Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Ish uchun sizga kerak boʻladi:
Jun matosi;
Toʻgʻnogʻich;
Igna va ip;
Suniy charmdan parcha-burun teshigi uchun;
Ikkita qora munchoq;
Sintifon
Ayiqchaning formasini chop ettiring yoki boʻlmasa kerakli hajmda chizib soʻngra kesib oling. Jundan burun uchun 2 dona, qoʻllari uchun 4 dona shakl kesib oling. Oq jundan, koʻzlar uchun doiralarni qirqing, sunʼiy charmdan – burun kesing.


Koʻzlarni ayiqcha tanasiga qoʻyib toʻgʻnogʻich yordamida birlashtiring. Soʻngra tikuv mashinasi yoki boʻlmasa qoʻlda tikib qoʻying.

Panja uchun kesilgan shaklchalarni juft qilib birlashtirib chetlarini kontur boʻylab tikib chiqing. Faqatgina pastki qismi ochiq qolsin. Soʻngra oʻgiring.

Tana qismini yuza tomonini ichkariga toʻgʻirlab birlashtiring. Shu jarayonda ayiqchaning qoʻllarini ham joylashtirib oling.

Oʻyinchoqni chetidan 0,5 sm qoʻldirib tikib qoʻying, pastidan boʻlsa oʻgʻirish uchun teshik joy qoldiring. Ayiqchani old tomoniga ogʻiring.

Ayiqchaning ichini sintefon bilan toʻldiring va teshik joyini koʻrinmas qilib tikib qoʻying.

Kichkina yoqimtoy ayiqchamiz deyarli tayyor holatga keldi. Uni yakunlash uchun esa qora ipdan ogʻiz tikib chiqing.

Endi esa katta burun yasashni boshlashingiz mumkin. Charmdan kesilgan doira boʻylab igna va ip yordamida tikib chiqing . Ipni torting. Burun dumaloq shaklda yegʻilganini koʻrasiz.

Burunni tikib qoʻying va koʻzga esa qora munchoqdan qorachiqni joylashtiring.

Bizning yoqimtoy ayiqchamiz tayyor.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



