Kuz faslida inson tanasida roʻy beradigan salbiy oʻzgarishlar


Sovuq havoda, odatda, kasalxonalarning kardiologiya boʻlimlarida bemorlarning koʻpayishi kuzatiladi. Buning sabablari har xil, shu jumladan qon bosimining oshishi va qon quyqalarining paydo boʻlish xavfi. Bu xavfni kamaytirishning eng oddiy usuli - issiq kiyinishdir.

Quruq kuzgi havo koʻzlarni "quritadi" hamda achishish hissini qoʻzgʻatadi. Sovuq havo tufayli koʻz yoshlar kamroq hosil boʻladi va quyuqlashib ketadi. Ushbu yoqimsiz simptomlarni "sunʼiy koʻzyoshlari" koʻz tomchilari yordamida yengillashtirish mumkin.

Yumshatuvchi losyonlarni, ultrabinafshali himoya kremlaridan foydalaning hamda terini quritadigan issiq hammom oʻrniga iliq dush qabul qiling.

Kuz oyining sovuq kunlarida ogʻriqlaringiz ayniqsa kuchaymoqdami? Siz yolgʻiz emassiz: tadqiqotlar haroratning pasayishi hamda bel va boʻynidagi ogʻriqlarning kuchayishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatdi. Bu nima uchun sodir boʻlishiga oid koʻplab nazariyalar mavjud, eng ommaboplaridan biri: "Atmosfera bosimining pasayishi natijasida paylar, mushaklar va atrofdagi toʻqimalarda kengayishlar sodir boʻladi", ushbu omil ogʻriqni, xususan, artritni kuchaytirishi mumkin.

Organizmda D vitamining miqdorini normal darajada ushlab turishingiz uchun siz haftasiga kamida 2 marta 5 daqiqa davomida yalangoyoq holda quyoshda boʻlishingiz kerak. Bundan tashqari, quyoshning nurlari teriga toʻgʻridan-toʻgʻri tushishi kerak: bulutlar ostida qolib ketgan quyosh nurlarining samarasi 60% ga kamayadi. Organizmda D vitaminining pasayishi bizni shamollash va grippga moyilligimizni kuchaytiradi hamda ish faoliyatimizni pasaytiradi.

Xalq orasida "Kuzgi depressant" nomi bilan mashhur boʻlgan mavsumiy affektiv buzulish melanxoliliklar tomonidan oʻylab topilgan uydirma emas, balki haqiqiy muammodir. Statistik maʼlumotlarga koʻra, shimoliy yarimsharda MAB (mavsumiy affektiv buzilish) bilan kasallangan odamlar soni 65% ga etadi! Uning paydo boʻlishi quyosh faolligining pasayishi bilan ham bogʻliq. Endorfin ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va yaxshi kayfiyatni koʻtarish uchun biror-bir sport turi bilan shugʻullaning, masalan yugurish bilan.

MAB nafaqat kayfiyatga taʼsir qiladi: u odamni uyquchanva lanj qilib qoʻyadi. Quvvat darajasi pasayadi, holsizlik, bezovtalik hissi kuchayadi.

Quruq havo havo yoʻllariga salbiy taʼsir qilib, astma va nafas olish bilan bogʻliq boshqa kasalliklarning alomatlarini kuchaytirishi mumkin. Agar oʻpkada muammolar boʻlsa, ochiq havoda jismoniy faoliyatdan saqlaning.

Kuzda odamlar sovuq havodan qochib jamoat joylarida -doʻkonlarda, qahvaxonalarda, klublarda va hokazolarda "yigʻilib" ketishadi, bu esa shamollashga sababchi boʻladigan biror-bir virusni yuqtirib olish xavfini oshiradi. Sovuqda viruslarning faolligi uzoq vaqt davom etishini bilgan holda, gripp nega “kuz”ni juda yaxshi koʻrishini tushunish oson.

Odatda, tabiiy jarayon natijasida biz kuniga 50 dan 100 tagacha soch tolalarini yoʻqotamiz. Biroq, oktyabr va noyabr oylarida bu raqam kuniga 100+ ga koʻtariladi. Ammo agar kuz fasli boʻlishiga qaramasdan boshingizdan koʻp-koʻp sochlar oʻsib chiqayotganini payqagan boʻlsangiz, unda xavotirlanmasangiz ham boʻladi.

Noqulay sovuq havo va yogʻin-chochinlik bizni issiq ovqat va choyni koʻproq isteʼmol qilishimizga majburlaydi, bu esa kunlik kaloriya miqdorini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu kaloriyalarning tarkibi oʻzgarib bormoqda: bunday sovuqkunlarda koʻproq yogʻliq hamda achchiq va shoʻr narsalarga moyillik ortib boradi. Shuningdek, organizmda D vitamini konsentratsiyasining kamayishi vazn ortishiga sabab boʻlishi isbotlangan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



