Qiziqarli

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Ana shu yarim asrlik vaqt Dubayni dunyoning eng ajoyib megapolislaridan biriga aylantirdi, shahar ”neft qaramligi”dan ozod boʻldi. Bugungi kunda Dubayning asosiy foydasi shahardagi yirik loyihalar, yangi texnologiyalar, xalqaro savdo va turizm ortidan keladi.

”Qora oltin” esa oʻlka iqtisodiyotining 5% ni tashkil qilmoqda. Bugun sizga ushbu betakror shahar haqidagi qiziqarli faktlarni keltirib oʻtamiz.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Tuya poygalari bir necha asrlardan beri mavjud boʻlgan anʼanaviy koʻngilxushlik turi boʻlib, avvallari jonivorlar bolalar tomonidan boshqarilgan. Bu tuyaga kerakli masofani tezroq bosib oʻtish uchun yordam bergan. Ayrim paytlarda bolalarni atay och holatda oʻyinga kiritganlar. XXI asrda mazkur holat halqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilingach, robotlashtirilgan jokeylar ishlab chiqildi - ular juda ham yengil hamda uddaburon sanaladi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Bu yerda biror yaqin insoningizga maktub yoʻllay turib, uning manzilini yozib oʻtirishingiz shart emas. Har bir inson maxsus bazada roʻyxatdan oʻtgan va identifikatorga ega boʻladi. Ana shu identifikatorni koʻrsatib yuborsangiz, pochta xizmatining oʻzi maktubingizni egasi tomon eltib beradi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Dunyoning eng baland binosi sanalmish Burj-Xalifa 2009 yilda barpo qilingan, uning balandligi 828 metrga teng. Qurilish ishlarida 6 yillik mehnat sarf qilingan, bu yerda har kuni 12 ming quruvchi ish olib borgan. Binoni 80 km uzoqlikdan turib ham koʻrishingiz mumkin.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Ushbu noodatiy attraktsion maydoni 2,2 gektar kattalikka ega. Shahar fuqarolarining issiq kunlarda haqiqiy qishki mashgʻulotlardan zavq ola bilishlari uchun bu yerga har kuni 30 tonna qor olib kelishadi. Parkda 5 ta changʻi trassasi mavjud boʻlib, ular bir-biridan murakkabligi va tepaligi bilan farqlanadi. Qor ustida esa haqiqiy pingvinlar sayr qilib yurishadi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Dubayga mehmon sifatida tashrif buyurib, faqatgina oʻzingiz kabi mehmonlar bilan soʻzlasha olsangiz ajab emas. Mahalliy insonlar shaxsiy qulaylik tushunchasiga juda katta eʼtibor beradilar, shu sababli ham vaqtlarining aksariyat qismini uylarida oʻtkazishadi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Atlantis The Palm mehmonxonasidagi qirollik apartamentlari uchun sutkasiga 30 000 dollar toʻlash kerak. Ushbu mablagʻ evaziga mijozga 3 ta yotoqxona, bir nechta jakuzi, ichimliklar bari, bilyard stoli, shaxsiy taomnomaga ega oshxona, kutubxona hamda massaj xonasi taqdim etiladi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Oʻlkada tanishuvlar sayti va qimor oʻyinlarni targʻib qiladigan har qanday kontentlar taqiqlab qoʻyilgan.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Bu shunchaki oddiy savdo markazi emas. Maydoni 46,5 gektarga teng boʻlgan moll bu borada Yevropaning Vatikan oʻlkasi (44 gektar)ni ham ortda qoldiradi. Yil davomida savdo markaziga 54 million nafar inson tashrifi buyurar ekan.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Dubaydagi har bir mashina -superkar desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Shu sababli politsiyaga ham bu kabi qurilmalarni quvib yeta oladigan ”temir tulporlar” kerak. Dubay koʻchalaridagi tartibni nazorat qilib turuvchi politsiya xodimlari Lamborjini, Ferrari va Bugatti giperkarlari bilan ish olib borishadi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Koʻchalarda zargarlik buyumlari, qimmatbaho elektronika va quyma oltin bilan ishlaydigan savdo avtomatlari bor. Bu yerda naqd puldan koʻra koʻproq kartalardan foydalanishadi.

Dubay haqida qiziqarli faktlar

Koʻchada sayr qila turib, chang qatlami bilan qoplangan superkarga duch kelsangiz hayron boʻlmang. Ayrim dubayliklar oʻz mashinalarini qayerda qoldirganlari haqida unutsalar, yangi qurilma xarid qilib qoʻya qolishadi. Hukumat ham chang bosgan mashinalarga toqat qilmaydi, ularni tashlandiq avtomobillar parkiga eltib tashlaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar