Oshxona

Uyqusizlik bezovta qilsa...

Uyqusizlik bezovta qilsa...

1.            Toʻliq tinchlanib olish va tezroq uxlash uchun kechki taom paytida qovurilgan va yuqori kaloriyali yeguliklar isteʼmol qilmang. 

Uyqusizlik bezovta qilsa...

2.            Lavanda iforining uyqu chaqirish imkoniyati haqida hech eshitganmisiz? Karavotingizga yaqin boʻlgan biror joyga lavandaning efir moyidan ikki tomchi tomizib qoʻying. 

Uyqusizlik bezovta qilsa...

3.            Iliq sut tarkibidagi aminokislotalar va kaltsiy tezroq uxlash uchun yordam beradi, shuning uchun ham uni uxlashdan bir necha soat avval ichib olish tavsiya qilinadi.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

4.            Kechki tanovul paytida goʻshtli mahsulotlar yemagan maʼqul, ammo parhezbop parranda goʻshti bundan mustasnodir.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

5.            Suli yormasi tarkibida kletchatka bilan bir qatorda uyqu gormonlari ham bor, shu sababli uni sut va asal bilan qorishtirgan holatda isteʼmol qilish juda foydalidir.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

6.            Uyqu oldidan isteʼmol qilingan yarimta banan yoki kivi ham tezroq uyquga ketish uchun yordam beradi.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

7.            Agar uyqusizlik sababi notinch hayollar va xavotir hissi boʻlsa, asal hamda moychechak damlamasi isteʼmol qilish kerak.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

8.            Doʻlana tindirmasi tez uxlash uchun yordam beradigan vositalar sirasiga kiradi.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

9.            Yalpizli choy uyqu sifatini yaxshilab, tomirlarni kengaytiradi va tanadagi ogʻriqlardan xalos etadi.

Uyqusizlik bezovta qilsa...

10.          Har kun uyqu oldidan iliq haroratli va shifobaxsh giyohlar suvidan tayyorlangan vanna qabul qiling.

Uyqusizlik bezovta qilsa...
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar