Qiziqarli

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Moda jurnallari orqali namoyish qilinadigan reklama sahifalariga nazar tashlagancha supermodel qanday boʻlishini tasavvur qilasiz. Koʻpchilik qizlar modellik karerasi haqida  orzu qilmagan boʻlsa-da, moda sanoati doimo barcha uchun qiziqarli boʻlgan. "Amerikaning navbatdagi eng yaxshi modeli " koʻrsatuvidan yuqori baho olgan qizlar oʻz qobiliyatlari bilan barchani hayratda qoldirgani esingizdami?

Albatta, yorqin sahifalarda koʻrgan narsangiz supermodellarning haqiqiy turmush tarzi  aksi emas. Koʻplab muvaffaqiyatli modellar moda sohasi ularning sogʻligʻiga putur etkazgani, shaxsiy hayotida turli xil noqulayliklar va muammolar keltirib chiqargani haqida aytadi. Shunga qaramasdan nozik nihol koʻrinishdagi minglab qizlar modellik bilan shugʻullanishni davom ettirmoqda, podiumdagi kamera nurlari, hashamatli kiyimlar va albatta yuqori daromad ularning asosiy orzulariga aylangan desak adashmaymiz. 

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?
Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

 

Zamonaviy modellarning eng mashhur va omadlilari "Victoria’s Secret" kompaniyasi bilan hamkorlik asosida ish olib boradi. Ularning ayrimlari esa buning ortidan katta daromadni qoʻlga kiritadi.

Mazkur modellarning baʼzilari kompaniya imtiyozlariga ham ega boʻladi. Ular oddiy modellardan farqli oʻlaroq, juda katta haq olishadi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Forbes jurnali orqali tilga olingan eng koʻp haq oladigan modellarning oʻn yettitasidan 11 tasi Victoria’s Secret kompaniyasining sobiq va hozirgi modellari sanaladi. 

Ammo brendning oʻzi ham, kompaniya yuzi hisoblanadigan ushbu modellar ham qancha pul olishini aniq oshkor qilmaydi. Tanlangan model sifatida ish olib borish uchun esa ular podiumlarda barcha qizlardan ham yaxshiroq ekanliklarini isbotlab berishlari kerak. Misol uchun 2016 yilning fevral oyida kompaniya yuzi sanalgan modellar soni 36 ta boʻlgan, 2017 yil oxirlariga kelib, ularning soni 14 taga qadar qisqargan.

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Dautsen Krez bir yillik tanaffusdan keyin modellik faoliyatiga qaytdi va 2018 yilning eng koʻp haq oladigan modellari qatoridagi 10 oʻrinni band qildi. 

Uning asosiy daromadi LʼOréal, Piaget, Repeat Cashmere kompaniyalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik loyihalari asosida qoʻlga kiritilgan. Aynan shu yili Krez oʻz faoliyatining 15 yilligini ham nishonladi. 

Uning faoliyati shunchalar shiddat bilan rivojlandiki, Krezning Victoria’s Secret modellari tarkibidan ketishi ham buning uchun toʻsqinlik qila olmadi. Model ushbu kompaniya bilan 6 yillik hamkorlikdan keyin  2014 yilda Victoria’s Secret bilan shartnomani yakunlash qaroriga keldi. 

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

2018 yilda supermodel Joan Smolles 8,5 million dollar miqdoridagi pulni ishlab topdi va yillik daromadi eng koʻp modellar qatoridagi 9 oʻrinni band qildi. 

Kelib chiqishi Puerto-Rikolik boʻlgan ushbu model hamkasblariga nisbatan mehnatkash ekanligi bilan ajralib turadi. Uni juda koʻplab shou hamda loyihalarda koʻrish mumkin. Estee Lauder, Moschino va boshqa koʻplab kompaniyalarning suratga olish ishlari shular jumlasidan.

Modelning daromadi soʻnggi 3 yil ichida 3 million dollarga koʻpaygan. Smolls yetarlicha badavlat inson boʻlsa ham, moliyaviy masalalar borasida tejamkor qiz va pulni bekorga sarf qilish tarafdorlaridan emas.

"Men vaqti-vaqti bilan dam olish uchun sayohat qilish yoki zargarlik buyumlaridan birini sotib olish maqsadida yirik pulni ishlatishim mumkin. Ammo aksariyat holatlarda pulni tejab yuraman va uni aql bilan ishlatish kerak degan fikrdaman" deydi Joan.

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

 

 

Forbes jurnali Jiji Xadid nomini 2018 yilning eng koʻp haq oladigan modellari reytingidagi 8 oʻringa qoʻygan. U bir yil davomida 8,5 million dollar ishlab topishning uddasidan chiqqan. 22 yoshli Jiji bu kabi katta daromadga ega boʻlgan eng yosh model ham sanaladi.

Xadid hali juda yosh boʻlishiga qaramay, oʻz kasbiga nisbatan jiddiy yondoshadi va uni rivojlantirish uchun juda koʻp harakat qiladi. Uning kun tartibi daqiqalarga qadar aniq belgilab qoʻyilgan, koʻp sonli fotsessiyalar, moda namoyishlari, turli tadbirlarda ishtirok etish ham model uchun juda muhim. 2017 yilda Jiji ilk bor Forbes jurnalining eng koʻp haq oladigan modellar reytingiga kiritilgan va bu yili uning daromadi 6 million dollarni tashkil qilgandi. 

Jiji Xadidning singlisi Bella ham opasidan ortda qolayotgani yoʻq. 2018 yilda Bella 9,5 million dollar ishlashga muvaffaq boʻlgan. Model daromadining asosiy qismi koʻplab mashhur brendlar, jumladan Maybelline, Tommy Hilfiger, Reebok kompaniyalari bilan hamkorlik qilish natijasida qoʻlga kiritilgan. Aytishlaricha, opa-singilning bir sohada faoliyat olib borishi ularga mutlaqo halal bermaydi. "Bella bilan mening uslubim turlicha. Bella orzu qilgan ish men izlagan ish bilan bir hil emas. Shu sababli muvaffaqiyatlarimizni hech qachon solishtirmayman. Ammo u koʻp jihatdan menga ilhom beradi. Biz bir-birimizga qarab koʻp narsani oʻrganamiz" degan edi Jiji Xadid. 

Bella ham opasi kabi oʻz kasbiga doir koʻplab rejalar tuzib qoʻygan. Oʻz faoliyatining ilk yillarida uning podiumda chiroyli yura olmasligini tanqid qilgan insonlar ham bugungi kunga kelib kichik Xadidning har jihatdan rivojlanganini qayd etmoqdalar.

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

2007 yilda Jizel Byundxen Victoria’s Secret kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni rasmiy ravishda toʻxtatgan. U mashhur kompaniya ila hamkorlik ishlarini oʻtgan asrning 90 yillarida boshlagan edi.

Jizel Byundxen moda poduimlaridan ketgan boʻlishiga qaramay, u bugungi kunda ham dunyodagi eng badavlat modellardan biri boʻlib qolmoqda.

Jizel 2018 yilda 10 million dollar ishlab topgan va Forbes jurnali reytingining 5 oʻrnida qayd etilgan. Aytishlaricha, uning muvaffaqiyatiga memuar asarlari hamda modellik shoularida ishtirok etgani ham katta taʼsir koʻrsatgan.

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

2015 yilda Delevin oʻzining modellik karerasi bilan xayrlashgani haqida eʼlon qildi. Uning muxlislari ushbu xabarga ishona olmagandilar.

 Kara psoriaz kasalligidan aziyat chekadi. Uning salomatligi koʻp soatlik namoyishlar, moda haftaliklarida yanada yomonlashgan. Model ishtirok etgan har bir shou davomida yuz terisi qalin konsiler bilan pardoz qilinar edi.

"Pardoz ustalari jarayon davomida qoʻlqop kiyib olishar va menga tegib ketishni istamas edilar. Sababi buni yuqumli kasallik deb oʻylashardi" deydi oʻsha kunlarni yodga olgan model. Ammo bu Karaning modellikdan voz kechishi uchun turtki boʻlgan yagona sabab emas. "Model sifatida ishlagan vaqtlarim oʻzimni manʼaviy qashshoq inson sifatida his qilardim" degan edi u.

Ammo 2018 yilga Delevin moda sohasiga qaytdi va bir yilning oʻzida 10 million dollar ishlashga muvaffaq boʻldi.

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Oʻzining bir qancha kompaniyalari, atirlar va kosmetika vositalarini ishlab chiqarishga moʻljallangan liniyalariga ega boʻlgan Rozi 2018 yilda yillik daromadi eng katta modellar orasida uchinchi oʻrinni oldi. U bir yil davomida 11,5 million dollar ishlab topishni uddalagan.

Tez orada onalik baxtiga erishgan moda olami vakilasi bir muddat tanaffus qilib ham ulgurdi. Ammo ushbu palla uning daromadiga hech qanday taʼsir koʻrsata olmagan. 

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Model Krissi Teygen  eng koʻp haq oladigan modellar reytingidagi 3 oʻrinni Rozi Xangtinton-Uaytli bilan boʻlishi bolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda oʻta faol boʻlgani ham uning faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Krissi idish-tovoqlar ishlab chiqarish liniyasiga egalik qiladi, pazandalik borasidagi bilimlari asosida kitob ham yozgan.

U modellik faoliyatini 2006 yilda boshlagan, 2010 yilda esa "Yil yangiligi" sifatida tilga olingan.

 

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

Supermodel Karli Kloss 2018 yil davomida 13 million dollar ishlab topishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, u dunyodagi eng koʻp haq oladigan modellar reytingidan ikkinchi oʻrinni egalladi. U modellik sohasida 10 yillik tajribaga ega, shuhrat va boylik tushunchalari uning uchun yangilik emas. 2015 yilda Klossning yillik daromadlari hisoblab chiqilgan va podiumdagi har bir qadami uchun 249 dollardan haq olishi aniqlangan. Juda ham qiziq-a?

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?

 

Kendall Jenner oʻz hamkasblariga nisbatan katta farq bilan reyting birinchiligiga erisha oldi. Jenner bir yil davomida 22,5 million dollar ishlab topgan. Kendall Kardashyan - Jenner oilasining vakili boʻlib, daromadining asosiy qismi Estee Lauder, Adidas, Calvin Klein kompaniyalari bilan olib borilgan hamkorlik loyihalari davomida ishlab topilgan.

 

Yangi asr supermodellari: Asrimizning eng badavlat modeli kim?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar