Sayohat

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Shahar qanchalik yirik boʻlsa, undagi fizik sharoit shunchalik yomonlashadi. Angliya va Amerikada oʻtkazilgan tadqiqotlarga qaraganda yirik shaharlar aholisi ultrabinafsha nurlarini 30 foizgacha kam oladi, shuningdek, shaharlar ustida bulutli kunlar qishloq va adirlarga qaraganda 10 foizga ortiq. Aksariyat kasalliklar, jumladan, yuqumli xastaliklarning tarqalish darajasi shaharda qishloqlarga nisbatan koʻproqdir. Masalan, aholisi 1 milliondan yuqori boʻlgan shaharlarda oʻpka saratoni bilan kasallanish darajasi qishloqlarga qaraganda 2 barobar yuqori. Bronxit xastaligi qariyb 3 barobar koʻproq uchraydi. Asab-ruhiy tizimi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar esa 2,3 barobarga ziyod kuzatiladi..   

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 

Organizmdagi eng serharakat organ yurakdir. Sutkasiga u 100 000 marta urib, 350 litr qonni haydaydi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Soch tolasi bir oydan, bir necha yilgacha toʻkilmasligi mumkin. Bir kunda 50- 100 dona soch tolasi toʻkilishi normal holat hisoblanadi. 

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 

Koʻz 4 sababga koʻra yoshlanadi: hissiy kechinmalardan (quvonch, gʻam); reflektor yoshlanish (kimyoviy moddalar, gazlar va piyozdan ); oʻzini himoya qiluvchi yoshlanish (koʻzga nimadir kirib ketganda); ayrim kasalliklardan yoshlanish (allergiya, koʻz shamollashi kabi).

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Erkaklar ayollardan koʻra 5 marta kam yigʻlagani uchun ayollardan koʻra oʻrta hisobda 7 yil kam umr koʻradi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bergan maʼlumotlariga koʻra 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning bir kunlik yodga boʻlgan ehtiyoji 50 -120 mgr, katta odamlarda 150 mgr, homilador ayollarda esa 200 mgr.ni tashkil qiladi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tizza chanoqlari boʻlmaydi: u bolakay 3 yoshga kirgandan keyin qattiqlashishni boshlaydi. 

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Koʻzning shox pardasi inson organizmining qon aylanish tizimidan kislorod olmaydigan yagona qismidir, ushbu soha kislorodni bevosita havodan oladi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Inson miyasi organizmga qabul qilingan kislorodning 20%i , 50% glyukozani singdirib oladi va umumiy energiyaning 20% ini oʻzlashtiradi. Aytgancha, biz miyaning atigi 10 foizini ishlatamiz degan fikr  mutlaqo xatodir, aslida biz miyaning barcha qismlarini ishlatamiz va u deyarli har doim faol boʻladi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 Hech bir inson oʻzini qitiqlab kuldira olmaydi. Sababi bu holatda miyaning kulish uchun javob beradigan qismiga kerakli signal yuborilmaydi. 

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 

Kuning maʼlum bir vaqtida burunning ikkita emas, bitta teshigi orqali nafas olamiz. Ularning faol holati har 4 soat davomida almashib turadi. 

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

 

Insondagi barcha mushaklarning 25% yuz hamda boʻyin qismida joylashgan. Shu sababli ham mazkur sohalarda mimika kuchli boʻladi.  

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Yangi tugʻilgan chaqaloqdagi suyaklar soni 270 taga yaqin boʻladi. Vaqt oʻtib ularning ayrimlari birlashib ketadi. Shu sababli ham katta yoshli insonlarda suyaklar soni 206 ta boʻlib qoladi.

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar