Sayohat

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Bir marta toʻlqinni tutib olganingizdan keyin, hayotingiz tubdan oʻzgaradi. Oʻnlab muvaffaqiyatsizliklardan keyin suv usti va toʻlqin uzra “parvoz” qilganingizdan soʻng buning haqiqiy mazasiga tushunganday boʻlasiz. Ana undan keyin odatiy sohilboʻyidagi har qanday dam olish siz uchun zerikarli boʻlib qoladi. 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Serfing– bu shunchaki koʻngilochar dam emas. Ummon sizga sabrli boʻlishni, taslim boʻlmaslikni oʻrgatadi, ajrata olish qobiliyatini, mardlikni shakllantiradi hamda hayotning har bir lahzasidan rohatlanish va zavqlanishni oʻrgatadi.Serfing sizni tabiat bilan yolgʻiz qolishingizga zamin yaratadi, shunda fikrlaringiz ham teranlashadi. 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Ummon sabrsiz insonlarni yoqtirmaydi. Siz toʻlqin kelishini 10-20-30 daqiqalab kutishingingizga toʻgʻri keladi. Bu sizdagi sabrni kuchaytirish uchun yaxshigina mashqdir. Bunday amaliyotdan keyin shaharichidagi tirbandliklar sizning gʻashingizga tegmay qoʻyadi. Bu ham oʻziga xos bir meditatsiya hisoblanadi. Ummon qoʻynida toʻlqinni kutib turar ekansiz, atrofingizda hech qanday ortiqcha narsa boʻlmaydi, shovqin-suron ham, telefon ham, asabbuzarliklar ham. Shunchaki oʻzingizni boʻsh qoʻyib, ushbu lahzadan rohatlaning.

Toʻlqin kutar ekansiz, ular siz turgan joydan boshqa hamma yerda bordek tuyuladi. Oʻng yoki chap tarafdagi toʻlqinlar yaxshiroqdek koʻrinadi. Agar siz har bir toʻlqinning ketidan quvib, joydan-joyga koʻchadigan boʻlsangiz, birorta ham toʻlqinni tuta olmaysiz va bu sizning gʻazabingizni keltiradi. 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Birgina sabrning oʻzi kamlik qiladi. Ummon sinchkov boʻlishni, har qanday toʻlqinga tashlanmaslikni, toʻgʻri va kerakli toʻlqinni ajrata bilishni oʻrgatadi.Toʻlqin sizni koʻmib yubormasligi, shu bilan birga mayda ham boʻlmasligi lozim. Kerakli toʻlqinni tuta bilish uchun tajriba zarur, bu esa vaqt davomida shakllanadi. Qanchalik koʻp serfing uchsangiz, ummonni kuzatsangiz, uning qanday ishlashini, yaxshi va yomon toʻlqinlarni ajrata bilishni hamda oʻzingizning kuchingizga ham baho berishni oʻrganib olasiz. 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Kelayotgan toʻlqin aynan “sizniki” ekanligini qanday tushunish mumkin? Buni aniqlashning ilojisi yoʻq, uni faqatgina his qilish mumkin. Siz tomon kelayotgan toʻlqinni koʻrar ekansiz, ichki ovozingiz: “bu mening toʻlqinim, men uddalayman”, deb aytishi mumkin. Biroq bu narsa sizning mana shu toʻlqinda muvaffaqiyatli serfing qila olishingizni kafolatlamaydi. Sizning imkoniyatlaringiz 50/50. Koʻpnarsa sizning nima va qanday bajarishingizga bogʻliq. Toʻlqinga chiqa olishga kuchingiz, tezligingiz yetarlimikan, taxta ustda toʻgri chiqa olarmikansiz, uni ustida tura olarmikansiz. Yana sizga bogʻliq boʻlmagan boshqa narsalar ham bor– toʻlqinning katta-kichikligi, uning tezligi, vaqti va hokazo. Koʻp narsa omadga ham bogʻliq. Barcha omillar uygʻunlashsa, moʻjiza yuz beradi va siz toʻlqin uzra parvoz qilasiz! 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Endi haqiqatning koʻziga qaraylik-chi. Tajribasiz paytda har qanday toʻlqin sizga kerakli toʻlqinday tuyuladi, sinab koʻrmaguningizcha, buni aniqlay olmaysiz. Lekin sinashni ham aql bilan amalga oshirish, xatolardan esa xulosa qilish va ularning ustida ishlash kerak. Yiqilasiz, judayam koʻp yiqilasiz. Nima uchun yiqilganingizni tahlil qiling, shundagina mukammallashib borasiz. Har bir muvaffaqiyatsizlikni esa tajriba, deya qabul qiling, shunda vaziyatga boʻlgan qarashingiz butkul oʻzgaradi. 

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Ummon sizni qoʻrquvning koʻzlariga qarashni oʻrgatadi. Serfing bilan ilk tanishayotgan har qanday insonda qoʻrquv boʻlishi tabiiy, biroq bu qoʻrquvni ketkazish zarur. Toʻgʻri, avvaliga qiyin boʻladi, ammo kundan-kunga tajriba ortgan sayin, qoʻrquv ham chekina boshlaydi. Qoʻrquv va ikkilanish – muvaffaqiyatga erishishingizdagi toʻsiqlardir. Oʻzingizga ishoning, shunda ilojsiz narsaning oʻzi qolmaydi.

Serfing – ummon toʻlqini ustidagi “parvoz”

Ummon – bu tabiat unsuridir. Uni sevib qolgan odam, undan hech qachon voz kecha olmaydi. Serfing esa oʻzingizni tabiatning shunday buyuk tuhfasining bir boʻlagi ekanligingizni his qilishning ajoyib imkoniyatidir.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar