Vaqtning miyaga qanday taʼsiri bor?

Tonggi soat 6.00-7.00 da miyaning uzoq vaqtlik xotira qismi faol holatda boʻladi, kunning bu paytida oʻqilgan narsa oson eslab qolinadi.

8.00-9.00 oraligʻida esa mantiqiy fikrlash imkoniyati kuchli boʻladi, bu eslab qolish va tahlil qilishga oid vazifalarni bajarib olish uchun eng qulay paytdir.

9.00-10.00 oraligʻi esa statistika hamda maʼlumotlar bilan ishlash uchun optimal vaqt sanaladi.

11.00 dan 12.00 ga qadar boʻlgan vaqtda intellektual samaradorlik darajasi pasayadi, bu paytda oʻzingizni biror narsa bilan chalgʻitishingiz, misol uchun musiqa tinglashingiz mumkin.

11.00 dan 14.00 gacha boʻlgan pallada esa tushlik qilib olish kerak. Sababi bu vaqtda ovqat hazm qilish tizimi faol ishlaydi, tanovul qilingan mahsulotlar juda yaxshi oʻzlashtirib olinadi.

12.00 - 18.00 oraligʻi esa faol ishlash pallasi. Haddan tashqari kech, misol uchun tun paytida mehnat qilish miyani zoʻriqtirib qoʻyishi mumkin. Buning birinchi belgisi esa uyquga ketishning qiyinligi sanaladi.

21.00-23.00 oraligʻida asab tizimining dam olishi uchun imkon berish lozim. Bu paytda sokin muhitda hordiq chiqarish tavsiya etiladi.

23.00 dan tungi soat 1.00 ga qadar boʻlgan payt uxlasangiz, tanadagi quvvat qayta tiklanadi. Qadimgi Xitoy tabobatida ushbu quvvat ”tsi”, hind yoglari orasida ”prana”, zamonaviy ilm tilida esa ”Asab va mushaklar kuchi” deb nomlanadi.

Tungi soat 1.00 dan 3.00 ga qadar uxlash davomida esa tanadagi emotsional quvvatni qayta tiklash mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



