Qiziqarli

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq

”Menga daraxtni kesish uchun 6 soat bering, uning birinchi toʻrt soatiniboltani oʻtkirlash uchun ishlataman”.

Muvaffaqiyatga erishishdan avval unga tayyor boʻlishingiz kerak. Linkoln Illinoys shtatining oddiygina advokati boʻlgan paytlaridan boshlab oʻzini kelgusidagi yutuqlarga tayyorlardi. Illinoys shtati senatori boʻlgani ham bu jarayon davom etdi. AQSH senati saylovlarini ikki marta boy bergan paytida hamkatta yutuqlar uchun tayyor boʻlgan. Siz oʻz muvaffaqiyatlaringizga munosib boʻlish uchun nimalarni amalga oshiryapsiz? Linkoln bu borada shunday degandi:”Men tayyor boʻlaman va bir kun omadim ham keladi”.

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq

”Barcha narsa kutishni bilgan insonlarga beriladi, ammo berilgan narsa gʻayrat bilan harakat qilganlardan qolganlari boʻladi xolos”.

Asta-sekinlik bilan harakat qilib, omadga erishaman deya oʻylamang. Buning uchun hamisha gʻayrat bilan harakat qilmoq lozim, bu sizni odatiylik qobigʻidan olib chiqib ketadi. Hayotdagi eng yaxshi narsalar sergʻayrat insonlarga beriladi. Siz oʻz maqsadingiz uchun qanday shiddat bilan harakat qilmoqdasiz?

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq

”Ayrim insonlarning muvaffaqiyatga erishishlari -boshqalar ham buni eplay olishlariga yaqqol isbotdir”.

Agar biror tanishingiz maʼlum sohadagi yutuqqa erishgan boʻlsa, demak buni siz ham uddalay olasiz. Doʻstingiz boyib ketgan boʻlsa, bu sizning ham badavlat insonga aylanishingiz mumkin ekanligidan darak.

Har bir inson ichida buyuk daho yashaydi, bu oʻrinda hech qanday bahona boʻlishi mumkin emas. Olamshumul muvaffaqiyatni doʻstingiz qoʻlga kirita olgan boʻlsa, nahot buni siz uddalay olmaysiz? Aslida bu ishni undan yaxshiroq qilib bajarish uchun imkoniyatingiz ham, qobiliyatingiz ham bor-ku?

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq

”Obroʻ - xuddi nozik chinniga oʻxshaydi, bir kuni uni sindirsangiz, qayta tiklash qiyin boʻladi”.

Odamlarning tasavvurida qanday qiyofada boʻlishingiz juda muhim. Aslingizdan boshqacha koʻrinmang, barchaga birday mehribon boʻling. Shundagina boshqalarning hurmatiga sazovor boʻlasiz. Atrofdagilar bilan samimiy, haqiqiy munosabat oʻrnatish - buyuk insonlarga xos boʻlgan fazilat.

Avraam Linkolndan 4 hayotiy saboq
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar