Shvetsariya haqida 25 ta qiziqarli maʼlumot

1. Shveytsariya CH qisqartmasini tushuntiruvchi Confoederatio Helvetica, deb ham nomlanadi. Shveytsariya Konfederatsiyasi bu mamlakatning oʻtmishdagi rasmiy nomi boʻlib, zamonaviy Shvetsariya 26 kantondan iborat boʻlgan federativ Respublika hisoblanadi.
2. Dunyoning faqat ikkita mamlakati kvadrat bayroqqa ega – Shveytsariya hamda Vatikan.

3. Shveytsariya yakka shaxs tomonidan boshqarilmaydi. Mamlakatda yettita aʼzodan iborat ijroiya kengashi mavjud boʻlib, u kollektiv davlat rahbari hisoblanadi. Prezident kengash aʼzolari orasidan bir yil muddatga saylanadi, bu esa "primus inter paresʼ - tengdoshlar orasida birinchi, deb hisoblanadi.
4. Shveytsariya fuqarolari parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonunga qarshi chiqishlari mumkin. Buning uchun ular 100 kun ichida qarshi 5 ming imzo toʻplashlari kerak. Agar ushbu shart bajarilsa, umumxalq ovoz berish oʻtkaziladi, unda saylovchilar munozarali qonunni koʻpchilikning ovozi bilan hal qiladilar.
5. Shveytsariya toʻrtta rasmiy tilga ega: frantsuz, nemis, italyan va retroroman (lotincha). Mamlakat aholisining qariyb 60 foizi ingliz tilida soʻzlashadi.
6. Shveytsariyaliklar uzoq umr koʻrishadi. JSST (jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) ning maʼlumotlariga koʻra, 2015 yilda oʻrtacha umr koʻrish erkaklar uchun 81,3 yosh, ayollar uchun 85,3 yilni tashkil etdi. Bu koʻrsatgich Shveytsariyani oʻrtacha umr koʻrish boʻyicha (Yaponiyadan keyin) ikkinchi oʻringa qoʻyadi.
7. Shveytsariya tugʻilish, yashash va baxtli hayot kechirish boʻyicha dunyodagi eng yaxshi joylardan biridir. Umuman olganda, mamlakat va uning shaharlari hayot sifati bilan bogʻliq turli dunyo miqyosidagi reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallaydi.
8. Mamlakatda balandligi 3 ming metrdan ortiq boʻlgan 208 ta togʻ mavjud boʻlib, ulardan 24 tasi 4 ming metrdan ham balanddir. Eng baland togʻ hisoblanmish - Monte Rosa (balandligi 4634 m) Shveytsariya-Italiya chegarasida joylashgan.

9. Shveytsariyada 1500 ta koʻl mavjud, ularning eng kattasi Jenevadir. Mish-mishlarga koʻra, uning tubida 40 dan ortiq gʻarq boʻlgan kemalar yotadi.
10. Shveytsariyada qurol olib yurish boʻyicha liberallashgan qununlar mavjudligiga qaramay, IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida jinoyatchilik darajasi boʻyicha eng past koʻrsatkichga ega. Small Arms Survey tadqiqotiga koʻra, Shveytsariyada har 100 aholiga 45,7 ta oʻqotar qurol toʻgʻri keladi. Bu dunyoda AQSh (88,8) va Yamandan (54,8) keyin uchinchi yirik koʻrsatkich.
11. Shveytsariya erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy. Shveytsariya Avstriya bilan bir qatorda, Gʻarbiy Evropada ushbu qoida amal qilayotgan soʻnggi davlatlardan biridir. Konstitutsiya boʻyicha erkak jinsidagi Shveytsariya fuqarolari 18 yoshga toʻlganlarida armiyada xizmat qilishlari shart, ayollar uchun esa harbiy xizmat ixtiyoriy. Xizmat tugagandan soʻng, armiyada qabul qilgan qurollarni (odatda yarimavtomatli vintovka) shaxsiy foydalanish uchun qoldirishga qonun ruxsat beradi. Bu qisman mamlakatda qurol-aslahadan foydalana bilish darajasi yuqori ekanligini bildiradi.

12. Shveytsariyaga asosiy kirish yoʻllari chet el bosqinchiligidan himoyalangan. Hujum xavfi tugʻilganda, mamlakatga olib boradigan barcha asosiy yoʻllar, koʻpriklar va temir yoʻllar vayron qilinadi. Buyruq boʻyicha mamlakat boʻylab kamida 3000 ta joy darhol portlatilishi mumkin.
13. Shveytsariya foydalanadigan elektr energiyasining yarmidan koʻpi 556 ta gidroelektrostantsiyada ishlab chiqariladi.
14. Shveytsariyada joylashgan Gotthard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel hisoblanadi.
15. Chet elliklar Shveytsariya aholisining qariyb 25 foizini tashkil qiladi - bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
16. Shveytsariya ish haqi va ish bilan taʼminlash darajasi boʻyicha rivojlangan davlatlar orasida uchinchi oʻrinda turadi. Shveytsariyaliklar yiliga oʻrtacha 57,082 dollar daromad oladi, bu borada mamlakat faqat Lyuksemburg va AQSH dan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Shveytsariya doimiy ravishda yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha davlatlar reytingida birinchi oʻrinni egallaydi.

17. Shveytsariyada oʻqituvchilarning ish haqi yaxshi toʻlanadi. Mahalliy oʻqituvchilar yiliga oʻrtacha 68 ming AQSh dollari ish haqi oladilar, bu IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichdir.
18. Shveytsariya qonunchiligi hayvonlarga gʻamxoʻrlik qiladi: mamlakatda "ijtimoiy" hayvonlarni juftisiz qilib saqlash taqiqlanadi. Shunday qilib, dengiz choʻchqasi, sichqoncha, sasiqkuzan(xoryok), baliq, kanareyka yoki choʻchqa kabi jonivorlarni bitta oʻzini (juftsiz) boqish noqonuniy hisoblanadi.
19. Shveytsariyada fuqarolarning shaxsiy hayoti hurmat qilinadi. Masalan, dam olish kunining tinchligi va goʻzalligini buzmaslik uchun yakshanba kuni oʻtlarni oʻrish, quritish uchun kiyim osib qoʻyish, mashinani yuvish va idishlarni tashlab yuborish taqiqlanadi. Uy qoidalari aholining tinch uyqusini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan, shuning uchun soat kech soat 10 dan keyin har qanday shovqinli harakatlar, masalan, mashina eshiklarini yopish, hojatxonada suv tortish yoki hammomda suv shovqini qattiq qoralanadi.
20. Shveytsariyadagi nikohlarning deyarli yarmi ajralish bilan tugaydi: 2015 yilda bu koʻrsatkich 41,4% tashkil etdi. Shveytsariyaliklar nisbatan kech turmush quradilar: erkaklar 31,8 yoshda, ayollar 29,6 da. Bir ayolga taxminan 1,5 bola toʻgʻri keladi, Yevropa Ittifoqida oʻrtacha 1,6 bola.
21. Shveytsariya jinsiy tenglik borasida Gʻarbiy Evropaning aksariyat mamlakatlaridan ortda qolmoqda. Shunday qilib, 2015 yilda ayollarning atigi 41,3 foizi toʻliq ishlagan, erkaklar esa 83,6 foiz. Ayollar mamlakatda yetakchilik lavozimlarining 20 foizidan kamrogʻini egallaydi.
22. Shveytsariya dunyodagi boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda koʻproq shokolad isteʼmol qiladi - yiliga oʻrtacha 11 kg. Shokolad Shveytsariya eksportining asosiy mahsulotlaridan biridir. 2015 yilda Shveytsariyaning 18 ta shokolad kompaniyasi 115,5 ming tonna shokolad eksport qildi.

23. Shveytsariyada spirtli ichimliklarni ichish boʻyicha yiliga bir kishi uchun 56,5 litr pivo va 36 litr vino toʻgʻri keladi (2012 yil maʼlumotlari). Shveytsariyaliklarning koʻpchiligi mahalliy sharobdan ichishadi, shundan atigi 2 foizi eksport qilinadi.
24. Aarau temir yoʻl stantsiyasida diametri 9 metr boʻlgan soat mavjud. Butun Yevropada shunday kattalikdagi soat faqatgina Frantsiyadagi Cergy temir yoʻl stantsiyasida bor, uning diametri 10 metrga teng.

25. Shveytsariyada har 1000 kishiga 5,8 kasalxona oʻrinlari toʻgʻri keladi, bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



