Sayohat

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi
Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Munisa Rizayeva 1986 yil 21 oktyabr kuni Toshkent shahrida tugʻildi. Uning bolalaik va oʻsmirlik chogʻlari ham shu shaharda oʻtdi. Munisa ahil va farovon oilada katta boʻldi. Uning otasi Bahodir aka –tadbirkor, onasi Dilorom opa, singillari Kamola va Karima. Opa-singillar yoshliklaridayoq bir-birlari bilan inoq boʻlib kelishgan. Ular hozirda ham bir-birlari bilan ahil va sirdosh dugonalar boʻlib qolganlar.

Shu uch opa-singillar orasida faqatgina Munisa qoʻshiqchilikni tanladi. U 6 yoshidanoq musiqaga qiziqishini bildirdi, biroq uning ota-onasi buni shunchaki bolalikdagi ishqibozlik, deb qabul qildilar. Qizlarining kelajakda qoʻshiqchi boʻlishini va sahnalarga chiqishini ular xohlashmadi, ayniqsa otasi bunga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Bahodir aka qizlarini har taraflama taʼminlagan edi, ularni Yevropa oliygohlarida tahsil olishlarini hamda sanʼatdan uzoqroq boʻlgan kasbni tanlashlarini istar edi.

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Munisa otasining gapini ikki qilishni xohlamadi, barcha kuchini oʻqishga qaratdi, musiqa bilan shugʻullanishga deyarli vaqti ham qolmadi. Biroq vokaldan bari bir voz kecha olmadi. Maktabni bitirishi bilanoq u otasiga murojaat qilib, musiqa bilan shugʻullanishiga ruhsat berishi soʻradi.Biroq Bahodir aka bu haqda eshitishni ham istamadi.

Munisa baribir aytganini qildi. U Angliyaga ketib, Londonning Hames valley university oliygohiga vocal yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirdi. U yotoqxonada yashab, qoʻshimcha ishga ham joylashib, oʻqishining pulini toʻlar edi.

Musiqa oliygohini bitirib boʻlgach, u Angliya universitetining mehmonxona biznesi boʻyicha ikkinchi oʻqishga kirdi va bu harakati bilan otasini hursand qildi. Vataniga qaytgandan soʻng Munisa otasining yordami bilanmehmonxona ochdi. Keyinchalik esa u shaxsiy modalar agentligini ham ochib, ungaoʻzining nomini qoʻydi.

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Munisaning ijodiy hayoti 2011 yildan boshlandi. Shuyildan boshlab uning ilk qoʻshiqlari chiqa boshladi va u mamlakat boʻylabkontsertlar bera boshladi. Kontsert dasturlari va gastrollar (ijodiy safar)Munisaga daromad keltirmasada, u bu chiqishlaridan zavq olar va rohatlanar edi.

2011 yilda Munisa shuningdek, Oʻzbekistonning mashhur “PanTerra”ovoz yozish studiyasi bilan hamkorligini boshladi. 2012 yilda uning debyut albomi chiqdi va muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. 2014 yilda Munisa “Yilning eng yaxshi ayol qoʻshiqchisi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi hamda “Eʼtirof” milliy mukofotini qoʻlga kiritdi.

Munisa Rizayeva yakkaxon chiqishlari bilan birga mashhur qoʻshiqchilar bilan birgalikda ijro etgan duetlarini ham muxlislariga taqdim etdi. U Rayhon, Shohruhxon, Botir Qodirov, Ulugʻbek Rahmatullayev, Shahzod Murodovlar bilan hamda Ummon guruhi bilan duet ijro etgan. 

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Munisa Rizayeva shuningdek filmlarda ham roller ijro etgan. “Hay, hay qizaloq”, “Salom, Natasha” va boshqalar.

Shou biznes vakilasi boʻlgani uchun Munisa Rizayeva hamisha muxlislarning diqqat eʼtiborida. Uning koʻrinishi, kiyinishi, shaxsiy hayoti muxlislari tomonidan muhokama qilib kelinadi.

Masalan, bir necha yil avval uning qoʻshiqchi Jasur Gʻoyipov bilan munosabatlari koʻpchilikning diqqat markazida boʻldi. Munisaning oʻzi Instagramga joylashtirgan fotosuratlarga qaraganda, ularning munosabatlari jiddiy va toʻy boʻlish arafasida edi. Ammo bunday boʻlmadi.

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi

Hozircha Munisa Rizayeva turmushga chiqmagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar va boshqa maʼlumotlarga qaraganda u hozirda yolgʻiz ham emas.    

Minisa Rizayeva oʻz shaxsiy bizbesiga ega boʻlishiga qaramay qoʻshiqchilik sohasida ham katta mehnat qilib kelmoqda. Zamonaviy estradada uning oʻz oʻrni bor. Kelajakda esa uning dunyo miqyosidagi yulduzga aylanishini istab qolamiz.

Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi
Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar