Qiziqarli

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Bu yerlik odamlar bir-birlarining uyiga hech qachon mehmonga borishmaydi, ular vegeterianlikni mutlaqo tan olmaydilar va bu haqida avvaldan ogohlantirgan insonni ham goʻsht bilan obdon siylashadi. 

Demak bugun Yaponiyaning bizlar uchun mutlaqo noodatiy boʻlgan jihatlari haqida soʻzlashamiz.

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Bundan bir necha yillar avval koʻplab mamlakatlarda urfga kirgan turli rangdagi boʻyoqlar, sochga yaltiroq tus berish tushunchasi yapon qizlari uchun mutlaqo begona. Maktabda tahsil oladigan qizlarning sochrangi tabiiy boʻlishi talab etiladi. Agar qizning sochlari toʻq qora rangda boʻlsa, bu oʻzining tabiiy rangi ekanligini isbotlovchi dalil, misol uchun bolalikdagi suratini olib kelishi talab etiladi. 

Yorqin pushti soch rangiga ega boʻlganlar esa - anime muxlislari boʻlishi mumkin holos. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Yaponiyada oʻta yaqin tanishlar, misol uchun doʻstlarni ham hech qachon uyga mehmon sifatida chaqirmaydilar. Sababi ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi odamlar feʼl-atvori yetarlicha yopiq boʻladi. Barcha uchrashuvlar jamoat joylarida belgilanadi. Yaponlar shunchaki zerikkani sababli birovning uyiga mehmonga borishmaydi: kimningdir uyiga tashrif buyurish uchun yetarlicha jiddiy sabab boʻlishi kerak. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Yaponlar tanovul jarayoniga oʻta jiddiy yondoshadilar. Shu sababli ham hech qachon mahalliy odamlarni koʻchada yurib ovqat yegan holatda uchratmaysiz. Ammo ichimliklarni maxsus avtomatlar yonida ichib olishlari mumkin. Jamoat transportlarida yegulik isteʼmol qilish ham aqlga sigʻmaydigan holat sanaladi. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Tokio markazida yuzaga kelgan katta tirbandliklarda ham mashinalar signalini eshitishingiz dargumon. Fuqarolar tirbandlik holatlarida oʻzlarini juda bosiqlik bilan tutishadi, boshqalarni bezovta qilishni istamaydilar ham.

Boshqa mamlakat haydovchilari tirbandlikda oʻzlarining noroziliklarini signal orqali bildirsalar, yaponlar buni surbetlik belgisi deya qabul qilishadi. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Mahalliy taomlarning hech biri vegeterianlar uchun moʻljallanmagan.Yapon taomlarining barchasiga jonivorlar goʻshti qoʻshilgan boʻladi. Hattoki oddiy ugra ham goʻshtli bulyonga solib qaynatiladi. Shu sababli Yaponiyaga tashrif buyurgan vegeterianlar bu yerda och qolib ketishlari mumkin.

 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Yaponiyada barchaning koʻz oʻngida burun artish – insonlarni tahqirlash bilang teng sanaladi. Kasallangan odamlar esa tibbiy niqob taqib yurishlari kerak boʻladi.

 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Kunchiqar mamlakat odamlarining hayoti juda shiddatli, ular odatiy ish kunidan keyin sevimli mashgʻulotlari, sport yoki sayohat bilan shugʻullana olmaydilar. Agar yaponlar haftasiga 60 soatdan ishlaydigan boʻlsalar dam olish uchun mutlaqo vaqtlari qolmaydi. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Yaponiyada odamlar boshqa birovning vazifasini hech qachon bajarib qoʻyishmaydi. Sababi aynan mana shu vazifa insonni jamiyaning toʻlaqonli aʼzosiga aylantiradi. Agar pochta maktublarini taxlab qoʻysangiz yoki farroshning oʻrniga chiqindi chelagini boʻshatishga qaror qilsangiz, oʻsha inson bu ishingizni uning oʻrnini egallash maqsadida amalga oshirilgan narsa degan hayolga boradi. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Tokio shahrida chiqindi idishlari deyarli yoʻq boʻlib, insonlar chiqindilarni koʻcha chetlariga tashlab ketishadi. Ularni esa bu yerdan maxsus xizmat vakillari yigʻib oladilar. Bunga sabab 2000 yillarda chiqindi idishlariga koʻplab minalar tashlab ketilgani va teraktlar oqibatida koʻplab inson halok boʻlganlaridir. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Yaponlar jamiyatida bir muddatli nigoh ham katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Ovozingiz birozgina oʻzgarib qolsa ham “Ahvolingiz yaxshimi?” degan savolni eshitishingiz ehtimoldan holi emas. Ayol eriga oʻz muhabbatini izhor qilish uchun unga maxsus retsept asosida choy damlab berishi yoki uning uchun mevalarni ajoyib usulda bezatishi kerak.

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Mamlakatda patriarxat gʻoyalari haddan tashqari kuchli. Buni rasmiy ravishda taʼkidlamasalar ham, ayollarning asosiy vazifasi – uy-roʻzgʻor ishlari ekanligini koʻpchilikning tilidan eshitishingiz mumkin. Agar ayol ishlash va pul topishga qaror qilgan boʻlsa aynan shunday lavozimda ishlaydigan erkak hamkasbiga nisbatan kamroq pul olishga koʻnikishi kerak. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Ishdagi rahbar bilan barga borish va ulfatchilik qilish - Yaponiyada keng tarqalgan anʼana. Aytishlaricha, bu ishdagi aloqalarning ham yaxshilanishiga yordam berar emish. Rahbarlar oʻz xodimlarini biror yerga taklif qilar ekan, ularning barchasini oʻz choʻntagidan mehmon qilishi kerak. 

Oʻzga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Odatdagidan koʻproq ishlash qoʻshimcha haq olishga sabab boʻlishi kerak, aslida. Ammo xodimlarning oyliklari ularning bir kunda necha soat ishlashlariga qarab emas, bu yerda qancha muddatdan beriishlayotganiga qarab belgilanadi. Shu sababli ham ayrim makkor xodimlar bitta vazifani bir necha kuchga choʻzib, oʻzlarini oʻta band odamdek koʻrsatishadi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar