Dunyodagi eng qimmatbaho tortlar reytingi

1981 yilda Diana Frensis Spenserning Kornuoll va Rotsey gertsogi shahzoda Charlzga turmushga chiqishi munosabati bilan pishirilgan ushbu tort toʻy marosimini tarixga olib kirgan omillardan biri boʻldi. Toʻy marosimidan soʻng Diana malika nomi bilan atala boshladi, dunyo halqlari tomonidan eng koʻp suratga olinadigan ayolga aylandi.
Malika Diananing toʻy marosimiga tayyorlangan tort uchun $ 40 000 sarf etilgan boʻlib, uning bir nechta boʻlagi hanuzgacha saqlanib qolgan va ularning har biri auktsionlarda $ 2 000 evaziga sotiladi.

Odatda aksariyat zargarlar oʻz mahsulotlarini reklama qilish uchun gazeta, jurnal yoki internet orqali eʼlon beradilar. Yaponiyalik qandolatpaz Nobue Ikara esa platinadan yaratilgan tort har qanday ayol uchun mukammal sovgʻa boʻlishi haqida hayol qilib, narhi $ 130 000 ga teng boʻlgan ajoyib tort yaratdi. Tortning ustki qismi platina zanjirlari, kulon hamda marjonlar bilan bezatilgan.

Haqiqiy olmos toshlari bilan bezatilgan mazkur shokoladli tort Yaponiyaning Osaka shahridagi univermaglarning birida namoyish etilgan.
Shef-qandolatpaz Masami Miyamoto tortni kurortlar mavsumida savdo hajmini oshirish uchun yaratgan, ammo hech kim ushbu tortni $ 850 000 evaziga sotib olmagan.

“Yaltiroq chang” torti 2009 yilda oʻtkazilgan Dallas Lyuks yarmarkasi uchun tayyorlangan boʻlib, oltin va kumush sohasidagi savdo birjasi Dallamga tortni $ 1,3 mln lik zargarlik bezaklari bilan yasatish imkonini beрgan. Tortning ustki qismi silliq glazur bilan qoplab chiqilgan va million dollarlik qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.

Tokioda joylashgan zargarlik doʻkonlaridan birining egasi Afrika mamlakati koʻrinishidagi tort yaratib, uni 2000 dona olmos koʻzlar bilan bezatib chiqqan. Internet olamidan nahri $ 5 mln ga baholangan ushbu tortning faqat bittagina rasmini topish mumkin.

Har yili Kaliforniyaning Beverli-Xillz hududida boʻlib oʻtadigan Bridal hashamat shousi yildan yilga dabdabavor boʻlib bormoqda. 2006 yilda shou uchun qandolatpaz Naxid Parsa tomonidan oltin yormalari va koʻplab olmoslar bilan bezatilgan tort tayyorlandi. 20 million dollarlik mazkur tort isteʼmol qilinganmi yoki shou paytida sotib yuborilganmi – maʼlum emas.

Social Life Magazine nashri bosh muharriri Debora Rouz hashamat tushunchasining ashaddiy shaydolaridan biri. U “Konditerlar qiroli” realiti-shousi asoschisini izlab topib, oʻz bazmlaridan biri uchun unga maxsus tort buyurtma qilgan. Tortning umumiy qiymati 30 million dollarga baholangan va koʻplab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.

Mazkur tort 2012 yilda dunyoning eng qimmatbaho torti deya tan olingan. Qaroqchilar kemasi koʻrinishdagi va qimmatbaho tosh hamda taqinchoqlar bilan toʻlib-toshgan ushbu tort Shri Lanka shef-oshpazlar gildiyasi rahbari Dimutu Kumarasingxe tomonidan yaratilgan va uning har bir qavati turlicha maza, xususan shokolad, qovoq va limon taʼmini bergan.

Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiluvi shayxlardan biri ushbu tort uchun buyurtma berishda hech qanday jahon rekordi haqida oʻylab koʻrmagan ham. U shunchaki oʻz qizining tugʻilgan kuni uchun mutlaqo oʻzgacha boʻlgan tort izlagan. Shayx bu borada tortlar dizayneri Debbi Uingxemga murojaat qilgan va shu tariqa ushbu tort yaratilgan.
Uning narhi esa 75 million dollar miqdoriga boʻlib, 1,87 metrli moda namoyishi podiumi kabi koʻrinishga ega. Podiumdagi barcha modellar va ularning liboslarini isteʼmol qilish mumkin. Tort ustiga esa qimmatbaho toshlar, jumladan turli hil rangdagi va 45 mln dollarga baholangan olmoslar sepib chiqilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



