Qiziqarli

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Koʻpincha odamlar tavakkal qilishni va oʻz imidjini yaratishda tajribalar oʻtkazishni xohlamaydilar. Shu sababli,  javondagi   koʻplab futbolkalar, shimlar va poyafzallar bir-biriga juda oʻxshash boʻlib qoladi.  "Moda psixologiyasi" kitobining muallifi, professor Karen Paynning soʻzlariga koʻra, doimiy ravishda koʻk jinsi kiygan ayol tushkunlikka va yomon kayfiyatga moyil.Kiyim javonidagi xilma-xillikni afzal koʻrgan xonimlar, aksincha, oʻzlarini baxtli his qilishadi va kayfiyatlari yaxshi boʻladi.

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Psixolog Jennifer Baumgartner oʻzining "Siz nima kiysangiz,  oʻsha sizsiz" kitobida, jozibali kombinezonni yaxshi koʻradiganlar va mahkam oʻrnashgan siluetlarning muxoliflari  oʻzlariga haddan tashqari eʼtibor jalb qilishdan qoʻrqishlarini va eʼtibordan chetda boʻlishni yoqtirishlarini yozgan. Biroq, bu izoh universal oʻlcham “oversize” deb ataladigan katta hajmli kiyimlarga talluqli emas. Agar siz bunday kiyimni toʻgʻri tanlasangiz, unda oʻzingizni nafaqat qulay his qilasiz, balki oʻzingizga boʻlgan ishonchingiz ortadi.  

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Libosning rangi ham koʻp narsa toʻgʻrisida gapiradi.  Jyul Stishish "Diqqat bilan kiyinishning asosiy qoʻllanmasi" kitobida insonning ichki holati va kiyim rangi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushuntiradi. Masalan, xira, tushunarsiz soyalar va kombinatsiyalar qoʻrqoqlik va uyatchanlikni koʻrsatadi. Bunday xulq-atvorli odamlar hech kim ularga eʼtibor bermasliklari uchun kamtarona kiyinishga moyildirlar. Ularni ragʻbatlantirish va uyalishini  yengishga yordam berish kerak.

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Kichkina yoki katta hajmdagi kiyimlar oʻz-oʻziga boʻlgan bahoni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Kichkina kiyimlar keraksiz boʻlgan yogʻlarni bilintirib qoʻyadi va juda katta boʻlganlari esa tashqaridan sizni yanada ulkan qilib koʻrsatadi. Aynan shu bois kiyim javoningizni yangilashingizdan oldin mutahassislar doʻkonga eng yaqin boʻlgan dugonangiz bilan boʻrishingizni tavsiya qilishadi . Dugonangiz sizga juda mos kelgan libos va olishingiz kerak boʻlmagan libosni ochiq ayta oladi.

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Kundalik katta hajmli jemper va sport ishtoni kiyish, inson tanasining goʻzalligiga shubha qilishini va uni yashirishni istashini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu uslubda ofisda yoki partiyada koʻrinish berish judayam hunuk holat hisoblanadi.  Bunday holda, sport kiyimi tanadagi kamchiliklarni berkitmay, oʻzini yashirishga urunmagan insonni ham shubhali qilib koʻrsatib qoʻyadi. Kundalik hayotda fitness yoki boshqa bir sport uchun oʻziga ishongan qizlar torroq losina, top va qulay krosofkalar tanlashadi. 

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Modaning barcha noaniq narsalariga ergashish istagi, boshqalar ular haqida nima deb oʻylashlaridan juda xavotirda boʻlgan odamlarda paydo boʻladi.  Agar ular boshqalardan oldinroq yangi kolleksiyadan narsalar harid qilib olishni,boshqalardan ortda qolib ketmaslikni istashadi. Biroq libos harid qilishda  nafaqat soʻnggi tendentsiyalarni hisobga olgan holda, balki sizga mos keladigan narsani tanlagan holda kiyim javoningizni boʻyitishingiz kerak.  Bundan tashqari, mutaxassislar logotiplarga  eʼtiborini jalb qilmaslikka chaqiradilar, chunki  atrofingizdagilar logotiplarni emas  sizni qadrlashi kerak.

 

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Liboslardagi ornamentlarni ham ayollar tasodifan tanlamaydilar.  Masalan, qora oq katakli naqshlar insonning yashirin komplekslarga ega ekanligini va u qiyin axvolda boʻlishi mumkinligini  koʻrsatadi. Agar sizning yaqin dugonalarigizdan biri shunday kiyimni 3 – 4 martadan beri qayta qayta olayotgan boʻlsa, u holda uni kayfiyatini koʻtarishga uni doʻkon aylanishga taklif qilishga harakat qilib koʻring. 

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Eʼtiborni haddan tashqari tortuvchi kiyimlar atrofdagilarning barchasini diqqatini jalb qiladi.  Oʻtkir maqtovlarning yetishmasligi va  butun diqqatni tortish oʻziga boʻlgan bahosi past ekanligidan dalolat berishi ham mumkin.  Agar bunday uslubdagi liboslar toʻy yoki muhim tadbirlar uchun tanlangan boʻlsa, unda kech narsa qaddi qomatning goʻzalligini takidlashga toʻsqinlik qilmaydi. 

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Koʻp tugmachali narsalarni ozodalik  va aniqlikni hurmat qiladigan erkaklar va ayollar afzal koʻrishadi. Ular har doim ehtiyotkorlik bilan harakatlanadigan , tartibli va yigʻilishlarga hech qachon kechikmaydiganlardandir .  Ammo, kitob muallifining soʻzlariga koʻra “Hamma yolgʻon gapiradi!  Svetlana Kuzinaning "odamlarni tashqi koʻrinishi boʻyicha ajtratish"ni oʻrganamiz. Ushbu turdagi liboslar egilganda , yoki boʻlmasa oʻtirib turganda insonni oʻziga boʻlga ishonchini kamayliradi, oʻzidan shubhalanishga olib keladi.  Shunday ekan ushbu holatda bunday odamni bejirim kostyumini yoki boʻlmasa soch tutmagini maqtashga harakat qiling.  

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Muhim tanovul paytida shortik kiygan yoki boʻlmasa ofisga judayam ochiq libosda tashrif buyurganlar – tabiatan qoʻzgʻalonchi feʼl atvorga ega boʻladilar.  Bundan tashqari ular barcha narsani oʻz nazoratlariga olishni yoqtiradiganlar hilidan.  Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Vaziyatga nomunosib kiyim tanlagan shaxslar eʼtibortalab boʻlishadi, ularning kiyinish qoidalarini buzganliklarini oʻziga boʻlgan ishonchi pastigida deya baholashimiz ham mumkin.  Psixologlar javonni kiyim bilan toʻldirayotganda har xil holatga moslab ( ofis uchun, bayram uchun ) kiyim tanlashni tavsiya qilishadi.  

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar