Ovqat haqida biz bilgan va bilmagan ajoyib 10 ta fakt


Qalampirning rangi faqat uning taʼmiga taʼsir qiladi, lekin oʻtkirligiga emas. Oʻtkirligini aniqlamoqchi boʻlsangiz, uning oʻlchamiga eʼtibor bering – qalampir qanchalik kichik boʻlsa, shuncha achchiq boʻladi.

Ehtimol ushbu maʼlumot sizni taajjubga solishi mumkin. Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, yaqin oʻrtada banan isteʼmol qilgan odamlar chivinlarni oʻzlariga jalb qilar ekan. Chivinlarga ushbu mevaning nimasi yoqishi mumkinligini faqatgina taxmin qilishimiz mumkin.

Avokado juda qaysar va qoʻqqisdan aynib qoladigan mahsulotdir.

Hech qachon qushlarga zinhor-bazinhor avokado bermang, garchi ular odam singari gapirib yuborsalar ham. Ular uchun bu zahar.

Qarang-a, gravitatsiya ham hazil tuygʻusiga ega ekan, ayniqsa siz chindan ham ichishni xohlasangiz. Bu bilan qanday kurashish mumkin? Yoʻq, shunchaki koʻnikish kerak .

Bolalar isteʼmol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy boʻyoqlar ularda giperaktivlikni keltirib chiqaradi. Ayniqsa qizil yoki sariq ranglilari.

Qahva donalari aslida don emas – rezavorlardir. Shuning uchun ham “qahva daraxti rezavorlari” degan gap juda toʻgʻri aytilgan.

Faqat yangi damlangan choyni iching. Yaponlarning bu borada bir gapi bor: "Kechagi choy ilondan ham battar". Yaxna choy oshqozon devorlarini taʼsirlantiradi, xitoyliklar esa uni zahar bilan tenglashtiradilar.

Asalning yaroqlilik muddati yoʻq. Eng qadimgi asal idishi 1922 yilda Howard Carter tomonidan Misr firʼavni Tutanxamonning qabridan topilgan. Olimlar uni oʻrganib chiqib, isteʼmolga yaroqli, deb topishdi.

Kamamber pishlogʻini yaroqlilik muddati tugashiga ozgina qolganda isteʼmol qilish kerak, biroq aslo muddat oʻtgandan keyin emas.

Agar tuxum suvga solinsa-yu va u suv ustiga suzib chiqsa, demak u eskirgan, endi uni isteʼmol qilish mumkin emas.

Agar ovqatlanishdan oldin qora shokoladning kichik bir boʻlagini isteʼmol qilsangiz, u qonni glyukoza bilan toʻyintiradi. Shunda siz juda och boʻlsangiz ham, ortiqcha narsa yemaysiz, qorningiz tezda toʻyib qoladi .

Kechasi ovqat har doim mazali tuyuladi. Har doim.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



