Dunyodagi eng mashhur va chiroyli masjidlar: "Checheniston yuragi", Pushtirang masjid, Hazrat Ali maqbarasi

"Checheniston yuragi" masjidi dunyodagi eng katta masjidlarning biri hisoblanadi. U rasmiy ravishda 2008 yilning 17 oktyabr kuni ochilgan boʻlib, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Ahmad hoji Qodirov nomi bilan atalgan.
Masjid Sunja daryosining betakror goʻzallikka ega boʻlgan sohilida, ulkan bogʻning ichida joylashgan. U Kunta hoji nomidagi Rossiya Islom universiteti va Checheniston Respublikasi musulmonlar idorasidan iborat Islom kompleksi tarkibiga kiradi.


Mаsjid usmonlilarga tegishli klassik uslubda qurilgan boʻlib, uning markaziy zali ulkan gumbaz bilan qoplangan. Gumbazning diametri 16 metr, balandligi esa 32 metrga teng keladi. Bino burchaklarida har biri 63 metrdan keladigan toʻrtta minora joylashgan. Ular Rossiya janubidagi eng baland minoralardan biri sanaladi. Binoning ichki va tashqi devorlari marmar bilan qoplab chiqilgan.
Masjid maydoni 5000 kvadrat metrga teng boʻlib, oʻz ichiga 10 000 ta kishini sigʻdirishi mumkin.

Rossiyaning eng chiroyli masjidlaridan biri sanalmish ushbu hashamatli bino Istanbul shahrida joylashgan afsonaviy "Moviy masjid" uslubida qurilgan. Qurilish ishlari 1997 yilda oʻz yakuniga yetkazilgan. Ayni paytda bino oʻzichiga 15 000 kishini sigʻdira olishi mumkin.


"Hazrat Sulton" Qozogʻistondagi eng katta masjid sanaladi. U mamlakat poytaxti Nursulton shahrida joylashgan. Masjid binosi kattaligi boʻyicha Oʻrta Osiyo mamlakatlari orasida Turkmanistondagi "Turkmanboshi maʼnaviyati" masjididan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi.
Qurilish ishlari uchun 3 yil vaqt ketgan boʻlib, bugungi kunda kompleks toʻqqizta gumbaz va balandligi 77 metrga teng keladigan 4 ta minoradan tashkil topgan.


Xitoy uslubidagi noodatiy masjidlardan biri Qozogʻistonning Jarkent shahrida joylashgan. Uning qurilishi va pardozlash ishlari bilan arxitektor Xon Pike hamda boshqa millat vakillari sanalmish ustalar shugʻullangan. Afsonalarga koʻra, Xon Pike dunyodagi eng chiroyli masjidni oʻz vatani Xitoyda emas, Jarkentga qurgani uchun yurtiga qaytgach qatl qilingan ekan.


"Xuayshen" Guanchjou shahrining asosiy masjidi boʻlib, unga 1922 yilda asos solingan va 1928 yildan boshlab ishga tushirilgan. Mazkur masjid turistlar orasida haddan tashqari mashhur, uning minorasini esa "Nur binosi" deya ataydilar. Bu yerda sayyohlarning haddan tashqari koʻp ekanligiga sabab masjid Rasulullohning amakisi tomonidan qurilganidir.


Futuristik koʻrinishga ega boʻlgan ushbu masjid binosi oʻta chiroyli koʻrinishga ega. Uning asosiy zali shiftida koʻplab tuynuklar mavjud. Ushbu tuynuklar orqali ichkariga tushib turadigan quyosh nuri tungi osmonda charaqlab turgan yulduzlarni yodga soladi.



Ushbu betakror masjid 1993 yilda qurilgan boʻlib, uning minorasi dunyodagi eng katta balandlik koʻrsatkichi - 210 metrga teng. U balandlik borasida Xeops piramidasini ham ortda qoldiradi. Fransuz arxitektori Mishel Pinson loyihasiga koʻra yaratilgan minoraga lazer oʻrnatilgan boʻlib, uning nurlari Makka shahriga qaratib qoʻyilgan.



Ushbu masjid binosini 1958 yilda Bruney daryosi yaqinidagi sunʼiy koʻzfaz ustida bunyod qilganlar. Masjid binosida Islom arxitekturasi elementlari Yevropa uslubining detallari bilan aʼlo darajada uygʻunlashtirilgan. Misol uchun masjidning bosh minorasi Renessans davri uslubi bilan ishlangan.


"Pushtirang masjid" deya nom ushbu bino 1888 yilda qurib bitkazilgan. U tuzilish jihatidan qimmatbaho buyumlar solinuvchi qutidonni yodga soladi. Turli rangdagi derazalar quyosh nuri ostida binoning ichki qismida kamalakrang jilolarni paydo qiladi.
Binoning pol qismi pushtirang plitkalar bilan qoplangan, shu sababli ham uni "Pushti masjid" deya ataydilar.



Rossiyaning yana bir betakror masjidi Qozon shahrida joylashgan boʻlib, 2005 yilda rasmiy ravishda ochilgan. Uning uchun namunasi sifatida esa Ivan Grozniy davrlarida buzib tashlangan Qozon xonligining bosh masjidi asos qilib olingan.


Bu mavritan arxitektura uslubida qurilgan dunyodagi eng chiroyli binolardan biri sanaladi. Masjid oʻzining ulkan arkalari, yashma, oniks, marmar hamda granitdan ishlangan ustunlari bilan shuhrat qozongan.


Mozori Sharif shahrida joylashgan "Moviy masjid" - Hazrat Ali maqbarasi mamlakatning eng mashhur maskanlaridan biri sanaladi. Aytishlaricha, bu yerga Rasulullohning kuyovi halifa Ali dafn etilgan ekan. Masjidga 12 asrda Sulton Sanjar tomonidan asos solingan. Bunga sabab esa shu yerda ishlayotgan mehnatkashlar tomonidan gʻishtdan yasalgan maqbara, qilich hamda hazrat Aliga tegishli deya hisoblangan tana qoliqlari topilganidir. Ayni paytda "Moviy masjid" Afgʻonistonning eng mashhur maskanlaridan biri sanab kelinadi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



