Odamxoʻr baliqlar haqiqatdan ham mavjudmi?

Tabiat jumboqlarga juda hamboy. Balki vaqti-soati kelib inson tabiatning jumboqlarini asta sekin bilibolar, biroq ularning ohiriga yetib boʻlmaydi. Misol uchun sha paytgacha dunyookeanining olami hamon ohirigacha oʻrganib chiqilmagan. Shuningdek, daryolar vahatto qitʼalardagi suv havzalari ham. Baliqlarning ichida juda koʻpchiligiyirtqichlardir. Yirik baliqlar har doim odamlarni vahimaga solgan va ular bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp afsonalarhamda rivoyatlar bor. Quyidagi maqolada baliqlarning odamlarga boʻlgan realhamlalarini koʻrib chiqib, haqiqatdan ham odamxoʻr baliqlarning bor yokiyoʻqligini aniqlashga urinib koʻramiz.

Oʻta xavfli yirtqichlar -piranʼi baliqlari gala boʻlib yurishadi, chunki aslida juda ham qoʻrqoq va oʻtaehtiyotkor balqilar. Ular boshqa baliqlar , suvga tushgan qushlar, kichikhayvonlar bilan oziqlanadi. Oʻlchamlari katta emas. Lotin Amerikasida tutibolingan eng yirik nusʼhasi 50 smgacha boʻlgan. Piranyilar oilasidagi eng kattabu 1,2 metrgacha oʻsa oladigan qoʻngʻir paku hisoblanadi. Ularning juda oʻtkirtishlari bor. Bu tashlar oʻljani tilka pora qilib tashlay oladi.
Piranyilar oʻta hurkakligi va kichik oʻlchamliligi tufayli insonga hamla qilish holatlari juda ham kamdankam boʻladi. 2014 yilda piranyi tomonidan odamlarga hamla qilinganligianiqlangan, biroq olimlar buni oʻta issiq ob-havo bilan bogʻliq deb aytishgan.

Afrikadagi Kongo daryosi vaTanganika koʻlida istiqomat qiluvchi baliqni yirik oʻlchamlari uchun Goliaf hamdeyishadi. Baliqning katta ogʻzida uzunligi 5 smgacha boʻlgan juda oʻtkirtishlar qatori mavjud. Bunday tishlar bilan u quruqlikda yuruvchi hayvonlargahamla qilishi va daryoda yashovchilarga ham tinchlik bermasligi mumkin. Mahaliyqabilalar odamlarning yoʻqolishining Goliaf baligʻi bilan bogʻliq deb farazqilishgan, ammo buning ilmiy asosiy yoʻq. Qiziquvchan ishqiboz baliqchilarkatta “maxluqqa” ov qilish uchun Afrikaga kelishadi, ammo 1 metrgacha boʻlganbu baliq baliqchilarga ov qilgan paytlar ham uchrab turadi.

Nepal bilan Hindistonning oʻrtasida Kali daryosi oqib oʻtadi. Unga anʼanaga binoan vafot etganqarindoshlarning jasadlari tushirib yuboriladi. Shuning uchun ham, ushbudaryoda istiqomat qiluvchi laqqa baliq inson goʻshtini tanovul qilishga oʻrganib qolgan. Endi shu daryo atrofida har qanday odam yoʻqolish holatlariniodamxoʻr baliq bilan bogʻliq deyishadi. Bir necha marta Bagariy laqqa baligʻisayoz suvlarda ham odamga hamla qilgan hollar qayd etilgan.
Rasmda koʻrinib turganidek,bu laqqa balimqlari 1 metrdan kattaroq boʻlishi, ularning ogʻirligi esa 140 kgva undan ham kattaroq boʻlishi mumkin. Bunday katta baliqni ushlab olish kattaomad, albatta, lekin ularga ov qilganda juda ham ehtiyot boʻlish kerak.

Bu yirik baliqni skumbriyali gidrolik ham deyishadi. U Venesuella hududidan oqib oʻtadigan Orinoko daryosining irmoqlarida istiqomat qiladi.
Uning oʻta oʻtkir tishlaritufayli lotin Amerikasining bu istiqomatchisiga “vampir-baliq” deb laqabqoʻyishib olganlar. U qonni soʻrmaydi, biroq tishlab olishi juda ham qattiqogʻriqli kechadi. Ular 1,17 metrgacha oʻsadi va osonligicha boshqa baliqlarni, shu jumladan pirnilarni ham yutib yubora oladi. Payara tepadan hujum qiladi.Dastlab tishlari bilan oʻljasining tanasiga shikast yetkazadi, keyin esa unibutunlay yutib yuboradi.
Bu xavfli yirtqich mahalliy qabilalarda juda taombop baliq hisoblanadi va undan juda mazzali milliy taomlar tayyorlanadi. Bu tropik daryoning irmoqlariga ushbu xavfli baliini ushlashuchun minglab sportchi-baliqchilar keladi.

Dunyo ummonining suvlarida bu katta yirtqich yirik gala boʻlib yuradi. Katta baliqlari 2 metrgacha oʻsadi,eng yirik tutilgan nusʼhasi esa uzunligi 2,05 metr boʻlib, ogʻirligi 50 kgboʻlgan. Ularning ozuqasiga boshqa baliqlar, kalmarlar, krevetkalar kiradi. Ular pana joyda yashirinib turib, oʻljasi yaqinlashganida otilib chiqib ovqiladi. Insonga ham hamla qilishi mumkin, ayniqsa, loyqa va tiniq boʻlmagan suvda. Oʻtkir tishlari juda chuqur yaralashi , bu esa juda koʻp qon ketishiga olib kelishi mumkin. Uni isteʼmol qilib boʻlmaydi, chuki barrakuda organlarining koʻpchiligi inson uchun zaharli.

Somlar juda katta boʻlishiva uzoq yashashi mumkin. Vaqt oʻtib, kichik baliqlar somning och qorninitoʻydira olmay qoladi va yirik baliq oʻziga yirik oʻlja qidira boshlaydi.
Daryo laqqa baliqlari uy parandalarini, itlarni, chanqoqni bosish uchun ehtiyot boʻlmagan yovvoyi hayvonlarni suv ostiga olib ketib qolgan hollar ham qayd etilgan. Olimlarning fikricha, laqqa baliq hayvonni suv ostiga olib borib, ularni tubda yashirib qoʻyadi. Keyin esa, jasad yumshab boʻlganidan keyin uni yeydi. Bu baliqlar ozuqa tanlamaydi, ammo odamga hamla qilish holatlari juda ham kamdan kam uchraydi. Yagona bir narsa aniqki, laqqa baliq odam jasadini yeyishi mumkin, chunkiu oʻlaksaxoʻr.

Barcha baliqlar orasida odamlarga eng koʻp hujum qiladigani - akulalar. Statistikaga koʻra, har yili ushbu yirtqichlarning 90 dan 120 tagacha boʻlgan odamlarga hujum qilish hollari qayd qilinadi. 2000 yilda hujumlardan 17 kishi halok boʻlgan, 2011 yilda esa 15 kishi nobud boʻlgan.

Koʻrib turganingizdek, statistika maʼlumotlari hotirjamlikdan yiroq.
Inson uchun eng xavfli boʻlgan akulalarning turlarini koʻrib chiqamiz. Bir vaqtlar bizni "Jagʻlar" (Jaws) filmi qoʻrqitgan edi. Hozir esa texnologiyaning rivojlanishi tufayli, hujumlarning guvohlari tomonidan beihtiyor kameraga suratga olingan hujum hollarini koʻrib qolishimiz mumkin.

Akulaning inson uchun eng xavfli boʻlgan turi. 1991 yidan 2011 yilgacha, yaʼni 20 yil ichida ular 29 kishining nobud boʻlishiga sababchi boʻlgan. Jami esa 139 hujum qilish holatlari qayd etilgan.
Suvga ikki kishilashib tushganda yakka tushgandan koʻra qutulib qolish ehtimoli ancha baland boʻlishi qayd etilgan.
Insonning vafoti koʻp qonketishi va tishlanganidan keyingi koʻchli ogʻriq, shunindek, yirqich baliqning hujumi tufayli choʻkib ketishdan sodir boʻladi. Insondan tashqari oq akula toshbaqalar, dengiz sut emizuvchilariga ov qiladi.

