Choy toʻgʻrisida siz bilmagan faktlar (2-qism)

Maʼlum boʻlishicha choyning birinchi piyolasi juda tasodifiy ravishda ichilgan ekan. Xitoy rivoyatiga koʻra eramizdan avvalgi 2737 yilda Xitoy imperatori Shen-nun chanqoqni qondirish maqsadida uning xizmatkori qaynoq suv uzatguniga qadar quyoshdan saqlanish uchun daraxtning soyasida oʻtirgan payt shu daraxtdan birnecha barg toʻgʻri imperatorning piyolasidagi suvning ustiga tushgan. Imperator buni koʻrgan, biroq eʼtibor bermay qaynoq ichimlikni ichib koʻrishga qaror qilgan. U suvni ichib koʻrganidan soʻng undan taralayotgan muattar hid hamda xushboʻy taʼmdan hayratda qolgan. Shundan keyin imperator kelgusida faqat shunday ichimlik ichishni istagan. Oʻsha daraxt esa Xitoy Kameliyasi nomi bilan tanilgan yovvoyi oʻsimlik edi.

Koʻk choy ham qora choy ham samelliasinensis nomli choy daraxti butalaridan tayyorlanadi. Hamma farq choy bargiga qayta ishlov berishning uslubida. Qora choy ishlab chiqarilganida terib olingan koʻk barglardan namlikni bartaraf qilib, ularni maxsus oʻrovchi dastgohlar yordamida oʻraladi. Shundan keyin barglarning toʻqimalari quriy boshlaydi. Bu bir qator kimyoviy reaktsiyalar zanjirining boshlangʻich nuqtasi boʻlib xizmat qiladi. Reaksiyalar natijasida choy bargida teaflavinlar hamda tearubiginlar paydo boʻlib qora choyga oʻziga xos taʼm bahsh etadi.

Koʻk choy esa fermentatsiya qilinmaydi. U tayyorlanayotgan paytda barglardan faqatgina namlik qochiriladi. Shuning uchun ham kimyoviy tarkibi boʻyicha choy xitoy kameliyasining endigina uzilgan barglari bilan bir xil boʻlgani tufayli tabiiyroqdir.

Juda qiziq bir fakt – choyni aynan ichish kerakligi kabi eng oddiy narsani dastlabda hamma va har doim ham bilavermagan.Choy Yevropada endi paydo boʻlganida u toʻgʻrida hali hech narsa maʼlum boʻlmagan va qirollik qabullarning birida xitoydan olib kelingan choy barglaridan salat tayyorlangan.

Bir vaqtlar choyxoʻrlar choyga shakar emas tuz qoʻshib ichgan. Buni tasavvur qila olasizmi?
Choy xaltachasi ixtiro qilingani toʻgʻrisida ham shunday maʼlumotlar borki, ularga qaraganda Nyu-Yorklik savdogar Tomas Sallivan choyni temir bankalarda yetkazib berish juda qimmatga tushayotganini hisobga olib, 1904 yilda choyni qogʻozli xaltachalarda sotilishini yoʻlga qoʻygan. Mijozlardan biri kunlardan bir kun qogʻoz xaltachani behosdan qaynoq suvga tushirib yuborgan, shundan keyin qarasaki, juda ajoyib choy ichimligi xosil boʻlgan. Chiroyli voqea, ammo qogʻoz xaltachalardagi choy uchun patent 1903 yilda roʻyxatga olingan. Choyni qadrlovchilarning koʻpchiligi uni qogʻozxaltachalarda ishlatilishi taʼmiga hamda xususiyatlariga salbiy taʼsir qilgan deb hisoblaydi. Vaqt oʻtib qogʻoz xaltachalarda ishlatiladigan choy navlarichidagi eng past nav deb hisoblana boshlagan.

Choy oʻz atrofidagi hidlarni yoʻqotishi mumkin. Qoʻlingizdan ovqat hidini yoʻqotish uchun sizga bir maslahat: qoʻllaringizni iliq choy bilan yuvib tashlang, shundan keyin barcha hidlar qoʻllaringizni tark etadi. Bu usul xatto baliqning hidiga ham qarshi juda yaxshi ishlaydi!

Shunday choy turi borki, bir kilogrammining narhi 1 025 000 AQSH dollariga teng. Da Xun Pao – dunyodagi eng zoʻr choy hisoblanadi. U Xitoyda faqat bittagina joyda oʻstiriladi.

Sochlarni bir chashka choy bilan yuvilishi ularni yaltiroq tusda tovlantirib, shu bilan birga ancha yumshoqroq qiladi. Ammo bu faqatgina toʻq tusli sochga ega boʻlgan odamlarga toʻgʻri keladi. Och tusli sochlar choy bilan boʻyalib qoramtirroq boʻlib qolishi mumkin.

Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridagi jimjiloqni boshqa barmoqlardan choʻchchaytirib choy ichish odati aslida zaxm kasalligi tufayli vujudga kelgan, chunki bu juda xunuk dardning alomatlaridan biri barmoq boʻgʻimlarining zararlanishidir. Nima uchun shunday? Gap shundaki, jamiyat yuqori tabaqalarining vakillari boʻlgan janoblar va xonimlar doimo modaning yetakchilari boʻlib kelgan. Bunday yuqori tabaqalarda moda tusiga behosdan kirib qoladigan odatlarning asl kelib chiqish sabablari modaga koʻr-koʻrona ergashib ketaveradiganlarning ichida hech kimni qiziqtirmagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



