Texnologiya

“Yandex” kompaniyasi tarixi

“Yandex” kompaniyasi tarixi

 Yandex – keyinchalik CompTekning bir qismi boʻlgan Arcadia kompaniyasida qidirish texnologiyalarini rivojlantirish bilan ish boshlagan. Ishlab chiquvchilar bir qancha qidiruv tizimlarini ishlab chiqishdi. Bu tizimlar hatto  rus tili morfologiyasining asosi boʻlgan Muqaddas Bibliya kitobini  ham oʻz ichiga olgan edi.  Qidiruv texnologiyasi “Yandex” deb ataladi.

Yandex

1993-yil Birinchi  “Yandex” nomli qidiruv tizimi paydo boʻldi. 1995-yilda sayt yaratuvchilari uni internetga oʻrnatishdi.  1996 – yil bu qidiruv tizimini takomillashtirish bosqichi amalga oshirildi. Yandex  internetga rus tilini kiritgan birinchi qidiruv tizimi boʻldi.

“Yandex.ru” qidiruv tizimining rasmiy taqdimot qilingan kuni-1997 yil 23 sentyabr boʻldi. Shu kuni tizim Moskvadagi Softool koʻrgazmasida eʼlon qilindi. 1997 – yilda  “Yandex” oʻz  tarkibiga rus tili morfologiyasini, qidiruv soʻzi berilganda soʻz oʻrtasidagi masofani hisobga olmagan holda kerakli natijani topishni yoʻlga qoʻydi.

1998 – yil  “Yandex.ru”ning birinchi  foydalanuvchilar talabiga mos reklamasi namoyish etildi . Bu reklama foydalanuvchilar savoliga  javob boʻluvchi yagona vositaga aylandi va kompaniyanig asosiy biznes modeliga aylandi.

“Yandex” kompaniyasi 2000 yilda tashkil etilgan. Uning taʼsischilari CompTek aksiyadorlari hisoblanadi. “Ru-Net Holdings” kompaniyasi Yandex kompaniyasiga 5 mln. AQSh dollaridan koʻproq sarmoya kiritdi, uning ulushi taxminan 35% ni tashkil etdi. Aksiyadorlar qatorida “Yandex” kompaniyasining menejerlari va qidirish tizimining yetakchi ishlab chiquvchilari ham bor edi. Kompaniyaning bosh direktori Arkadiy Voloz edi. Ilya Segalovich kompaniyaning texnologiya va rivojlanish boʻyicha direktori edi. “Yandex” jamoasi 25 kishini tashkil qilgan va barcha maʼlumotlar bitta serverga joylashtirilgan. 2002-yildan boshlab kompaniya oʻz xarajatlarini oʻzi qoplay boshladi.

Yandex 2001 yilda Yandex.Directni ochdi. Yandex.Direct  reklamani avtomatik joylashtirish tizimi. Yandex.Direct  yordamida har qanday foydalanuvchi oʻz reklamasini toʻgʻridan toʻgʻri vositachilarsiz  qoʻshish imkoniyatiga ega boʻldi. Yandex.Direct  tizimi orqali  birinchi yildayoq 2500 dan ortiq reklamalar qoʻshildi.

2004 – yilda  Yandex foydalanuvchilarga bloglar va forumlar haqidagi fikrlarini bildirishga imkon beruvchi maxsus xizmatni ochdi. Xuddi shu yili, qidiruv tizimi, shahar manzilini yoki turar-joy nomini qidiruvchilarning soʻrovlariga asosan xarita orqali chiqarishni boshladi.

 

2006 – yilda  “Yandex xarita” geografik xizmati  Rossiya  poyxtaxti  Moskvadagi yoʻl tirbandliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan edi.Yandex 2008 yilda oʻz xizmatlarini oshirish maqsadida “SMILink” IA (Rossiyaning yoʻllarida tirbandlik haqida maʼlumotni qayta ishlaydigan va taqdim etgan kompaniya) va 2010 yilda “GIS Technology” (kartografiya dasturini ishlab chiqqan kompaniya) ni sotib oldi.

2005-yilda Yandex Ukrainada vakolatxonasini ochish orqali Rossiyadan tashqariga chiqdi. Ukraina ofisining vazifasi Ukraina  uchun maxsus moʻljallangan xizmatlar yaratish edi.

2006 yilda Yandeks Sankt-Peterburgdagi birinchi uzoq masofali ofisini ochdi. Hozirda Yandeks ofislari Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu), Ukraina (Kiev, Odessa, Simferopol), Belorussiya, Qozogʻiston, AQSh (Kaliforniya) Turkiya va Shveytsariyada mavjud. Ular orasida – ishlab chiqarish idoralari, savdo ofislari va mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun masʼul idoralar.

2007 yilda Yandex Maʼlumotlar tahlili (Maʼlumotni qayta ishlash va tahlil qilish va Internetdan maʼlumotlarni olish sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan bepul ikki yillik kurslar) Maktabini ochdi. 2009-yilda kompaniya avtomatlashtirilgan Matrixnet usulini joriy qildi. Bu esa koʻp faktorli va koʻp kombinatiyali qidiruv berish imkonini yaratdi.

2011- yil may oyida “Yandeks” kompaniyasi Nyu-York fond birjasidagi Nasdaq fondiga dastlabki aksiyalarni joylashtirdi. Yandeks aksiyalari YNDX savdo belgisi ostida sotila boshladi. 2011-yil 20-sentabr kuni “Yandeks” Turkiyadagi portalni ishga tushirdi. Yandex.com.tr saytida siz “Yandex” xizmatlarini turk foydalanuvchilari uchun – Qidiruv, Xaritalar, Pochta va boshqalarni toppish imkonini berdi.

2012-yilda “Yandex” oʻz dizaynerlik brauzerini chiqardi. Mahsulot Rossiya, Ukraina va Turkiya uchun mahalliylashtirilgan.

2013-yil 18-iyun. Yandex iPad va smartfonlar uchun mobil brauzerni chiqardi

Yandex oʻz qidirish va multimediya texnologiyalarini, mobil xizmatlarni va ilovalarni yaratadi. Ulardan biri “Yandeks.Money” tizimi. 2013 yil oʻrtalariga kelib, xizmat 14 milliondan ortiq hisob qaydnomasini roʻyxatdan oʻtkazgan, 9000 dan ortiq yangi hisob kunlik va 120 mingdan ortiq operatsiyalarni amalga oshirgan. “Yandeks.Money” uchun toʻlovni Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Belorussiyadan 20 mingdan ziyod onlayn-doʻkonlari qabul qiladi.

2012 yil 25 may kuni “Vedomosti” gazetasi “Yandex” internet-portali tomoshabinlarining soni birinchi bor birinchi kanal tomoshabinlar sonidan oshganini xabar qildi. TNS analitik kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, aprel oyida “Yandeks” ga 19,1 million kishi tashrif buyurgan va 18,2 million tomoshabin “Channel One” ni tomosha qilgan.

2013-yil 7-fevralda Yandex rus qidiruv tizimi “Microsoft” ning qidiruv xizmatidan va Google, Baidu va Yahoo qidiruv tizimlaridan faqatgina ikkinchi oʻrinda turadigan soʻrovlar soni boʻyicha dunyodagi toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Rossiya bozorida Yandex qidiruvining ulushi 61,6% ni tashkil etadi (LiveInternet, iyun 2013). Portalning xalqaro auditoriyasi 93,1 mln. Kishi (comScore, may, 2013).

US GAAP hisob-kitobi boʻyicha “Yandex” kompaniyasining sof foydasi 2013 yilning I choragida 79 foizga oshdi – 2012 yilning shu davriga nisbatan 2,246 mlrd.rubl. Yandeksning sof foydasi (shu jumladan, kompaniyaning aksiyalaridan tushgan daromadlar) 60% ga oshdi – 2,41 mlrd.rubl. Kompaniya daromadi 2013 yilning birinchi choragida 36% ga oshdi – 7,999 mlrd rublni tashkil qildi. Hisobot davrida tuzilgan EBITDA koʻrsatkichi 47% ga oshdi va 3.504 mlrd rublni tashkil etdi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar