Munajjimlar bashorati: 2020 yil bizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Sharqiy yoki Xitoy yulduzlar jadvali 12 ta jonivordan iboratdir. Oʻz burjingizni aniqlash uchun maxsus jadvallar sizga yordam bera oladi. Shu orqali kutilayotgan yilda qanday hodisalarni boshdan kechirishingiz mumkinligini bilib olasiz.

Sichqon - mazkur jadvaldagi birinchi belgi. Ushbu burj vakillari uchun 2020 yil juda yaxshi hodisalarni taqdim qiladi. Ammo mazkur burj vakillariga tavakkal qilish kerak boʻlgan vaziyatlardan uzoqroq boʻlish tavsiya etiladi.
Ushbu yilda sizni juda koʻp omadli hodisalar kutmoqda. Baʼzan shiddatli hayot sabab charchoq va quvvatsizlik hissi sizni bezovta qilishi mumkin. Shu sababli ham vaqti-vaqti bilan dam olish haqida unutmaslik kerak. Faqat shu orqaligina muvaffaqiyat tomon dalil qadam tashlashingiz mumkin boʻladi.

Hoʻkiz yilida tugʻilgan insonlar tabiatan juda tadbirkor va nufuzli kishilar boʻlishadi. Ammo omadga erishish yoʻlida makkorona usullardan foydalana koʻrmang. 2020 yil sizga koʻplab imkoniyatlar va moliyaviy syurprizlarni taqdim qiladi.

Yoʻlbars burji vakillari 2020 yilda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishish uchun bor imkoniyatlari va bilimlarini ishga solishlari kerak. Mazkur yilda dushmanlaringiz oyogʻingizdan chalishga urinishlari mumkin. Shu sababli oʻzingizdan boshqa hech bir kimsaga ishonmang. Joriy yil siz uchun qayta uygʻonish va kuchga toʻlish vaqti boʻladi.

Quyon burji vakillari uchun joriy yil oʻta pozitiv boʻlmasligi ham mumkin. Mazkur yilda odatiy ishlar uchun ikki karra koʻproq quvvat sarf etasiz. Oʻz oldingizdagi aniq maqsadlarni belgilab oling va oldinga tomon qatʼiyat bilan intiling. Eng muhimi, kuchingizni toʻgʻri sarflab, sabr-qanoatda sobit boʻling. Ana shundagina barcha oʻylagan ishlaringiz amalga oshadi.

Ajdaho burji vakillari ushbu yilning asl mohiyatini tushunish uchun anchagina kuch sarf etsalar ajab emas. Sababi yangi yilda ularni koʻplab tushunarsiz hodisalar taʼqib qilib yuradi. Ajdaho burji ostida tavallud topgan insonlar salbiy fikrlardan uzoqroq boʻlishlari va imkon qadar optimist insonlarga yaqinlashishlari kerak. Yil davomida oʻzingizga boʻlgan ishonchni aslo yoʻqota koʻrmang. Ekspertlar oʻtmish haqida imkon qadar kamroq oʻylashni tavsiya qilmoqdalar. Oʻtmish hotiralari siz kutgan savollarga kerakli javobni bera olmaydi, buni unutmang.

Ilon burji vakillari juda aqlli va uzoq koʻra biladigan insonlar boʻlishlari shubhasiz. Ular oddiy narsalar sabab tavakkalga qoʻl urishmaydi. Bu kabi insonlarni aldash ham, oʻz maqsadidan chalgʻitish ham juda qiyin. Agar biror xatoga yoʻl qoʻysangiz, buni yangi tajriba oʻrnida qabul qiling. Joriy yilda sizni ajoyib istaklar roʻyobi va koʻplab samarali tanishuvlar kutmoqda.

Mehnatsevar Ot burji vakillari 2020 yilda muntazam ravishda yangi sharoitlarga koʻnikishga majbur boʻladilar. Ulardan tezlik bilan toʻgʻri qaror chiqarish talab etiladi. Quvvatingizni imkon qadar saqlab qolish uchun koʻproq hordiq chiqaring, yangi bilimlarni oʻzlashtirishga harakat qiling. Taqdir ushbu yilorqali sizni baxt tomonga eltishi mumkin. Tez orada juftingizni topsangiz ham ajab emas.

Echki burji vakillari esa tabiatan beqarorlikni yomon koʻrishadi. Sichqon yili esa tartibsizliklar bilan toʻla boʻlishi mumkin. Shu sababli mazkur burj vakillari muntazam ravishda unga moslashib olishlari va koinot taqdim etgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalana bilishlari kerak. Sabr evaziga esa ajoyib imkoniyatlar va sovgʻalar taqdim etiladi.

Maymun burji vakillari kutilayotgan yilda oʻzlari uchun hayotiy maqsadlarni belgilab olishlari kerak boʻladi. Aytganday, ekspertlar yangi yilda uy-joy masalasiga bogʻliq muammolarning hal boʻlishini taʼkidlaganlar. Bundan tashqari boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻingiz va ajoyib doʻstlar bilan tanishishingiz mumkin. Koʻproq orzu qiling va maqsadlar tomon intiling.

Xoʻroz burji vakillari 2020 yilni juda ajoyib tarzda kutib oladilar. Yil boshidan moliyaviy masalalarni osonlikcha hal qilishingiz, ikkilanmay yangi ishlar boshlaningiz mumkin. Koʻplab sohalarda siz kutgan imkoniyatlar qarshingizda paydo boʻladi.

It burji ostida tavallud topgan insonlar atrofdagi odamlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelishlari mumkin. Ammo, ularga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlishga harakat qilavering. Kimdandir koʻnglingiz qolsa, boshqa bir inson sizga yordam qoʻlini choʻzadi, tushkunlikka tushgan vaqtingizda hayotingizga yorqinlik olib kiradigan odamlar paydo boʻladi. Pozitiv maqsadlar sizni salbiy fikrlar va omadsizliklardan uzoq tutishga yordam beradi.

Choʻchqa burji vakillari uchun esa 2020 yil haqiqatan omad yili boʻladi. Balki buni darrov koʻra olmassiz, ammo kutilayotgan yil sizga ajoyib imkoniyatlar taqdim qiladi.
Yil boshida hayotingizda kichik muammolar paydo boʻlishi mumkin, biroq, ularni osonlikcha hal qila olasiz.

Eslatib oʻtish kerakki, 2020 yil - Kabisa yili. Shu sababli ham ayrim ishlaringiz sizdan katta tavakkalni talab qilishi mumkin. Ammo, oʻzingizga boʻlgan ishonch va optimizm bilan har qanday murakkab vaziyatni osonlikcha hal qila olasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



