Qiziqarli dunyo: Turli mamlakatlarda oʻquvchilar oʻrganadigan noodatiy fanlar

Mana yangi oʻquv yili ham boshlandi. Oʻquvchilar yana maktablariga qaytib matematika, kimyo, fizika, adabiyot va boshqa fanlarni oʻrganadi… Biroq, baʼzi maktablarda, oddiy fanlardan tashqari majburiy dasturga ajoyib fanlar ham kiritilgan, bu fanlar bizning oʻquvchilarda hayrat va havasni uygʻotadi.
Yaponiya: Tabiatdan zavqlanish

Yaponiyaning bir necha maktablarida juda ajoyib fan - ”Tabiatdan zavqlanish” fani mavjud. Uning maqsadi – oʻquvchilarni atrof muhitning goʻzalligini qadrlashga oʻrgatish, chunki butun dunyoviy kompyuterizatsiyadan zamonaviy bolalar tabiatga eʼtibor bermaydi. Dars vaqtida oʻquvchilar flora va faunani oʻzaro bogʻliqligini oʻrganadi. Ushbu oʻrganishlarni oʻqituvchilar baholaydi, yil oxirida esa xattoki imtihonlar ham mavjud.
Germaniya: Baxt darslari

Ushbu noodatiy fan Germaniyaning hamma maktablarida ham kiritilmagan, biroq Geydelberg shahridagi maktabda, ushbu darsni maktab direktorining oʻzi olib boradi. Oʻquvchilarning asosiy vazifasi – oʻzi bilan garmoniyada yashash, yurakka quloq solish va shunchaki baxtli boʻlish. Ushbu fandan imtihon yoʻq, lekin yilning oxirida har bir oʻquvchi oʻz loyihasini hayotga tadbiq etishi lozim: “yaxshilik” haqida rolik olishi yoki xayriya ishlari bilan shugʻullanishi kerak.
Isroil: Kiberurushlar nazariyasi va amaliyoti

Isroilning bazi maktablarida gʻayrioddiy fan kiritilgan – “Kiberxavfsizlik”. Bunga mamlakatdagi bolalarning qattiq kiberqaramligi sabab boʻldi, bu haqida nafaqat ota-onalar balki shifokorlar ham gapira boshladi. Nazariy darslarda va amaliyotlarda oʻquvchilarni ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini qanday tutishni, kommentariyalarga qanday javob qaytarishni oʻrgatishadi. Bundan tashqari darsning koʻp qismi kompyuter oʻyinlariga qaramlik va u bilan qanday kurashishni oʻrgatishga qaratilgan.
Boshqirdiston: Asalarichilik

Boshqirdistonda yuzlab maktablarning oʻz asalarilari bor. Asalarichilik darslarida bolalarga arilarni boqishni, asal yigʻishni va shu bilan bogʻliq koʻp narsalarni oʻrgatiladi. Gap shundaki, Boshqirdiston asal ishlab chiqarish boʻyicha eng oldi mamlakatlardan hisoblanadi. Ushbu mansabni yoʻqotmaslik uchun, maktablarda bunday ajoyib fan kiritilgan.
Avstraliya: Serfing darslari

Ushbu yashil mamlakat aholisini dunyodagi eng yaxshi serferlar deb atash mumkin. Ushbu mansabni saqlab qolish uchun Avstraliyaning barcha maktablarida serfing darslari kiritilgan. Mamlakat hukumati hech qanday turist aholidan yaxshiroq serfing uchmasligi uchun qoʻlidan kelgan barcha sharoitni yaratgan.
Armaniston: Milliy raqslar

Armaniston hukumati yosh avlod oʻz mamlakati anʼanalarini unutmasligi uchun barcha choralarni koʻradi. Aynan shu sababdan maktablarda maxsus kurs – milliy raqslar kiritilgan. Oʻquvchilarni nafaqat xareografiyaga, balki milliy raqs tarixiga ham oʻrgatishadi. Ushbu darsga qatnashmalikning iloji yoʻq: yil oxirida oʻquvchilar imtihon topshiradi. Ushbu fandan qoniqarli baho ololmasa, oʻquvchi bir sinfda ikkinchi yilga qoladi.
AQSh: Ilmiy kashfiyotlar

Barcha Amerika maktablarida ajoyib fan “Ilmiy kashfiyotlar” oʻrgatiladi. Uning maqsadi – yosh ixtirochilar potensialini uygʻotish. Nazariy kurslardan keyin, oʻquvchilarga yangi narsa yaratish vazifasi topshiriladi. Uni bajarish uchun oʻquvchilarga bir yil beriladi. Kurs oxirida oʻquvchilar oʻz ixtirolarini namoyish qilishadi, uning aktualligini muhokama qilishadi va baho olishadi.
Rossiya: Moliyaviy savodxonlik darslari

Bir necha rus maktablarida qiziqarli fan “Moliyaviy savodxonlik” kiritilgan. Darslarda bolalarni pulni toʻgʻri sarflashga va oilaviy budjetni rejalashtirishga oʻrgatishadi. Darslarda yana moliyaviy ayyorliklarning jabrlanuvchisiga aylanib qolmaslikni ham oʻrgatishadi. Dars uchun materiallar RF Moliya Vazirligi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Hozircha ushbu fan fakultativ sifatida kiritilgan, biroq yaqin orada bu fan majburiy boʻlishi ehtimoldan holi emas. Bolalar har doim ham darslardan qochmaydi. Agar fanlar qiziq boʻlsa, ular qunt bilan oʻrganadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



