Texnologiya

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Ayni vaqtda uni odatiy tortlarning va boshqa turdagi klassik desertlarning oʻrniga turli bayramlar uchun tayyorlashadi. Ularni toʻy marosimlari, tugʻilgan kunlar, turli tantanalar dasturxonida uchratish mumkin. Bezatish usuli ham belgilangan bayramga mos boʻlishi lozim. Odatda ularni minora shaklida tahlashadi, baʼzan esa tortlar uchun bezak sifatida qoʻllashadi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Ushbu shirinlikni yaratish gʻoyasi ilk marta taniqli qandolatchi va bloger Enji Dadli tomonidan sinab koʻrilgan. Avvaliga ushbu gʻoya atrofdagilar tomonidan jiddiy qabul qilinmagan boʻlsa ham, Enji oʻz gʻoyasining amaldagi suratini boshqalarga taqdim qilgach, koʻpchilik uning fantaziyasiga tan berdi. Shu tariqa bloger keykpopslar haqidagi kitobini taqdim qildi, asar haqiqiy bestsellerga aylanib ketdi. Desertni butun Amerika boʻylab tayyorlashni boshladilar.

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Ammo ushbu gʻoyaning muallifini faqatgina Dadli deb boʻlmaydi. Aslida uni koʻplab mamlakatlar qandolatchilari tayyorlashgan, ammo shirinlikni tayoqchaga oʻrnatish fikrini aynan Dadli ixtiro qilgan. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

Kerakli masalliqlar:


300 gr tayyor biskvit

30 gr sirop (yoki murabbo)

50 gr sariyogʻ

70 gr quyultirilgan sut

120 gr sutli shokolad

30 gr yongʻoqlar

20 gr qandolat sepmasi

 

1.     Xona haroratida yumshatilgan sariyogʻ mikser bilan koʻpirtiriladi va ichiga asta-sekin quyultirilgan sut qoʻshiladi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

2.     Biskvit uvoqlab olinadi, yongʻoqlar maydalanadi. Ushbu masalliqlar sirop hamda sariyogʻli krem bilan qorishtiriladi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

3.     Tayyor massa koʻrinishi plastilinni yodga solishi kerak.

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

4. Tayyor boʻlgan massadan kichik sharchalar yasaladi va 1 soatga muzxonaga solib qoʻyiladi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

5.     Shokolad boʻlaklangach, ichiga 1 choyqoshiq oʻsimlik yogʻi qoʻshiladi va mikrotoʻlqinli pechda eritiladi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

6. Sharchalar shokolad ichiga botirib olinadi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari

7. Shirinliklar ustidan qandolat sepmasi yordamida bezak beriladi va bir necha soatga sovutgichga joylab qoʻyiladi. 

Keykpops: “Tayoqcha”li tortning kelib chiqish tarixi va tayyorlash sirlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar