Qiziqarli

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj Buyuk Ekaretinaning shaxsiy kollektsiyasi sifatida paydo boʻldi: imperator ayol  183 ming talerga 317 qimmatbaho rasm toʻplamini sotib oldi. Polotnolar saroyning alohida  xonalariga joylashtirilgan, shundan ham fransuzchadan “ermitaj” soʻzi yolgʻiz, alohida makon nomini bildiradi.  Ushbu saroydagi jamlanma  asta-sekin yangi nusxalar bilan toʻldirilgan,ammo har bir kishi ham zallarga tashrif buyurolmagan. Hatto , Aleksandr Pushkin kollektsiyani faqatgina Vasiliy Jukovskiyning talablaridan soʻnggina koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj 1852 yilda Nikolay I tomonidan mehmonlar uchun ochilgan va 1880 yilga kelib muzeyga 50 ming kishi tashrif buyurgan. Imperator muzey atrofida yolgʻiz  aylanib yurishni juda yaxshi koʻrar edi: oʻsha vaziyatda unga ichki masalalarda turli savollar bilan murojat qilish mumkin boʻlmagan.

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Birinchi marta mushuklar Elizabetta Petrovna qishki saroyida paydo boʻlgan: imperator ayol mushuklarni saroyga olib kelish togʻrisidagi farmonini saroyda kalamushlar paydo boʻla boshlaganidan va ular sanʼat asarlarini nobud qilishni boshlaganlaridan soʻng chiqarganlar.  Shundan soʻng esa ushbu jonivorlarni sanʼat asarlari soqchilari degan unvon bilan siyladi. 

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Bugungi kunda muzeyda taxminan 70 ta mushuk yashaydi va ular koʻpincha "erkin xodimlar" deb nomlanadi.  Mushuklar oʻzlarining pasportlariga ham ega  va ular koʻrgazma zallaridan tashqari hamma joyda erkin yurishlari mumkin. Mushuklar muzeyning haqiqiy afsonasi boʻlib, ularga sovgʻalar yuborishadi , ular haqida filmlar tayyorlangan (Ermitaj ishchilari hazilida aytilganidek , Rembrandtdan ham koʻproq ular haqida) va maqolalar yozilgan. Muzeyga  nabirasi bilan birga tashrif buyurgana merikalik Meri En Ellin hatto Ermitaj mushuklariga bagʻishlangan bolalar uchun kitob yozgan.

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj koʻpincha xalqqa  oldindan nomaʼlum rassomlar asarlarini taqdim etadi. Baʼzida ular shu qadar nomaʼlumki, hatto muzey xodimlarning oʻzlari muzey devorlarida borligi haqida bilishmay qolishadi.

1960-yilda Niderlandiya rassomining asarini Gollandiyalik sanʼatshunos  tasodifan topib oladi.

Muzey hodimlari sanʼatshunosni orqa xonada choy ichishga taklif qilishadi va ular shkafning orqasida bargni koʻrib qoladilar. Bu topilma , Hendrik Goltzius tomonidan yaratilgan "Vakx, Serera, Venera va Kupidon" asari edi.  Asar 1772 yilda Ekaterina  II tomonidan  sotib olingan. Rasmni qayta tiklash uchunyuborildi , undan keyin koʻrgazmada oʻz oʻrnini egalladi. Ushbu voqeadan soʻng esa Ermitaj hodimlari yana yangi asarlarni topib qolish umidi bilan saroyning har bir burchaklarini diqqat bilan koʻzdan kechirib yuradilar. 

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Nikolay II avtomobillar kolleksiyasi bilan shugʻullanar edi.  1905 yilda u  birinchi avtomobilni sotib oldi, olti yildan soʻng esa taxminan 50 ta marka yigʻishga erishdi. Aynan shu uchun Qishki saroy va kichik Ermitaj oʻrtasiga maxsus garaj qurildi. "Mercedes" , "Delaunay-Belleville ",  "Rolls-Royce", "Brasier" , "Peugeot" ,  "Renault" va "Russo-Balt" va "Lessner" rusumli avtomobillar bor edi. Garajda mashinalar uchun  kerak boʻlgan hamma narsalar bor edi: avtomobil yuvish, yoqilgʻi quyish stantsiyasi va hatto bugʻli isitish tizimi (korroziyani oldini olish uchun) mavjud boʻlgan. Afsuski, bolsheviklar ham mashinalarni yaxshi koʻradilar va 1917-yilda Ermitajni talon-taroj qilganida, Nikolayning butun toʻplami izsiz yoʻq boʻlib ketdi.

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj, uning ruhi va qayta tiklangan eksponatlari haqidagi sirli hikoyalar Sankt-Peterburg mifologiyasining alohida qatlami boʻlib, u alohida hikoyaga loyiqdir. Lekin ularning eng mashhurlari - Pyotr I ning afsonasi. Aytishlaricha imperatorning mumi turib mehmonlarga taʼzim qilgan va eshikka ishora qilgan ekan. Ushbu mum qogʻirchoqda mentorlar mavjud boʻlib, u kresloga oʻtirishga  va oyoqlari oʻsib chiqishiga koʻmak  beradi.

Lekin qoʻrqinchliroq  hikoyalar ham bor:  misol uchun, Misr xudosi Sehmet  sher boshi bilan. Uning  bu haykali qadimgi Misr zali joylashgan. Afsonalarga koʻra, urush  va jazirama quyosh Xudosi Sexmet juda qonxoʻr. Baʼzida oy toʻlgan kechada haykalning tizzalariga qon quyilib qolar, keyinchalik esa yoʻqolar ekan.  

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar

Ermitaj nafaqat Rossiyaning balki butun dunyoning eng mashhur muzeylaridan biridir.  Yiliga muzeyga 5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi va eksponatlar soni uch milliondan oshib ketdi. Toʻplamlar beshta binoda joylashgan, eksponatlarning oldidan oʻtib ketishning oʻziga hech boʻlmaganda 24 kilometr kechish kerak boʻladi . Agar har bir sanʼat asari oldida  kamida bir daqiqa tursangiz, u holda bu jarayon  11 yilga choʻziladi . Shunday qilib siz kuniga 8-10 soat muzeyda sayr qilishingizga toʻgʻri keladi.

Ermitaj muzeyi haqida koʻpchilikka nomaʼlum malumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar