Verminofobiya nima? Tozalik vasvasasi yoki “Makbet honim” sindromi

Qoʻlni hech qanday sabab boʻlmaganda ham bir necha bor yuvish kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblarga nisbatan patologik qoʻrquv tufayli yuzaga kelishi mumkin. Mazkur kasallik fanda verminofobiya deya nom olgan boʻlib, uning alomatlari kuniga yuz martadan qoʻlni yuvish, jamoat joylaridagi turfa predmetlar (zina dastasi,metro tutqichlari va hokazo)ga tegib ketmaslikka urinish orali namoyon boʻladi.

Amerikalik ruxshunos Stenli Rahmonning fikriga koʻra, qoʻlni yuvishga mukkasidan ketish emotsional jaroxatlanish oqibatida kelib chiqadi. Verminofobiya odatda turli yoqimsiz holatlar: kamsitilish, yaqin kishilar tomonidan amalga oshirilgan sotqinlik va shu kabi vaziyatlarni boshdan kechirish orqali yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Inson psixologik jarohatga sabab boʻlgan kishini yodga olishi bilan qoʻl yuvishga kirishib ketadi. Bu maʼlum maʼnoda hotirani tozalashga urunish holati boʻlib, mazkur hodisa butkul gʻayriixtiyoriy tarzda roʻy beradi. Shuningdek, qoʻlni yuz martalab yuvish qandaydir yoqimsiz hodisani unitilishi haqidagi istakdan darak boʻlishi mumkin. Shekspirning “Makbet” asari bosh qahramoni Makbet xonim qirol Dunkanni oʻldirganidan soʻng qoʻl yuvishga mukkasidan ketishi shu holatga yaqqol misol boʻla oladi.

- Bu psixologik yoki ruhiy izdan chiqish oqibatida yuzaga keluvchi turgʻun holat, -deydi Stenli Rahmon. – bu yerda gap qoʻlga tegishi bilan yuvib tashlashga ehtiyoj paydo qiluvchi oddiy kir yoki chang haqida ketayotgani yoʻq. Odatda bunday gʻayriixtiyoriy holat uni yuzaga keltirgan sababga bevosita taʼsir etish, shuningdek, kir narsalarga teginishga majburlash yoʻli bilan davolanadi.
- Biroq Stenli Rahmonning taʼkidlashicha, bu usul u qadar samarali emas. “ Makbet honim sindromi”ga chalingan bemorlarning har toʻrtdan biri bunday davolanish usulidan voz kechadi, uchdan biri esa oʻzida hech qanday ijobiy oʻzgarish sezmaganini bildiradi.

Nemis olimlari esa oʻtkazilgan bir necha ilmiy tadqiqiotlardan soʻng shunday toʻxtamga kelishdi: qoʻl yuvish toliqqan va tushkun kayfiyatdagi kishi holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, optimizm va ishonch tuygʻularini ragʻbatlantiradi,salbiy fikrlardan xalos boʻlishga yordam beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



