Foydali

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Turmush oʻrtogʻi: Uorren Baffet, investor

Boyligi 84 milliard dollar 

88-yoshli Uorren Baffet investitsiyalar bilan yoshlik paytlaridan beri shugʻullanadi. U oʻzining birinchi rafiqasiga Syuzan Baffetga 1952 yilda uylangan. Ammo turmushi omadli boʻlmagach, 1970 yillarda Astrid ismli qiz bilan oila quradi. Eng qizigʻi, Uorren Baffet birinchi ayolini uning oʻlimiga qadar doim hurmat qilgan, Astrid Baffet ham erining sobiq rafiqasiga nisbatan juda yaxshi munosabatda boʻlgan.

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Turmush oʻrtogʻi: Bill Geyts, tadbirkor

Boyligi: 90 milliard dollar 

Dunyodagi eng boy insonlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinda turadigan Bill Geyts rafiqasi Melinda Geyts bilan bundan 25 yil avval turmush qurgan. Ularning uchrashuv tarixlari juda qiziq boʻlgan. Melinda Microsoft kompaniyasida multimedia mahsulotlari bilan anchadan beri ishlardi. Qiz korporatsiya rahbari bilan tanishgan paytlari yuqori lavozimlarning birini egallab ham boʻlgandi. Melinda Geyts behad oʻqimishli qiz boʻlgan, ammo oila qurgach, oʻz hayotini eri va farzandlari uchun bagʻishlashga qaror qildi. 2000 yilga kelib eri bilan birgalikda Bill va Melinda Geyts xayriya fondiga asos soldilar. Bu ayni paytda dunyodagi eng katta fond hisoblanadi.

 

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Turmush oʻrtogʻi: Mark Sukerberg, CEO Facebook

Boyligi: 71 milliard dollar 

Pristsilla ikki farzandli boʻlsa ham haligacha eri va uning nufuziga mos emasligi haqidagi gaplarni eshitib keladi. Ammo ayol bunga hech qanday eʼtibor qaratmaslik qaroriga kelib boʻlgan. Uning uchun muhimi - Markning muhabbati.

Mark boʻlgʻusi rafiqasi bilan Garvard universitetida oʻqib yurgan paytlari tanishgan. U Markning gʻoyalariga qattiq ishongan birinchi insonlardan edi. Bugungi kunda juftlik ikki nafar farzandni voyaga yetkazish bilan birga xayriya masalalari bilan shugʻullanishadi.

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Tanlagan yori: Maykl Blumberg, Bloomberg agentligi asoschisi, Nyu-Yorkning sobiq meri

Boyligi: 50 milliard dollar 

Dayana Teylor va Maykl Blumberg rasmiy ravishda oila qurmagan, ammo butun dunyo ularni eng mustahkam oilalardan biri deb biladi. Afsonaviy Bloomberg asoschisi Nyu-York shahriga mer etib tayinlanganda, Dayana Teylor ham siyosat ishlariga qiziqib qoldi. Ayni paytda ushbu juftlik biznes va siyosat bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari xayriya ishlarini ham eʼtiborsiz qoldirmaydilar.

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?

Turmush oʻrtogʻi: Larri Peydj, Google asoschisi

Boyligi: 48,8 milliard dollar 

Larri Peydj rafiqasi juda ham qiziq ayol: OAV unga qanchalik qiziqmasin, oʻzi haqida hech kimga hech narsa aytmaydi. Juftlik 2006 yilda tanishgan boʻlsa, oradan bir yil oʻtib turmush qurganlar. Aytishlaricha, Lyusinda namunali oila farzandi va oʻzi ham taʼlim sohasidagi yutuqlari bilan tillarga tushgan. U biologik tahlillar va tadqiqotlar bilan shugʻullanadi. Er-xotinning ishi haddan tashqari koʻp va qiziqishlar ham yetarlicha boʻlsa-da oilaga vaqt ajratish uchun doim imkon topishadi.

Milliarderlarning rafiqalari qanday koʻrinishga ega?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar