“Yomonlik dunyoga ustun boʻlolmas” seriali haqida


Qurol savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik mafioz – Xizrning oilasi haqida hikoya qiluvchi ushbu telesaga ikki xil janrni oʻzida mujassamlashtiradi– muhabbat dramasi hamda siyosat bilan bogʻliq boʻlgan kriminal boyevik. Bosh qahramon otasi asos solgan qurol savdosi bilan shugʻullanadi. U oilasi, rafiqasi, farzandlari, yaqinlari, mahbubasi va xatarli boʻlgan biznesini hasadgoʻylardan va dushmanlaridan himoya qilishi kerak. Muhabbat janriga asoslangan bu serialda “sevgi uchburchagi” ning boʻlishi ham tabiiy.


Bosh qahramon Xizrning rafiqasi Maryam rolini ijroetgan aktrisa Deniz Chaqirni oʻzbek tomoshabinlari “Muhtasham yuz yil” serialidagi Shoh Sulton roli orqali yaxshi tanishadi. “Forbes” jurnalining versiyasiga koʻra, Deniz Chaqir Turkiyaning eng goʻzal aktrisalaridan bir, deb tan olingan.Bosh qahramon Xizr rolini talqin etgan aktyor Oktay Kaynarja afsonaviy “Kurtlarvadisi” (Boʻrilar makoni) hamda “Adanali” (Adanlik odam) seriallaridagi rollari orqali mashhur boʻlgan. Shunisi qiziqki, Deniz Chaqir bilan Oktay Kaynarja ekrandagi ishqiy munosabatlarini haqiqiy hayotda ham davom ettirdilar. Maʼlumotlarga qaraganda, bu aktyorlarning munosabatlari “ishdagi ishq” iborasiga toʻgʻri keladi. Ular oʻrtalaridagi munosabatlarini va baxtiyor ekanliklarini hech kimdan sir tutmayaptilar.


“Yomonlik dunyoga ustun boʻlolmas” seriali birinchi qismdanoq tomoshabinlarni oʻziga qiziqtirib qoʻydi va sekin-asta ularningyuragidan chuqur joy oldi. Hozirda bu serial eng mashhur va ommabop turk seriallari ichida eng yuqori oʻrinlardan birini egallab turibdi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



