Foydali

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Sport bilan shugʻullanish turli kasalliklar uchun oʻziga hos profilaktika vazifasini oʻtaydi, bu esa sport mashgʻulotlariga butun oilangizni jalb qilgan tarzda shugʻullanish uchun yetarli sabab bizningcha. 

Quyidagi tavsiyalar oilaviy mashgʻulotlar davomida sizga juda qoʻl keladi. 

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Har dushanba yangi hafta uchun maxsus sport jadvali tuzing va kimning qoʻshimcha darsi, kimning ish boʻyicha uchrashuvi bor ekanligini hisobga olib, maʼlum bir boʻsh vaqtni toping-da mashgʻulotni aynan oʻsha pallaga moslab yozib qoʻying. 

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Sport turlarini har oy almashtirib turish mashgʻulotlarning zerikarli boʻlib qolmasligini taʼminlash bilan birga tananing turli sohalarini navbatma-navbat chiniqtiradi. Shuningdek, faqatgina bir taraf bilan cheklanib qolmay, sportning turli sohalarida oʻzingizni sinab koʻrish uchun imkoningiz paydo boʻladi. 

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Ushbu daftardan oilaning har bir aʼzosi uchun maxsus boʻlim ajrating va erishilgan yutuqlarni birma-bir yozib boring. Yil soʻngida necha kilo vazndan qutulganingiz yoki farzandingizning umurtqa pogʻonasi qay darajada yaxshilanganini aniq koʻrsatkichlar orqali hisoblash osonroq, toʻgʻrimi?

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Oila aʼzolaringizning har biri uchun munosib boʻlgan sport turini tanlab bering, bu boradagi asosiy tamoyillar bilan ularni tanishtiring. Qizingizning qay bir sport turiga, oʻgʻlingizning qaysi sohaga qiziqishini sinchkovlik bilan kuzating. Qizalogʻingiz nafis harakatlar shaydosimi? Unday boʻlsa gimnastika aynan uning uchun! Toʻpolonchi oʻgʻlingizdagi jasorat va irodani tarbiyalamoqchi boʻlsangiz kurash koʻrinishidagi sport turlarini tanlasangiz boʻlaveradi. 

 

Bugungi kunda oilaviy mashgʻulotlar uchun sport markazlari, suzish havzalari va koʻngilochar maskanlarda yetarlicha sharoitlar bilan taʼminlangan maxsus boʻlimlar mavjud. 

Chempionlar oilasiga aylanish uchun...

Toʻgʻri-da, mashgʻulotlaringiz oilaviy byudjetga zarar keltirib qoʻymasin tagʻin! Yaxshisi, mashgʻulotlarni uy sharoitida, oʻyin shaklida uyushtiring. Uyingiz hovlisiga maxsus turnik yoki tennis toʻri oʻrnatsangiz ham boʻladi. Muhimi xohish boʻlsa bas, qolganiga bahonalar oʻtmaydi!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar