Qiziqarli

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Ammo badavlat insonlar oʻz farzandlari uchun qanday oʻyinchoqlar harid qilishini bilgan vaqtingizda beihtiyor hayrat ummoniga gʻarq boʻlasiz.

 

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Astolat qoʻgʻirchoqlar saroyi 1974-1987 yillar davomida Koloradolik miniatyurachi Eleyn Dil tomonidan yaratilgan boʻlib, uning rasmiy narhi 8,5 million dollarni tashkil qiladi. Saroy 7 qavatdan iborat, unda 29 ta xona mavjud. Tom qismi misdan, devorlari esa yogʻochdan ishlangan. Ayrim devorlar ochiq holatda ishlangan boʻlib, bu saroyning ichki qismini tomosha qilish uchun imkon beradi. Yoritish tizimi kunduzgi va tungi rejimlar asosida ishlaydi. 

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

"LʼOiseleur" fransuz tilidan tarjima qilinganda "Qush oʻrtaguvchi" degan maʼnoni beradi. Ushbu oʻyinchoqning boʻyi 120 santimetrga teng boʻlib, qoʻgʻirchoqqa Uygʻonish davriga xos boʻlgan liboslar kiydirilgan. Oʻyinchoq fleyta chalish imkoniyatiga ega. Qoʻlida nay tutib olgan,yelkasida esa qushlar tasvir etilgan. Ushbu qushchalar qanotlarini qoqish va sayrash imkoniyatiga ham ega. 

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

2000 yilda Madame Alexander kompaniyasi jahon tan olgan dizayner va modelyerlar bilan birgalikda qoʻl mehnati asosida oʻziga xos Barbi qoʻgʻirchogʻini ishlab chiqqan. Kompaniya oʻz ijod namunasiga Elioz deya ism bergan boʻlib, bugungi kunda qoʻgʻirchoqlarning har beshta namunasi ham shaxsiy kolleksiyalar tarkibida saqlanadi. Qoʻgʻirchoq uchun taqinchoqlarni 9 karatli olmosdan Garri Vinstonning shaxsan oʻzi ishlagan boʻlsa, hashamatli libosini Oskar de la Renta ijodkorlari tikib berganlar.

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Bu Lamborghini Aventador LP 700-4 modelining ayni nusxasi boʻlib, nemis injeneri Robert Gulpen tomonidan yaratilgan. U dunyodagi eng qimmatbaho mashina modeli sanaladi, ustki qismi uglerod tolalari va yupqa oltin qatlami bilan qoplangan. Kuzovning qolgan qismida 25 kilogrammga teng boʻlgan qimmatbaho metallar mavjud boʻlib, mazkur detal 22 karatli oltinning 500 kilogrammli boʻlagidan kesib olingan.

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Futbol boʻyicha har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziluvchi jahon birinchiligi sharafiga Janubiy afrikalik zargar Yair Shimanski tomonidan 2010 yilda yaratilgan futbol toʻpi haqiqiy koptok oʻlchamida. Olmosli koptokning ogʻirligi 2 kilogrammga teng boʻlib, narxi salkam 3 million dollarni tashkil qiladi. Zargarlik namunasini yaratish uchun 620 ta oq va 2640 ta qora olmos toshlari kerak boʻlgan. 

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng qimmat Teddi ayiqchasi 2000 yilda Germaniyaning Steiff kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Taxminlarga koʻra, bu XX asr boshlarida ishlab chiqaruvchi tomonidan tikilgan dunyodagi birinchi yumshoq ayiq oʻyinchogʻi boʻlgan. Ayiqchaga kiydirilgan libos Louis Vuitton brendi tomonidan ishlangan.

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng qimmat Kubik Rubik  18 karatli oltindan rubin va zumrad toshlari bilan ishlangan. Aytishlaricha, Kubik Rubik dunyodagi eng koʻp sotiladigan oʻyinchoq ham sanaladi. Shu kunga qadar uning turli namunalaridan 450 million nusxasi oʻz egalari tomonidan harid qilingan

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Ginza Tanaka  zargarlikuyi 30 kilogramm oltindan Yaponiya shahzodasi Akisinoning tugʻilishi munosabati bilan uning uchun tebranma toychoq yasagan. Ammo oʻyinchoq kutilganidek qulay boʻlib chiqmadi, toychoq haddan tashqari ogʻir boʻlgani sababli uni bir joydan ikkichisiga koʻtarib oʻtkazish katta kuchni talab qiladi.

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?

Taniqli dizayner Stefano Canturi tomonidan 2000 yilda yaratilgan ushbu qoʻgʻirchoq yagona nusxada yaratilgan boʻlib, shu zahotiyoq barcha kolleksionerlarning orzusiga aylandi. Uning qimmatbaho ekanligigiga sabab shundaki, odatiy Barbi qoʻgʻirchoqlaridan farqli oʻlaroq, uning qoʻl va oyoqlari bukila olgan. Bu esa qoʻgʻirchoqqa turli obrazlarga kirish uchun imkon bergan. 

Dunyodagi eng qimmat oʻyinchoqlar haqida bilasizmi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar