Oshxona

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor
Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Shokolad mazali ekanligi aniq, qora shokolad esa foydali hamdir. Uning hidi haqida nima deyish mumkin? Shokoladdan taraladigan is eng yaxshi va kuchli tetiklashtiruvchi hidlaridan biri hisoblanadi. Shokoladning xushboʻy hidining oʻziyoq, shubhasiz sizni xursand qiladi va shu zahotiyoq energiya toʻlqinini his qilasiz.

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Koʻp odamlar qahvaning hidi (ularning kayfiyatidan qatʼi nazar) koʻpincha xavfsizlik, qulaylik va shinamlik hissi bilan uygʻunlashishini tan oladilar. Ushbu ichimlikning xushboʻy hidini ilgʻaganingizda nimalarni his qilasiz? Agar siz qahva ishqibozi boʻlmasangiz ham va qahva hidi sizni befarq qoldirsa ham, uning ifori oʻzingiz bilmagan holda sizda tashvish va stress holatini ketkazadi. Aromaterapiya amalda!

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Hamma ham lavandaning ishqibozi emas, ammo uning nozik va mayin ifori boʻshashtiruvchi hamda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Shuning uchun u koʻpincha xushboʻy shamlar va efir moyi shaklida ishlatiladi. Lavanda xushboʻy hid olib keladi va asabiylashish, bezovtalik holatiga qarshi kurashishga yordam beradi. Fransuzlar esa uni shoʻrvalarga ziravor sifatida, shuningdek sabzavot, goʻsht va hatto baliq ovqatlariga qoʻshadilar.

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Aturgul ifori barcha xushboʻy hidlarning sultoni, hisoblanadi. Atirgul guldastasini koʻrishingiz bilan unga boshingizni burkab, hididan bahra olishga oshiqasiz, toʻgʻrimi? Aytgancha, siz xushboʻy atirgul barglaridan xushboʻy murabboni tatib koʻrganmisiz?  

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Ehtimol, vanil, deganda siz pishiriqqa soladigan ziravorni tushunsangiz kerak? Toʻgʻri, vanil xushboʻy iforli ziravor hisoblanadi, biroq bundan tashqari uning yoqimli, yumshoq hidi charchoq, xavotir va hatto depressiyani yengillashtiradi. Vanil sham bilan aromaterapiya seansini oʻtkazing yoki shunchaki bir stakan vanilli muzqaymoq sotib oling.

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Sizga iliqlik, quyosh va tropik iqlim yoqadimi? Aromaterapiya sizga nima mos kelishini biladi! Kokos yongʻogʻining hidi sizning kayfiyatingizni koʻtaradi, aniqrogʻi, serotonin va dofamin darajasini, yaʼni zavq va baxt gormonlarini oshiradi. Va hayot darhol sizga baxtli va yorqinroq koʻrina boshlaydi!

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Yalpizning hidi, albatta, boʻshashtiradi va stressni ketkazadi. Yalpiz choyi, maʼlumki, juda mashhur. Bu choy nafaqat tinchlantirib, ovqat  hazm qilishni yaxshilaydi, balki dunyoqarashingizni ham ijobiy tomonga oʻzgartiradi.  

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Bu oʻsimlik asosan goʻshtli taomlarga solinadigan ziravor sifatida tanilgan. Uning xushboʻy hidi tetiklashtirish, bezovtalikni bartaraf qilish va kayfiyatni koʻtarish xususiyatiga ega. Koʻp odamlar uchun rozmarin Yangi yil archasining iforini eslatadi hamda bayramona kayfiyatni uygʻotadi, bu esa oʻziga yarasha zavq va rohat baxsh etadi.   

Kayfiyatingizni koʻtaruvchi 9 ta tabiiy xushboʻy ifor

Bu xushboʻy hidlar orasida shubhasiz yetakchi oʻrin sohibidir! Sevimli taomingizning xushboʻy hididan boshqa yoqimliroq narsa yoʻq, ayniqsa, agar sizda ozgina ochlik hissi joʻsh urayotgan boʻlsa. Hayolga qanday taomlarning hidi kelishi mumkin? Keling, sanab oʻtamiz: qoʻrada pishayotgan shashlik hidi, mevali tort, duxovkada pishayotgan pishiriq hidi. Xushboʻy hidning umumiy kayfiyatingizga taʼsirini endi tushunyapsizmi? Sevimli ovqatingizning hidi shubhasiz jonlantiradi va lazzat hissini uygʻotadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar