligidanoq harbiy  mahoratga ega shaxs  boʻlib, u oʻz atrofiga  barlos urugʻidan  chiqqan yosh  jangchilarni  toʻplagan edi.  1360-1361  yillarda Tugʻluq Temur  hech  qanday qarshiliksiz  Movarounnahr  yerlariga bostirib  kirganida Hoji  Barlos Xurosonga  qochadi.  Vatanparvarlik milliy    gʻurur  va  iftixor hissiyoti  kuchli  boʻlgan  yosh   Temur   esa  amakisi   hokimlik  qilib  turgan yerlarini dushman qoʻliga bermaslik uchun Tugʻluq Temur xizmatiga kiradi va tez  orada  uning ishonchini  oqlab,  Kesh viloyati  yerlariga  hokimlik qilish uchun yorliq oladi. 

Amir Temurning  bu  ishi Movarounnahrda  siyosiy  tarqoqlik oʻzaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-birtoʻgʻri yoʻl edi. Chunki   Movarounnahr   amirlarining   Tugʻluq   Temurga  qarshi   bosh   koʻtarib chiqishi  mugʻul  bosqinchilarining  Movarounnahr   yerlarini   yana  bir   bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. Tugʻluq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz oʻgʻli Ilyosxoʻjaga  topshiradi.  Lekin Temur  Ilyosxoʻjaga  xizmat qilishdan  bosh tortib, oʻsha vaqtda Balx hokimi boʻlib turgan Amir Qozogʻonning nabirasi Amir Husayn  bilan ittifoq  tuzadi.  Temur oʻz  hokimiyatini  mustahkamlash maqsadida moʻgʻullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun boʻlgan janglarning birida, aniqrogʻi Seyistonda turkmanlarga qarshi boʻlgan janglarda oʻng qoʻli va oʻng oyogʻidan yaralanib bir umrga oqsoq boʻlib qoladi.

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

1363 yilda Tugʻluq Temurning vafoti Movarounnahr uchun boʻlgan kurashlarni kuchaytirib  yuboradi. Lekin    moʻgʻul   bosqinchilari  osonlikcha  Movarounnahr yerlarini  bermasliklari maʼlum  edi.  Shu munosabat  bilan  Amir Temur  va Tugʻluq  Temur vafotidan  soʻng  Movarounnahrdan  haydalgan Amir  Husaynning birlashgan  qoʻshinlari 1365  yilda  Ilyosxoʻja qoʻshinlariga  qarshi  ittifoqlikda kurash  boshlaydilar. Toshkent  va  Chinoz oraligʻida  boʻlgan  mashhur «loy  jangi» ittifoqchilar  oʻrtasidagi kelishmovchilik  tufayli  magʻlubiyat bilan  tugaydi. 

 

Ushbu voqealardan  soʻng  Amir Husayn  va  Amir Temur  oʻrtasida  dastlabki  ixtilof   boshlanadi.      «Loy   jangi»da     gʻalabaga    erishgan  Ilyosxoʻja  uchun  Movarounnahrga keng yoʻl ochilgan edi.

 

       U  katta qoʻshinlar  bilan  Samarqandga yurish  boshlaydi.  Bu paytda  Samarqanddagi  Mavlonzoda va  Abu  Bakr boshliq  sarbadorlar  Ilyosxoʻjaga qarshi  chiqadilar.     Mahalliy  aholining  vatanparvarlik       namunalarini  koʻrsatib qarshilik  qilganliklari  tufayli Samarqandni  bir  oz qamal  qilib  turgan moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur boʻladilar.

      Movarounnahrda moʻgʻullar ustidan qozonilgan gʻalaba haqida xabar eshitgach,  Amir  Temur va  Amir  Husayn Movarounnahrga  yoʻl  olib Samarqand  yaqinidagi  Konigil  degan   joyda   sarbadorlarning   rahbarlari  bilan   uchrashadilar.   Bu uchrashuvda oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yoʻli bilan  oʻldiriladi.  Movarounnahrda  Samarqand taxtini  Amir  Husayn egallab,  uning  hukmronligi tiklanadi.  Shu  vaqtdan boshlab  Amir  Husayn va  Amir Temur oʻrtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.

 

       Bu  vaqtga kelib  butun  Movarounnahr yerlarida  oʻzaro  urushlardan soʻng  ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol  ogʻirlashib   ketgan   edi.  Mana   shunday   bir  vaqtda,  mamlakatda  oʻzaro urushlarga  barham  beradigan markazlashgan  davlat  tizimini barpo  etish  nihoyatda zarur  edi.  Buni birinchi  boʻlib  anglagan Amir  Temur   Amir Husaynga  qarshi  zimdan kurash  olib  borib 1370  yilda  Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq boʻladi.

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Vatan  haqida   qaygʻurish,   Vatan  mustaqilligini   tiklash   haqidagi fikrlar  shu  yillar yuzaga  chiqib,  Amir Temur  Balx  shahrida chaqirilgan  qurultoyda Movarounnahrning amiri deb eʼlon qilinadi. Biroq  mamlakatda ahvol  ogʻir  edi. Movarounnahr  hududi  hali moʻgʻul  istilochilaridan   batamom    xalos   boʻlmagan,  qashshoqlikka       mahkum     etilgan mehnatkash  xalq  ogʻir kunlarni  boshidan  kechirmoqda edi.    Amir  Temur taxtga  oʻtirgach,  birinchi harakatni  mamlakatni  moʻgʻul istilochilaridan  ozod  qilib, mustaqil  markazlashgan  davlatni   barpo  qilishga    qaratdi.  Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi. 1370  yildayoq Amir  Temur  Samarqand shahar  devorini  qurdirishga 

kirishadi. Shuningdek, qoʻrgʻon va saroylar binoqildiradi. Bu qurilishlar  moʻgʻullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.

Amir  Temur   Oʻrta   Osiyoda  markazlashgan   davlat   tashkil  qilishda, maʼrifat ishlarini rivojlantirishda katta rol oʻynadi.

      Temur     oʻz   tasarrufida      markazlashgan        davlatni     yuzaga   keltirish  maqsadida Kesh shahridan Samarqandga koʻchib oʻtib, uni Movarounnahrning  poytaxtiga aylantiradi.  Sohibqiron  aniq, muloxazalari    bilan    xalqni zulmdan  ozod qilish  va  uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron boʻlgan yerda markazlashgan   davlat  tuzish   mushkulligini   sezganligi  sababli   dastlab mamlakatni  tashqi xavfdan  saqlash  maqsadida asosini  barlos  urugʻlari tashkil  etgan yengilmas  va  jangovor milliy  qoʻshin  toʻzadi, ularga  katta imtiyozlar beradi.

      Temur  davlat boshqaruvida,  ichki va  tashqi  siyosatda asosan  oʻz  qoʻshinlariga suyanganligi  sababli harbiy  islohotga,  yaʼni qoʻshin  boshliqlarini  tanlash, lashkar  qismlar, ularning  joylashishi,  askarlarning qurollanishi  va  harbiy intizom  masalalariga keng  eʼtibor  bergan. U  qoʻshinlarini  oʻnlik, yuzlik, minglik kabi  askariy  birikmalarga boʻlgan.  Uning  uchun har  bir  askar jang qilish  uslublarini  yaxshi bilishi  farz  hisoblagan. Amir  Temur  lashkarlarga ham katta  eʼtibor berib,  ular  nizomni qatʼiy  bajarishi,  jangda ayovsiz  va  dovyurak boʻlishi,  dushmanga  yumshoq muomalali  va  adolatli boʻlishi  lozim  deb hisoblardi.   Ibn   Arabshohning   yozishicha,  Temur   askarlari   ichida  taqvodor, saxovatli, xudojoʻy  kishilar  koʻp boʻlgan.  Ular  bechoralarga xayru  ehson koʻrsatish, boshgaogʻir kunlar tushganda yordam qoʻlini choʻzish, asirlarga yumshoq muomalada  boʻlish va  ularni  ozod etishga  odatlanganlar.  Amir Temur  doim  jangda jasorat  koʻrsatgan  amirlar va  askarlarga  alohida eʼtibor  bilan  qaradi.  

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Natijada Sohibqiron  uyushqoqlik  hukm surgan  yuz  minglik qoʻshinlari  ichida  intizomni  mustahkamlash   bilan  oʻz  davlatining   poydevori   boʻlgan  qoʻshin  tuzishga muvaffaq boʻldi.

Temur Movarounnahr  taxtini  egallagan vaqtdan  boshlab,  oʻz davlati  chegaralarini   mumkin  qadar   kengaytirishga   kirishadi.  Shu   maqsadda   u Amudaryo va  Sirdaryo  oraligʻidagi yerlarni  oʻz  tasarrufiga oladi.  Xorazmga  besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda unibutunlay boʻysundiradi, bu yerda hukmronlik  qilayotgan  sufiylar sulolasini  tugatadi.  Temur oʻzining   uch  yillik   (1386-1388),   besh   yillik   (1392-1398),   yetti   yillik   (1399-1405) yurishlari davomida  Ozarbayjonda  jaloyirlar, Sabzavorda  sarbadorlar  davlatini, Hirotda  kurdlar  davlatini tugatib,  Eron  va Xurosonni  oʻz  tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda OltinOʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi yurish  qilib,  uning koʻp  sonli  qoʻshinini magʻlubiyatga  uchratadi  va Oltin  Oʻrda hududini egallaydi.Temurning bu gʻalabasi Oltin Oʻrdaga juda katta zarba  berish  bilan birga  Temur  qoʻshinlarining  Volga daryosi  boʻylarida  bemalol yurishlariga ham keng yoʻl ochdi. Taʼkidlash joizki, Temurning bu gʻalabalari tarix sahnasida ulkan ahamiyat kasb etdi.

      AmirTemur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda  Suriyaga qilgan  yurishida  gʻalaba va  Bayrut  shaharlarini, 1401  yilda  Damashq shahrini egallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi  yurishida  uni   magʻlubiyatga   uchratdi.  Bu   gʻalaba   bilan  Temur   Yevropaning  usmoniylar asoratiga tushishini bir necha oʻnyillar orqaga surib yubordi.

       Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun harbiy  taraddud   koʻradi.   Shubhasiz,  Temur   bu   yurish  uchun   oʻzoq   yillar tayyorlanib,   jang  uchun   kerakli   boʻlgan  maʼlumotlarni   yillar   davomida toʻplagan  edi. 1404  yilda  Temur 200  minglik  qoʻshin bilan  Xitoy  safariga otlandi.  Ammo  Temurning qattiq  betobligi  tufayli uning  qoʻshinlari  1405 yilning   yanvar   oyida  Xitoyga   yaqin   boʻlgan  chegara   shahar   Oʻtror  shahrida  toʻxtaydilar  va shu  yerda  1405 yilning  18  fevralida buyuk  sohibqiron  Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin oʻgʻillariga shunday vasiyat qiladi:

 

      “Oʻgʻillarim!   Millatning   ulugʻ  martabasini,   saodatini   saqlamoq  uchun   sizlarga  qoldirayotgan vasiyat  va  tuzuklarni yaxshi  oʻqing,  aslo unutmang  va  tadbiq eting.  Millatning  dardiga darmon boʻlmoq  vazifangizdir.  Zaiflarni koʻring, yoʻqsillarni boylar zulmiga tashlamang.  Adolat va Ozodlik  dasturingiz, rahbaringiz  boʻlsun.  Faqat vasiyatimda  sizga  idora shaklini,  uning  ilkularini koʻrsatdim.  Bularga  sodiq qolsangiz  tosh  boshingizga tushmas...”

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

       Saroy  Mulk  xonim Chigʻatoy  ulusiga  mansub boʻlgan  moʻgʻul  xonlaridan Qozonxonning qizi boʻlib, 1341 yilda tugʻilgan edi. Saroy Mulk xonim balogʻatga  yetgach, 1355 yilda  amir Husayn oʻz nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl  qilingach, Amir  Temur  nikohiga kiradi.  Zotan,  sohibqiron Amir  Temur  mazkur Saroy Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf boʻladi. Kuragoniborasi  moʻgʻulcha  soʻz boʻlib,  “kuyov”  degan maʼnoni  ifodalar  edi. Saroy  Mulk  xonim xon  avlodiga mansub boʻlgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, “katta  xonim” (Bibixonim)  degan  unvonga ega  boʻldi .  Saroy Mulk  xonim  oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi boʻlgan. 

Shuningdek, husn-latofat  bobida  ham benazir  boʻlgan.  Amir Temur  oʻzining  ulugʻ bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqanddamashhur

Bibixonim  masjidini   qurdirgan   edi.  Sohibqiron   Amir   Temur  Saroy   Mulk  xonimdan farzand koʻrmagan.

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

 

       Amir Temurning xaramlaridan yana biri Choʻlpon Mulk Ogʻo begim boʻlib,  Hojibek  moʻgʻillarining        qizi    edi.  U   nihoyat  darajada goʻzal  edi.  U  sohibqironning  1391 va  1394  yillardagi harbiy  yurishlarida  birga yurgan. Ibn Arabshoxning taʼkidlashicha, goʻyo  vafosizlik qilgani  uchun Temur  uni oʻzi boʻgʻib  oʻldirgan deydi. 

       Temur xaramlaridan yaʼna biri Dilshod Ogʻo begim boʻlib, Sulton Uvays Shayx  Hasan Jazoyiring  qizi  edi. U  776/1374  yilda Amir  Temur  nikohiga kiradi  va 785/1383  yilda  kasal boʻlib  oʻladi.  Undan farzand  bor  yoʻqligi noʻmalum. 

      Sohibqironing  suyukli  xotinlaridan  biri  -  Tuman Ogʻo begimdir. 

TumanOgo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir. Xonimga jiyan oʻrnidadir.  Tuman  Ogʻo 1366  yilda  tugʻilib, 1378  yilda  12 yoshida  Amir Temurga  nikoh      qilingan.   U  xusnda   tengi   yoʻq  boʻlgan.   Uning   sharifaga Samarqandda  maxsus  Bogʻi bihishitni  barpo  ettirgan. Temur  vafotidan  keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx Nuriddin bilan boʻlgan jangda yengilib, Tuman Ogʻo  begimni  xotinlikka berishga  majbur  boʻladi. Shayx  Nuriddin  vafot etgach  uni Xirotga olib keladilar. 

       AmirTemurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xoʻjaning qizi edi.  800/1397 yilda  sohibqiron  Amir Temur  Konigulda  katta toʻy  oʻtkazib,  Tukal xonimni oʻz nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi boʻlganitufayli)  Saroy  Mulk xonimdan keyingi oʻrinda  turgan,  yaʼni "kichik xonim" deb atalgan.  1397  yilda sohibqiron  Tukal  xonim sharafiga  Samarqandda  "Bogʻi dilkusho"ni  barpo ettiradi. 

       Ibn  arabshohning yozishicha,  1408  yilda Xalil  Sulton  Mirzoning xotini Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab oʻldirgan. Sohibqironingkeyingi paytlarda olgan xotini Ruh Parvar Ogʻo boʻlib, Amir  Temurning xoz  kanizlaridan  edi. Rux, Parvar  Ogʻo ham  yosh  va goʻzal  ayol  boʻlgan. Uning sohibqirondan farzandi boʻlmagan.

      Amir  Temur  vafotidan soʻng  Ruh,  Parvar Ogʻoni  Amir  Hamza Sulduz xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh ParvarOgʻoni amir  Ali Tarxon oʻz nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Ogʻoni amir Hasan Soʻfi oʻz haramiga olgan. Ruh, Parvar Ogʻo 1423 vafot etgan .

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Oʻgi  Begi  Xonim Amir  Temurning  katta qizidir.  Oʻgi  Begi Xonimning  onasi Turshush Ogʻadir. Shuningdek, Oʻgi Begi Xonimning qaysi yilda tugʻilgani  haqida aniq maʼlumot yoʻq. 

       1382yilda Oʻgi Begi Xonim toʻsatdan ogʻir bedova kasalga uchraydi shu  yil oxirida vafot etadi. 

      Sulton  Baxt  begim Amir Temurning  ikkinchi  qizidir. Sulton  Baxt  begimning onasi sohibqironning ikkinchi xotini Oʻljaoy Turkon Ogʻo begim edi. 

U 1366 yildayoq vafot etganligi maʼlum. Sulton Baxtbegimning tugʻilgan yilini  1360-1366yillar orligʻi deb taxmin qilish mumkin.

Muhammad Jahongir Mirzo Amir Temurning katta oʻgʻli boʻlib 1356 yil  tugʻilgan, uning onasiTurmish Ogʻodir. 1373 yil  yilda  Jahongir Mirzo  Xorazm  shohi Husayn  Soʻfining  qizi Sevinch bekani oʻz nikohiga oladi. 

   1374 yilJahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Ogʻoga uylanadi.  Undan tugʻilgan oʻgʻilga Pir Muhammad Mirzodeb ism qoʻyishadi. Ammo u 1376 yil  20yoshida kasal boʻlib oʻladi. 

       Muhammad Sulton Mirzo Jahongir Mirzoning katta oʻgʻli. U 1376 yil  Yusuf Soʻfining qizi Xonzodaga uylanadi. AmirTemur taxt vorisi deb bilgan uni. 1399  yil  Temur jangga  ketayotib Samarqand  taxtini Muhammad  Sulton Mirzo  ishonib topshirib ketadi. Muhammad SultonMirzo bilan amakivachchasi Iskandar Mirzo bilan oʻrtasida kelishmovchilik tufayli amakivachchasini qatl qildiradi. 

      1402   yilda   Boyazid  Yildirimga   yurishda   Temur  farmoniga   muvofiq  ishtirok etadi  va  qishda qattiq  kasal  boʻlib oʻladi  va  uning jasadi  Oqsharga  joʻnatiladi. 

       Pir Muhammad Mirzo Jahongir Mirzoning 2 oʻgʻli boʻlib Baxt Mulk Ogʻoning  oʻgʻlidir.1392  yilda bobosi  Temur  Gʻazna, Qobul,  Zobiliston,  Qandaxar joylarini topshiradi. U Temurning Hindiston yurishida Qoʻsh qanot boʻlgan.

       Bobosi vafotidan keyin Samarqand uchun voris edi, ammo Xalil Sulton  taxtni egallab boʻlgan  edi.  UShoxruh Mirzo  bilan bitm  toʻzib Xalil  Sultonga qarshi  kurash uchun  bitim  toʻzadi. 1406  yilda  2 oʻrtada  jang  boʻladi va  Xalil  Sulton gʻolib  boʻladi.  1407 yilda  Pir  Muhammad Mizoning  vaziri  amir Pir  Ali Toz tomonidan boʻgʻib oʻldiriladi. 

      Pir  Muhammad Mirzodan  7  oʻgʻil qoladi.  Qaydu  Mirzo, Boʻzanjir  Mirzo, Holid  Mirzo, Saʼd  Vaqqos  Mirzo, Qaysar  Mirzo,  Jahongir Mirzo,  Sanjar  Mirzo.

      Muhammad Jahongir Mirzo Sulton Mirzoning katta oʻgʻlidir. Muhammad  Jahongir Mirzoning nabirasi va u 1396 yilda tugʻilgan. 1409   yil   Xalil  Sulton   taxtdan   tushurilgach   taxt  Ulugʻbek   Mirzoga beriladi vaunga Hisor hokimligi beriladi. 

      Uumrining oxirigacha Hisorda hukumronlik qiladi va 1433 yil 38 yoshida  vafot  etadi.  Uning    Muhammad  Sulton   Mirzo    va Xalil   Sulton  ismli oʻgʻillari qoladi. 

     Muhammad  Sulton  Mirzo 1423  yil  tugʻilgan. U  otasidan  qolgan Hisori Shonmonda hayot kechiradi va 1448 yil vafot etadi. Undan farzand bor yoʻqligi  nomaʼlum.

       SaʼdVaqqos Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 2 oʻgʻli. Amir Temurning  katta oʻgʻli Muhammad Jahongirning nabirasidir. U 803/1400 yilda tugʻilgan. U biron viloyatda hukmdor boʻlmagan. 

     Yaxyo   Mirzo   Muhammad    Sulton    Mirzoning    3 oʻgʻli.  U   haqida  aniq maʼlumotlar yoʻq. U 1408 yilda 10 yoki 8 yoshida vafot etgan.

      Xalil Sulton Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoning 2 oʻgʻlidir. Halil  Sulton Mirzo ham akasi kabi Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1459 yilda vafot  etadi. Halil Sulton Mirzodan bir oʻgʻil bir qiz qoladi.

      Muhammad Umar Mirzo Xalil Sulton Mirzoning oʻgʻli boʻlib 1442 yilda  tugʻilgan va Sulton Boyqaro huzurida mulozamatda boʻlgan.

      U bir necha bor Boyqaroga isyon koʻtaradi va bunda Boyqaro isyonni bartaraf etadi. U1471 yil Faroh, qoʻrgʻonini musodara qiladi va Muzaffar boshchiligida  qoʻshin joʻnatadi va u ajal sharobini ichib vafot etadi. 

      Qaydu  Mirzo  Pir Muhammad  Mirzo  Qobuliyning toʻngʻich  oʻgʻli  boʻlib, Temurning  oʻgʻli Jahongir  Mirzoning  nabirasidir. U  1396  yilda tugʻilgan. 

Afgʻoniston yerlarini  suyilgor  tarzida boshqardi  hamda  otasiga mulozim xizmat  qilgan.  Unga nisbatan  bir  necha amirlar  isyon  koʻtaradi. Maqsad  ukasi  Sanjar Mirzoni koʻtarish edi. Shu asnoda uoʻz yerlarini mustahkamlab oldi va u yerlariga    mustaqil    ravishda     hukmronlik     qilish    orzusi    tushdi.    Elchilik mulozamatlarida Shoxruh Mirzo bilan gapi qochadi va Qaydu Mirzoni ushlab 1417 yilda Xirotda barcha gunohlaridan kechadi va qoldiradi. 1418 yil Qandaxorga  qochadi. Shoxruh Mirzo oʻgʻli bilan sipoxlarni joʻnatadi va uni ushlab kelishadi. Shoxruh Mirzo uni Ixtiyoriddin qalʼasida tashlaydi vashu yerda vafot etadi.

       Holid Mirzo  Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 2oʻgʻli boʻlib 1399 yil  tugʻilgan. U hamShoxruh Mirzo mulozimatida boʻlgan. U 1427 yilda kasal boʻlib oʻlgan. 

       Qaysar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 4 chi oʻgʻli boʻlgan. 1401 yilda  tugʻilgan. U  hech  qayerda hukmronlik  qilmagan.  U ham  Shoxruh  Mirzo huzurida ishlagan. 1424 yilda vafot etgan.

       Boʻzanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 5-oʻgʻli boʻlib, 1402yilda  tugʻilgan.  U  hech  qayerda hukmronlik  qilmagan.  U ham  Shoxruh  Mirzo huzurida ishlagan. 1422 yilda vafot etgan.

       Jahongir Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 6-oʻgʻli boʻlib, 1402  yilda tugʻilgan.  U  ham hech  qayerda  hukmronlik qilmagan.  U  ham Shoxruh  Mirzo  huzurida ishlagan. 1433 yilda vafot etgan.

       Sanjar  Mirzo  Pir Muhammad  Mirzo  Qobuliyning 7-oʻgʻli  boʻlib,  1403 yilda tugʻilgan.  U  akasi    Qaydu    Mirzo   saroyida    mulozamatda    boʻlgan. U  isyoni   kechirilib,  Shoxruh   Mirzo   oʻz  huzurida   olib   qoladi.  U   umrining  oxirigacha xoqon mulozamatida boʻlib, 1429yilda Xirotda vafot etadi.

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

   Umar  Shayx Mirzo  Amir  Temurning 2-oʻgʻli  boʻlib  1356 yilda  tugʻilgan. Umar ShayxMirzoning onasi Toʻlin Ogʻodir. Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak boʻlib, mohir chavandoz va  tolmas jangchi  boʻlgan.  Shu bois  boʻlsa  kerak, uning  jangovarlik  faoliyati haqida koʻpgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan. 

       1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi olib   borgan  jangida   15   yoshli  Umar   Shayx   Mirzo   alohida   jangovarliknamunasini koʻrsatgan. Shuningdek, u Fargʻonada   moʻgʻullarga   qarshi  koʻpgina  janglarda  ishtirok etadi.  U  oʻzining mardligi  bilan  sohibqiron qoʻshinida  ustuvor sarkarda boʻlgan.

      Umar  Shayx Mirzo  Sirjon  qalʼasini muhosara  qilish  ishini amir  Idigu  barlosga topshirib, oʻzi Sherozga keladi. Sherozda  ishonchli kishilardan amir Sanjaq  huzuriga  kelib, uni  fors  mamlakatlarini  zabt qilish  ishiga  mutassadi qilib,  soʻngra  otasi sohibqironning  huzuriga  joʻnaydi. Umar  Shayx  Mirzo Kurdistondan oʻtib borayotganda, yoʻlchekkasidagi Harmotu qalʼasiga koʻzi tushadi. Qalʼani yaqinroqdan tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qalʼa tomon nazar tashlaydi. Shu payt qalʼa ichidan otilgannogahoniy  oʻq Mirzoning qulogʻi tagidagikoʻk tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu zahoti jon beradi. 

       Umar  Shayx Mirzo  jasadini  avval Sherozga  muvaqqad  dafn qiladilar. Keyinchalik  marhum  Umar Shayx  Mirzoning  xotinlari Sevinch  Qutlugʻ Ogʻo begim, Beka Mulk Ogʻo begim va Mulkat Ogʻo begimlar hamda hali voyaga yetmagan (sagʻir)  oʻgʻli  Iskandar Mirzolar  jasadni  Sherozdan Keshga  (Shahrisabz) olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar. 

     Marhum  Umar  Shayx Mirzodan  olti  oʻgʻil qoladi.  Ularning  kattasi Pir Muhammad  Mirzo  16  yoshda  edi.   Undan  keyingilari  Rustam Mirzo,  Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi.  Amir Temur Fors    mamlakatining    hukmdorligini     16  yoshli    Pir   Muhammad    Mirzoga  topshiradi.

       Pir Muhamad Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta oʻgʻli boʻlib, 1379 yilda tugʻilgan.  Otasi  vafotidan soʻng  fors  xukmronligi unga  topshiriladi.  Sherozga xukmronlik qila boshlaydi.

 

      1400   yilda   Amir  Temur  Pir   Muhamad  Mirzoni harbiy   yurishlariga chaqiradi. Pir Muhamad Mirzooʻzini kasallika solib bormaganligi sababli uni hokimlik  vazifasidan chetlashtiradi.  Faqat  1403 yilda  Pir Muhamad  Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. UkasiIskandar Mirzo bilan Umar Mirzo qarshi urush olib boradilar va sulx asosida qutulib qoladilar. 

       PirMuhamad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi.  1409 yilda Pir Muhamad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi.

       PirMuhamad Mirzo Sheroziyni Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi.  Ana  shu  koʻrnamak amir  Xoja  Xusayn bir  necha  yomon odamlar  bilan  til biriktirib,   qorongʻu   tunda  odil   podshohzodaning   chodiriga  kirib,  uni  qatl qildiradi.  Pir  Muhamad Mirzo  31  yoshida halok  boʻladi.  Undan 2  oʻgʻil  qoladi:

Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih Mirzolardir.

 

       Umar Shayx Mirzo 1398 yilda tugʻilgan edi. 

       1408yilda Pir Muhamad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar  Shayx Mirzoga inʼom qiladi. Umar Shayx Mirzo1429 yilda  31 yoshida Xurosonda vafot etgan.

 

       SolihMirzo 1406 yilda tugʻilgan. U otasi oʻlimidan soʻng Shoxruh Mirzo  saroyida  xizmat   qilgan.   U  Alouddavla   Mirzo   hamda  Abdulatif   Mirzo  oʻrtasida jangda  Chechektudagi  harbiy qoʻshinga  bosh  edi. Abdulatif  Chechekni  magʻlubiyatga uchratgach u Xirotga qochadi va1452 yilda 46 yoshida vafot etadi.

 

       RustamMirzo Umar Shayx Mirzoning 2 oʻgʻlidir. U 1381 yilda tugʻilgan.  1403 yilda  Temur  unga Isfaxon  hukmronligini  beradi. Abubakr  Mirzoga qarshi kurashdaqoʻshinlari qattiq shikastlanadi.

       U oʻzbeklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni koʻzini koʻr qilib  qalʼada saqlar  edi,  ammo u  uning  bir koʻzi  koʻrishi  tufayli qochib  Sheroz  qalʼasiga qochadi. Pir Muhammad uni oʻz himoyasigaoladi. Bundan xafa boʻladi va  ukasi  Iskandar bilan  Pir  Muhammadga qarshi  qoʻshin  tortadi. 1410  yilda  aka- ukalar oʻrtasida  muzokara  chiqib jangda  magʻlub  boʻladi va  Qaro  Yusuf turkman  xuzuriga panoh izlabketadi. 1412  yilda  Rustam Mirzo  Qaro  Yusuf huzuridan  qaytib  Tabriz orqali 

Isfaxonga keladi. Uning  amiri Xoja  Ahmad  kutib oladi. Rustam  Mirzo Xoja Ahmadnioʻldirtiradi. Shu  voqeadan  soʻng isfaxonliklarning  Rustam Mirzodan  ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda IskandarMirzo Isfaxonga qoʻshin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni bilgach Xuroson tomonga ketadi. 1412 yilShoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni  tutib Shohruh  Mirzo  huzuriga keltiradilar.  Ukasiga  tegishli yerlar  Rustam  Mirzoga oʻtadi  hamda  ukasi unga  topgshiriladi.  Rustam Mirzo  uni  koʻziga mil  torttirib koʻr qiladi.  

       1415  yilda  Boyqaro Mirzoning  qoʻshiniga  bas kela  olmasligini  bilib ukasini  qatl  qildiradi. Boyqaro  Mirzo  qarshilik befoyda  ekanligini  bilib Shoxruh Mirzoga bosh egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga oʻtadi.1424 yil vafot etadi. Undan 2 oʻgʻil qoladi Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo.                                              .

    IskandarMirzo Umar Shayx Mirzoning 3 oʻgʻlidir. U 1384 yilda tugʻilgan.  Onasi Mulkat Ogʻo begim edi.  1403 yilda Amir Temur Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatiga hokim qilib tayinlagan edi. 

 

        1407yilda Pir Muhammad ukasini Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va  Yazd viloyatidagi  barcha  xazinalarni Sherozga  keltiradi.  Iskandar Mirzoni  qoʻloyogʻini  bogʻlab, Hirot  dorissaltanasiga  yuboradi. Biroq,  u  yoʻlda qochdi  va  Rustam Mirzo bilan birlashdi. 1409 yilda ularni ikkalasini ham Pir Muhammad  magʻlubiyatga uchratadi. U Xuroson sari qochadi.

     Keyinchalik Andxoʻy atrofiga keladi va u yerning hokimi Sayyid Ahmad uniAndxoʻydagi ekanligini Shoxruh Mirzoga maktub orqali bildiradi. 1410 yilda  akasi Pir Muhammad yoniga qaytadi va akasioʻldirilgandan keyin uning oʻrniga taxtga oʻtirdi.  1411 yilda uKermon viloyatiga karab yoʻl oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412 yildaesa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yoʻl oladi va   shu asnoda magʻlubiyatga uchrab poytaxtni Isfanxonga koʻchiradi.

    Iskandar Mirzoning  Pir  Ali Mirzo  degan  oʻgʻli boʻlgan.  U  1400 yilda tugʻilib, otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan oʻtadi. 

       Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 oʻgʻlidir. U 1388 yilda tugʻilgan. U 1404  yilda Temurning  Xitoyga  yurishida oʻng  qoʻli  boʻlgan. Temur  vafotidan keyin   u  Shohruh   Mirzo   xizmatida  boʻldi. 1409 yilda   Hisor   viloyatini boʻysuntirish  uchun  joʻnatadi. Shu  yildan  eʼtiboran Fargʻona  hukmronligini  oladi.  Urushlardan   soʻng   u  1416   yil   Hirotga  qaytib   keladi.   Uni  qamalda  ushlaydilar. U Kaʼbatulla ziyoratiga yoʻl oladi va qaytib kelmaydi, 1425 yilda oʻsha yerda vafot etadi. 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5oʻgʻlidir. U 1391  yilda  tugʻilgan. Otasi  vafotidan  soʻng Shoxruh,  Mirzo  mulozamatida boʻlgan. Unga  Shibirgʻon  viloyatini suyurgʻol  qilib  bergan. U  1429  yilda vafot  etadi.  Uning Ahmad Mirzo va Usmon Mirzo degan oʻgʻli boʻlgan.

       BoyqaroMirzo Umar Shayx Mirzoning 6 oʻgʻlidir. U 1393 yilda tugʻilgan.  Uning onasi Mulkat ogʻo begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi.  Amir Temur vafotidan soʻng u  Shoxruh Mirzo huzurida mulozamatda boʻladi.

      1414  yilda  Shoxruh Mirzo  Hamadon hukumatini,  Vuruja va  Nehovand  qalʼalari hamda  butun  Luristonni suyurgʻol  qilib  beradi. U  1415  yilda Sherozga  yuradi.  Uni amirlar  hamda  qozilar kutib  oladi  va darvozani  ochib  beradilar. 

       1423 yil uni Samarqandga Ulugʻbek huzuriga joʻnatadilar va Ulugʻbek Mirzo farmoniga  koʻra uni  qatl  qiladilar. Undan  3  oʻgʻil qoladi  -  Muzaffar Mirzo,  Muhammad Mirzo, Gʻiyosinddin Mansur Mirzolardir.

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Mironshoh Mirzo  Amir Temurning  3 oʻgʻli  boʻlib,  1366 yil  tugʻilgan.  U Temurning  Xurosonga  yurishlarida 14  yoshidanoq  ishtirok etgan.  Xarbiy  kuchni yaxshi   egallagan.   1393  yil   Temur   Shimoliy  Eron,   Iroq   va  Zakavkaziyani  Mironshoxga topshiradi.

      Abubakr Mirzo  1382 yil Mironshohning moʻgʻul xotinidan tugʻilgan. Temur  uni otasini  oʻrniga taxtga  oʻtqazganda unga tegishli yerlar koʻpayadi.  Ukasi unga  nisbatan dushmanlik  ruhida qaraydi  va akasini  1405  yilda Umar  Mirzo  tomonidan qalʼaga qamatadi va tegishli boylikva xaramlarini oladi.

     Keyinchalik  Sultoniyani  qoʻlga kiritgach  Umar  Mirzoga tegishli  beklar  tomonga oʻtadi. 1408 yilda Qora Yusuf bilanboʻlgan jangda yengiladi.

      Umar Mirzo Mironshoh Mirzoning 2 oʻgʻlidir. U 1383 yilda tugʻilgan.  Xurosonda Shoxruh Mirzo mulozamatida boʻladi.1407 yilda vafot etadi.  Xalil  Sulton Mirzo  Mironshoh  Mirzoning 3  oʻgʻlidir.  U 1384  yilda  tugʻilgan. U  yoshligidan  Saroy Mulk  Xonimni  tarbiyasida boʻlgan.  U  juda shijoatli  boʻlgan,  bobosining Hindistonga  yurishida 15  yoshidan ishtirok  etgan. U Temurning1399-1404yilgi 7 yillik urushlarida faol qatnashadi va 1402 yilda  Turkiston chegaralarini qoʻmondonligini  topshirgan  edi. 1405 yilda Temur vafot etgach u oʻzqoʻshinlari bilan Samaqand taxtini egallaydi. U 1411 yil vafot etadi. Undan bir oʻgʻil qoladi. 

      Iyjal Mirzo Mironshoh Mirzoning 4 oʻgʻlidir. U 1387 yilda tugʻilgan.  1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.

     Suyurgʻatmish  Mirzo  Mironshoh Mirzoning  5  oʻgʻlidir. U 1399  yilda tugʻilgan. U biron viloyatga hukmronlik qilmasdan 1411yil vafot etgan. 

     Sulton  Muhammad  Mirzo Mironshox,  Mirzoning  6 oʻgʻlidir.  Uni  qachon tugʻilib   va   qachon  vafot   etgani  nomaʼlum.  U  haqida  faqatgina  Bobur  Mirzoning   mashhur “Boburnoma” asarida toʻxtaladi. Lekin Shohruh Mirzo  hayotlik    davrida   tuzilgan  "Nasabnoma"da    Mironshoh Mirzoning Sulton  Muhammad  Mirzo nomli oʻgʻli  boʻlganligi  haqida hech  qanday  maʼlumot yoʻq. Unga  koʻra undan bir oʻgʻil qolganligi aytib oʻtiladi.  

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun

Shohrux Mirzo Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli boʻlibu 1377 yil tugʻilgan.  Uning  onasi Tagʻoy  Turkon  Ogʻodir. U  yoshligidan Saroy Mulk Xonim tarbiyasida  boʻlgan. U  20  yoshida otasining  Falastin  yurishida qatnashadi.  1397 yilda unga Xuroson, Seyston va Mozandaron hokimligi topshiriladi.

   U  yoshligidan shariatga  qattiq rioya  qilgan. Shuning  uchun Temur uni  valiaxd qilishni xush koʻrmagan edi. Temur vafotidan keyin taxtga davogar boʻladi va Pir Muhammad bilan sulh tuzib Xalil Sultonga yurish qilgan edi. Pir Muhammad  vafotidan soʻng oʻzi kurasha boshlaydi. 1409 yilga kelib Samarqandni oladi va  oʻgʻillariga  hududlarni boʻlib  berib,  oʻzi Hirotga  qaytadi.  Uning davrida  mamlakat bir muncha gullaydi va poytaxtni Hirotga koʻchiradi. U koʻpincha davlat ishlarini xotini Gavharshod bilan boshqarar edi.

      Ancha qarib qolgandan keyin taxt vorisini tayinlay olmay qoldi, xotiniga esa  nabirasi Alouddavla  Mirzoni  moʻljallagan ekani haqida aytadi.  U oʻz ajali  bilan 1447 yilda vafot etadi.

     Ulugʻbek   Mirzo  Shoxruh Mirzoning toʻngʻich   oʻgʻlidir.  U 1394   yilda tugʻilgan. Unga Muhammad Taragʻay deb ism beradilar. Keyinchalik oʻzgarib ketadi.

1398   yilda besh  yoshli Ulugʻbekni  otasi  uni   Sharafiddin Ali Yazdiyning tarbiyasiga topshiradi. U yoshligidan kitob oʻqishga qiziqqan. 

       1404 yil 10 yoshda boʻlganida unga Ogʻo Begimni unashtirish marosimi boʻlib  oʻtadi. 1404  yilning  kuzida Temur  Xitoy  yurishida Sayram,  Avliyo  ota, Ashpardan to Xitoy chegarasigacha Ulugʻbekka inʼom qiladi. Ammo Temur 1405 yilda vafot etadi. 1409 yilda Ulugʻbek Movarounnahr hukmdori boʻlgach otasining ham yurishlarida ishtirok etmay qoʻyadi. 1413 yil Ahmad Mirzo taklifga binoan kelmaganligi  uchun Fargʻonaga  qoʻshin  tortadi va  gʻalaba  qozonadi.1425 yilda Moʻgʻulistonga qarshi yurish boshlaydi. U bu jangda ham gʻalaba qozondi. 1426 yilda esa    Baroq  oʻgʻlonga qarshi  kurashadi  va yengilib  Samarqandga  qaytadi. 1447 yil vafot etdi.  

     Ibrohim  Mirzo  Shohruh Mirzoning  2  oʻgʻlidir. U  1394  yilda tugʻilgan.  Uning   onasi  Toʻti   begim   edi.   Shohruh Mirzo 1409   yilda Xalil  Sulton  Mirzodan Movarounnahrni  tortib  olgach, unga  Balx  viloyati hokimligini topshiradi. U tabiatan muloyim ochiq koʻngil edi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham oʻz "Zafarnoma"sini uning huzurida birqancha vaqt yozadi va asarda toʻxtalib oʻtadi.

     Ibroxim  Mirzo  1435 yil  40  yoshida kasal  boʻlib vafot  etadi. Undan  uch  oʻgʻil qoladi. Sulton Abu Isxoq Mirzo, Ismoil Mirzo, Abdullo Mirzolar edi. 

     Boysungʻur Mirzo Shoxruh Mirzoning 3 oʻgʻlidir. U 1397 yilda tugʻilgan.  U  tabiatan oʻqimishli  odam  edi. 1414-1416  yilgacha  Mozandaron, Astrobod  va Jurjon viloyatlarida hokimlik qiladi.

   1416-1420yilgacha   Hirotda   otasiga  vazirlik  qiladi.   Vazirlik  paytida  Hirotda kutubxona tashkil qiladi. 1431 yilda otasi unga Astrobod hokimligini  topshiradi. Keyingi  davrlarda  kasalllika    chalinib  1433  yilda vafot  etadi.  Undan uch oʻgʻil qoladi, Alouddavla Mirzo,Abulqosim Bobur Mirzo va Sulton  Muhammad Mirzolardir.

 

     Suyurgʻatmish   Mirzo  Shoxruh  Mirzoning   4   oʻgʻlidir.  U   1398   yilda tugʻilgan. Onasi Mulkat Ogʻo begimdir. U yoshlik davrini otasining hashamatli  saroyida oʻtqazadi. U avval otasi saroyida xizmat qiladi keyinchalik esa 1418  yilda Qobul hukmdorligini oladi. 

      Biroq 1426 yil u toʻsatdan ogʻrib, vafot etadi. Undan 2 oʻgʻil qoladi, Maʼsud  Mirzo va Qorachar Mirzolardir. 

     Muhammad  Juki  Mirzo Shohruh  Mirzoning  5 oʻgʻlidir.  U  1403 yilda  Hirotda  tugʻilgan. Onasi  Gavharshod  begim edi.  U  yoshligidan kasalmand  va nimjon boʻlib  oʻsdi. 1419  yilda unga  Moʻgʻuliston  sobiq xoni  marhum  Shamʼi Jahonning  qizi  Mehr Nigor Ogʻoni  nikoh qiladilar. U  Baroq  Oʻgʻlonga qarshi  yurishida ishtirok etadi. 

    1433  yilda Shohruh   Mirzo   oʻgʻli Muhammad  Jukiga Garmser  va afgʻonlar  viloyatini  topshiradi. 1443  yilda  esa Muhammad Juki Balx  viloyatini  hokimi etib tayinlanadi. 1445 yilda 45 yoshida vafot etadi. Undan uch oʻgʻil qoladi, Ali Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzolardir.  

Amir  Temur  saltanati  tarixiy zarurat  edi.   Ijtimoiy  hayot, xalqlarning hayoti tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi.   Turon,   binobarin,   Mavorounnahr, Eron,   Ozarbayjon,   Xuroson moʻgʻullar  oyogʻi ostida  ingrar,  najot istar  edi.  Shunday najot  farishtasi  Temur  boʻldi.   U   tarix  sahnasiga   chiqib,  Turon  zaminini   moʻgʻullardan  tozaladi. 

   Amir   Temur davrida   madaniyat,  sanʼat, ilm fan gurkirab oʻsdi  va rivojlandi. Jahongir qayerga bormasin oʻsha yerdan eng qoʻli gul ustalarni, hunarmand va sanʼatkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni  tarbiyalab  voyaga yetkazdi.  Uning  davrida Samarqand  yer  yuzining sayqaliga,  Buxoro   islom  dinining   quvvatiga   aylandi.  Turon  yurti oʻz madaniy taraqqiyoti bilan jahonning koʻzini qamashtirdi.

 

 

9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar