Inson xotirasi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Olimlar orasida yosh bola “toza” xotira bilan tugʻiladi, degan fikr mavjud. Ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatadiki, chaqaloq ona qornida yigirma haftalik boʻlgandan boshlab uning hotirasi shakllana boshlar ekan.
Inson xotirasi haqiqatdan ham murakkab jarayon. U haligacha mukammal oʻrganilmagan. Ammo zamonaviy ilm-fan inson hotirasi bilan bogʻliq koʻplab qiziqarli maʼlumotlar keltiradi.

Maʼlum boʻlishicha, kasb xotiraga taʼsir qilarkan. Hammadan koʻproq xotirasi yaxshilar- suhandon, voiz, oʻqituvchilar va olimlar hisoblanishadi. Chunki bu kasblar egalari doimiy mashq qilish, matnlarni ovoz chiqarib oʻqish sababidan bu natijaga erishar ekanlar. Miyaning barcha qismlari va toʻqimalari zoʻriqib ishlashga majburligi bois olimlarning xotirasi ham juda yaxshi eslab qolishga moyil. Ajablanarlisi, asalarichilarning ham xotirasi yaxshi boʻlarkan, agar ular asaldan koʻp isteʼmol qiladigan boʻlsa. Sababi, asalda miyani ozuqalantiradigan va xotirani kuchayishiga sabab boʻladigan mikrounsurlar judayam koʻp. shunday qilib, xotirasini yaxshilayman degan odam, doim miyasini “shugʻullantirib”, natijalarni asal yeyish bilan mustaxkamlab borishi kerak.

Aniqlanishicha, har kuni bir xil taom isteʼmol qilish xotira ishini sekinlashtiradi.
Inson xotirasi to yigirma besh yoshgacha rivojlanib boradi degan fikr ham mavjud. Xotira eslab qolish boʻyicha choʻqqiga 19-20 yoshlarida erishadi. Keyin esa, to ellik yoshgacha bir xil -oʻzgarmas davr davom etadi. Undan keyin esa, xotira zaiflasha boradi.
Inson xotirasi 1-7 terabaytga teng axborotni saqlab tura olishi mumkin ekan.

Inson ham, kompyuter singari tezkor (qisqa vaqtda) va uzoq vaqt davomida saqlab turuvchi (doimiy) xotiralarga ega ekan. Tezkor xotira toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak, bunga imtihonga tayyorlanuvchi talabalar yorqin misol boʻla oladi, chunki ular imtihondan keyin bor bilganlarini esdan chiqarib yuborishadi. Uzoq saqlanuvchi xotiraga misol qilib qariyalarning xotirasini olish mumkin, ular xotirasi yomonligidan shikoyat qilishsada, bundan 60-70 yil oldin boʻlib oʻtgan, bolaligidagi voqealarni hikoya qilib yurishadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