Dunyo okeanining tropiksuvlarida uzunligi 5,5 metrgacha boʻlish mumkin boʻlgan yoʻlbarssimonakulalarni uchratish mumkin. Baliq tutish tadbirlarida baʼzi baliqlarningoshqozonlaridan inson tanasi aʼzolari topilgan.
Yirik baliqlar eshkakchilarbilan birga qayiqlarni agʻdarib yuborgan hollar ham juda koʻp boʻlgan. Ehtimol,bu baliqlarning oʻta ochligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunday hollarGavayi orollari va Avstraliya qirgʻoqlari yonida qayd etilgan.
XX asrning ikkinchi yarmidayoʻlbarssimn akulalarning ommaviy qirgʻini boshlangan edi. Buning natijasidaakulalar populyasiyasi keskin qisqarib ketdi. Hozirgi kunda, har yilisayyoramizning turli qismlarida 10 dan 20 gacha hujum qilish hollari qaydetiladi. Afsuski, bu hollarning koʻpchiligi fojeali yakun topadi.

Uch okeanning tropik va subtropik kengliklarida kulrang akulalar oilasiga mansub yirik yirtqichlar kezib suzib yuradi. Ular odatda chuqurlikda istiqomat qiladi, ammo ov davomida sayoz suvda suzishlari mumkin.
Urgʻochilar erkaklarga qaraganda bir oz kattaroqdir, ularning uzunligi 2 m 40 sm, oʻrtacha 100 dan 130 kg gacha. Ularning oʻziga xos jihatlaridan biri chuchuk suvda ham yashash qobiliyatidir. Shuning uchun ham ular osongina dunyo okeaniga quyiluvchi daryolarga va daryolarning irmoqlariga suzib kira oladi. Ular baliq ovlashning obʼyekti hisoblanadi, biroq oʻzlari ham katta xavf tugʻdiradi.
Ularning tajovuzkor xarakteriga ega ekanligi va kattaligi, kuchli jagʻlari va oʻtkir tishlari odamlardan mutlaqo qoʻrqmaslik imkonini beradi. 2013 yilga qadar tarixda 67 ta hujum qayd etilgan, shulardan 26 tasi inson oʻlimi bilan tugagan.

Dunyo okeanining iliq suvlarida yashaydigan eng koʻp turlardan biri. XIX asrning boshlarida birinchi marta yangi tur sifatida qayd etilgan.
Ular 3,5 - 4 m gacha oʻsib chiqadilar va oʻzlarning uzun yuzgichlari tufayli oʻziga xos nomini olgan. Juda katta ogʻizda 14-15 qator katta tishlar mavjud boʻlib, har qanday qattiq ozuqani ham maydalash imkoniyatiga ega. U odamdan umuman qoʻrqmaydi va shuning uchun koʻpincha hujum qiladi. Uzun yuzgichli akula, dengiz chuqurliklarining eng xavfli yirtqich hayvonlaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, qimmatbaho baliqlarni yeb baliqchilikka katta zarar yetkazadi. Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida soni keskin pasayib ketgan, shuning uchun ham uzun yuzgichli akula himoya ostiga olingan.
Xoʻsh, koʻp maʼlumotlar afsona va oʻydirma ekanligini koʻrib turibmiz, ammo bundan keyin ham xavf yoʻqolmagan. Dengiz va daryo yirtqichlari odamlarga koʻplab hujum qilish sabablari juda koʻp. Barrakuda faqatgina loyqa suvda hujum qilishi mumkin, chunki insonni baliq deb oʻylaydi, ammo piranyaning hujumi doimo ochlik bilan bogʻliq. Yovvoyi tabiat insondan yuqori ogohlik talab qiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



