Bosh ogʻrigan holatda uni tabiiy usul bilan qanday yengish mumkin?

• Qon bosimi bilan bogʻliq kuchli bosh ogʻrigʻida quyuq damlangan shirin choy yordam beradi.
• Koʻk choy qon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yogʻlarni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.
• Bir choy qoshiqdan koʻk choy, quritilgan yalpiz, choy qoshiq uchida dolchin olinib, bir stakan suvda damlanadi va 3 dona qand solib ichilsa, bosh ogʻrigʻiga barham beradi..

• Gipotoniyada ham holsizlanish, bosh ogʻrigʻida namaʼtakli tetiklashtiruvchi choy damlab ichish lozim. Qon bosim past kishilar zanjabil va kashnich ziravorlaridan ham qoʻshish maqsadga muvofiqdir.
• Lavlagi ildizini asal bilan qaynatib, isteʼmol qilinsa, bosh ogʻrigʻi dardiga davo boʻladi.
• Akatsiya daraxti bargi yoki gulini qaynatib ichish ham bosh ogʻrigʻidan xalos etadi.

Karam yaprogʻini suvi chiqquncha tuyib, peshonaga, ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bogʻlansa, birozdan keyin bosh ogʻrigʻi toʻxtaydi.

Gipotoniyada har kuni qizil lavlagi pishirib tanovvul qilish lozim. Shu bilan birga qonni ham tozalaydi.

Koʻk choy asabni tinchlantirishi bilan birga, tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.

Migren xuruj qilganda limon poʻsti bilan chakkangizni arting. Efir moyi terini biroz achitishi mumkin. Bu qonning tomirlar boʻylab tezroq aylanishiga yordam beradi, mushkulingizni oson qiladi.

Kartoshka tarkibida mavjud boʻlgan moddalar ham bosh ogʻrigʻiga davo ekanligi maʼlum. Bosh ogʻrigʻini qoldirish uchun, archilgan xom kartoshkani qirgʻichdan oʻtkazib, sharbatini siqib oling. Shu sharbatdan 2-3 marta yarim stakandan ichilsa, bosh ogʻriqlari tezda yoʻqoladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



