Qiziqarli dunyo: Uydagi hayotni qulayroq va xavfsizroq qiladigan 10 ta aqlli xona gadjetlari

Koʻpgina odamlar uylarini “aqlli” uyga aylantirishni xohlashadi, ammo, bu ancha qimmat narxga tushadi deb hisoblaydilar. Lekin bugungi kunda narxi qimmat boʻlmagan va oson oʻrnatiladigan ajoyib uskunalarning anchagina soni bor.

Uy uchun eng zoʻr uskunalar.
Ularni nafaqat oʻz kvartirangizda balki ijaraga olgan kvartirangizda ham ishlatishingiz mumkin. Bu yerda siz hayotingizni ancha qulayroq qiladigan oʻnta aqlli uy gadjetini koʻrishingiz mumkin.
1. Tutunning oddiy detektorlarini yaxshilaydigan intellectual batareyalar

Bunday predmetga ega boʻlish juda foydali.
Mavjud tutun detektorlarini intellectual detektorlarga almashtirish oʻrniga, shunchaki oʻrnatilgan tutun detektorini yangilab qoʻysakchi? Roost smart-batareyasi yordamida xohlagan oddiy tutun moslamasini intellektual uskunaga aylantirish mumkin. Bu uchun shunchaki Roostni datchikka ulab (bunda boshqa qoʻshimcha uskunalar talab etilmaydi), va odan oʻz smartfoniga datchik ishlagani, hamda batareyasi zaryadi tugaganligi haqida xabar berib turadi.
2. Energiyani tejaydigan intellektual shteker

Har bir inson kommunal toʻlovlari uchun kamroq pul toʻlashni xohlaydi, va bunda WeMo smart plug yordam berishi mumkin. Shunchaki bu aqlli shtekerni oddiy rozetkaga tiqib, keyin esa u orqali oʻz elektr moslamalaringizni yoqishingiz mumkin. Endi Wemoga ulangan barcha uskunalarni nazorat qilish, va uy egasi uyda boʻlmaganida uskunalarni oʻchirish mumkin boʻladi. Bir oydan soʻng enrgiya tejalganligi maʼlum boʻladi.
3. Konditsioner uchun aqlli nazoratchi

Aniq kerak boʻlib qoladi..
Agar ijaraga olingan uyda konditsioner mavjud boʻlsa, uni Tado Smart AC nazoratchisi orqali modernizatsiyalash mumkin. Nazoratchini oʻrnatgandan soʻng, uskunani uzoq masofada boshqarish imkoniyati va elektrenergiyaga boʻlgan xarajatlarni 40% tejash mumkin boʻladi. Tado shuningdek, boylerlar bilan ishlay oladi.
4. Koʻchma smart-konditsioner

Uyni yanada yaxshiroq qiladi.
Agar uyda konditsioner boʻlmasa, bu ham muammo emas. Oʻzingizni Frigidaire Smart Window AC aqlli uskunasi bilan xushnud etishingiz mumkin. U hajmi boʻyicha katta emas, toʻgʻri oynaga oʻrnatiladi, masofada boshqariladi, hamda oʻzi smartfonga texnik xizmati haqida xabar yuboradi, shu uchun uning egasi hech qachon filtrni almashtirishni yodidan chiqarmaydi.
5. Avtonom xavfsizlik tizimi

Qonunbuzar ichkariga kira olmaydi.
Kuzatuv kameralarini oʻrnatish yoki uyni nazorat qilish uchun oylik toʻlovini toʻlashga endi ehtiyoj yoʻq. Videokuzatuvli Piper All-in-One xavfsizlik tizimi ijaraga olingan xona uchun juda toʻgʻri keladi – uni shunchaki stol yoki Javon ustiga qoʻyish, va doimiy ravishda oʻz uyingizni HD-videotoʻlqinlar va real vaqtdagi xabarlar yordamida kuzatish mumkin.
6. Oddiy jalyuzini aqlli pardalarga aylantirish jamlanmasi

Qo'lning yengil harakati bilan deganlaridek.
Uydagi oddiy jalyuzilarni smart-gadjetga aylantiradigan yana bir uskuna. MySmartBlinds Amutomation paketining oʻrnatishdan keyin jlayuzini toʻgʻridan-toʻgʻri smartfon orqali boshqarish, ularning ochilishi uchun grafiklarni oʻrnatish va hatto ularni energiya tejash rejimiga qoʻyish mumkin.
7. Oson oʻrnatiladigan intellectual lampalar

Bu aqlli lampalar uchun maxsus uskunalar kerak ham emas, shunchaki Wi-fi ga ulansa boʻlgani. Ularni hatto Amazon Alexa xizmati bilan sinxronlashtirish mumkin, chunki bu lampalarni ovoz orqali nazorat qilishga imkon beradi.
8. Telefon qoʻngʻiroqlariga javob berishga imkon beruvchi dush

Nimaga kerakligini tasavvur qilish qiyin, ammo, mayli.
Smart-dushlar chindan ham “zoʻr” uskuna, ammo ijaraji uni oʻz kvartirasida oʻrnatmasa kerak. Bu texnik jihatdan rivojlangan dushdan foydalanish mumkin emas deganini bildirmaydi. H2oVibe Rain Showerhead allaqachon ishlayotgan dushga oʻrnatilishi mumkin, va shundan keyin u qoʻngʻiroqlarga yuvinish vaqtida javob berishni yoki sevimli musiqalarni kir yuvish vaqtida birgalikda kuylashga imkon beradi.
9. Shovqin qiluvchi qoʻshnilar ovozini berkituvchi tush uchun maxsus tizim

Agar mabodo qoʻshnilar kechqurunlari uxlamasa.
Baʼzida shunday boʻladiki, kavrtira juda yaxshi, ammo qoʻshnilar juda shovqinli boʻladi va toʻgʻri uxlashga xalaqit berishadi. Bu holatda yordamga Sense Sleep System keladi. Gadjet devorning u tomonidan keluvchi shovqinlarni berkitish uchun atrofda qoʻshimcha fonli shovqin hosil qilinadi, va shu bilan birga u inson qanday yotishi kerakligi haqida shaxsiy maslahatlar ham beradi. Shuningdek, u sizni ertalab ham uygʻotishi mumkin.
10. Kuchuk vovillashiga qarshi hayvonlar uchun kamera

Kuchukingiz tinch va qoʻshnilar ham xursand.
Agar uy xoʻjayinlari yoʻqligida, kuchuk vovullashi qoʻshnilarni bezovta qilsa, maxsus Furbo Dog kamerasiga ega boʻlish mumkin. Bu antiqa uskuna agar it vovullashni boshlasa, smartfonga xabar yuboradi, hamda, kuchukcha bilan “gapirishni” va uni tinchlantirishga imkon beradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



