Hayotni oʻzgartirish uchun 7 tavsiya

Barcha muvaffaqiyatli insonlar oʻzlarining barvaqt turishlari haqida juda koʻp bora ytishgan. Tong paytida barvaqt uygʻongan odam oʻzida allaqanday ruhiyni kuchni his qiladi. Bundan tashqari mazkur palla muhim vazifalarni bajarib olish uchun ham juda qulay paytdir.

Har kun hech boʻlmaganda bir soat vaqtingizni televizor yoki kompyuter qarshisida emas, kitob mutolaa qilish bilan oʻtkazing. Shu tariqa doʻstlaringiz ichidagi dunyoqarashi keng insonlarning biriga aylanasiz.
Mark Tven aytganidek, “Yaxshi kitob oʻqimaydigan odam oʻqishni bilmaydigan odamdan ustunroq boʻla olmaydi”.

Kichik muammolarni katta fojiaga aylantirish ham, uni odatiy qiyinchilik sifatida qabul qilish ham insonning oʻziga bogʻliq boʻlgan masala. Dunyoga ijobiy koʻz bilan qarash umringizga mazmun olib kiradi.

Hayotni oimiy stress va tartibsizlik holatida yashab oʻtish - uni behudaga sarf etish bilan barobardir. Oʻzingiz uchun ozroq vaqt ajratib yolgʻiz qoling va ichki ovozingiz soʻzlariga quloq tuting. Maqsadlaringiz tomon asta-sekin, ammo qatʼiyat bilan harakat qiling.

Doimiy jismoniy faollik salomatligingiz garovi boʻlib, ruhiy holatni ham tetik koʻrinishda ushlab turadi. Sport bilan shugʻullanish uchun mashgʻulotlar zaliga borishingiz shart emas, buni uy sharoitida ham amalga oshirishingiz mumkin. Muhimi, istak bor boʻlsin!

Maqsadingizga erishmay turib, yarim yoʻldan ortga qaytish - juda yomon odat. Kerakli joylarda qatʼiyatli va qaysar boʻlish ham lozim, tushkunlik soʻzini shaxsiy lugʻatingizdan butunlay oʻchirib yuboring.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



