Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

750 gr tvorog
500 gr smetana
3,5 stakan shakar
5 stakan
1 choyqoshiq soda
5 dona tuxum
bir chimdim limon kislotasi
1 litr sut
100 gr sariyogʻ
1 oʻram vanilin
3 oshqoshiq kokos qirindisi
bezak uchun qulupnay va yalpiz
1. Tvorog, 2 stakan shakar va 4 ta tuxum sarigʻi oʻzaro aralashtiriladi.

2. Massa blender yordamida qorishtiriladi.

3. Aralashma ichiga limon kislotasida "soʻndirilgan" soda solib, 15 daqiqa qoldiriladi.

4. Keyin esa 3 stakan elangan un qoʻshiladi. Xamir quyuq holatda boʻlishi kerak.

5. Qolgan un stol ustiga yoyiladi va ustiga xamir joylashtiriladi.

6. Xamir zuvala shakliga keltiriladi.

7. Tayyor xamirdan 12 ta boʻlak ajratiladi va 20 daqiqaga tindirib qoʻyiladi.

8. Krem uchun suv kastyulka ichiga quyiladi va qaynash holatiga keliriladi. Keyin esa olov oʻchiriladi.

9. Alohida idishda tuxum oqi, 1ta tuxum va 1,5 stakan shakar oʻzaro koʻpirtiriladi. Aralashma ichiga 4 oshqoshiq un solinadi va hosil boʻlgan massa vanilin bilan birga sutga qoʻshiladi.

10. Massa olov ustiga quyiladi va qoshiq bilan asta-sekin aralashtirib turiladi. Quyuqlashganidan keyin esa olov oʻchiriladi. Idish ichiga smetana va sariyogʻ qoʻshiladi.

11. Korjlar uchun har bir sharcha yupqa yoyilib, pergament qogʻoz toʻshalgan patnis ustiga joylanadi va 200 daraja haroratda 15 daqiqa pishiriladi.

12. Pishgan korjlarning cheti tekislab kesiladi.

13. Sovigan krem 250 gr tvorog bilan aralashtiriladi.

14. Krem mikser yordamida koʻpirtirib olinadi.

15. Har bir korj ustiga krem surtiladi va tort yigʻib chiqiladi.

16. Tortning ustki qismi kokos qirindisi, qulupnay va yalpiz barglari bilan bezatiladi.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



